Cho‘zilgan yoki siqilgan sterjenlarning mustahkamlik sharti. Konstruksiya qismlari mustahkam bo‘lishi uchun uning havfli ko‘ndalang kesimlarida hosil bo‘ladigan maksimal normal kuchlanishshu sterjen materiali uchun ruxsat etilgan normal kuchlanishdan ortib ketmasligi kerak. Ruxsat etilgan normal kuchlanish [σ] bilan belgilanadi. Agar material cho‘zilish yoki siqilishga har xil qarshilik ko‘rsatsa, ruxsat etilgan kuchlanishlar tegishlicha [σ]ch [σ]s bilan belgilanadi. Turli materiallar uchun ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymatlari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval.
Turli xildagi materiallar uchun ruxsat etilgan normal kuchlanishlarning qiymatlari
Material
|
MKGSS sistemasida
|
SI da
|
[σ]ch
|
[σ]s
|
[σ]ch
|
[σ]s
|
St.1
|
1200
|
1200
|
120
|
120
|
St.2
|
1400
|
1400
|
140
|
140
|
St.3
|
1600
|
1600
|
160
|
160
|
Legirlangan po‘lat
|
1000-4000
|
1000-4000
|
100-400
|
100-400
|
Kul rang cho‘yan
|
300-400
|
300-400
|
30-40
|
30-40
|
Dyuralyuminiy
|
800-1500
|
800-1500
|
80-150
|
80-150
|
Qarag‘ay (tolalar bo‘yicha)
|
70-100
|
70-100
|
7-10
|
10-12
|
Dub (tolalar bo‘yicha)
|
90-130
|
90-130
|
9-13
|
13-15
|
G‘isht (sement qorishmasibilan terilgan holda)
|
2 gacha
|
|
0,2 gacha
|
1,2
|
Beton M-100
|
4
|
|
0,4
|
3,5
|
Shunday qilib, cho‘zilgan yoki siqilgan sterjenlarning mustahkamlik sharti quyidagicha yoziladi: (3.4)
Ushbu formula asosida quyidagi uch xil masalani hal qilish mumkin:
Mustahkamligini tekshirish; bu quyidagi formula yordamida bajariladi: .
Agar sterjenga ta’sir ettirilgan cho‘zuvchi yoki siquvchi kuchlar va sterjenning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari ma’lum bo‘lsa, shu ko‘ndalang kesimdagi maksimal normal kuchlanishni aniqlash va uni ruxsat etilgan kuchlanish bilan solishtirib ko‘rish mumkin. Ular orasidagi farq % bo‘lishi kerak. Agar 5% dan ortiq bo‘lsa sterjen ortiqcha kuchlanishga qarshilik ko‘rsatib, havfli holatda bo‘ladi. Agar 5% dan kam bo‘lsa,sterjen materialidan to‘liq foydalanmagan bo‘lamiz.
(3.5)
Ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini tanlash. Agar sterjenga ta’sir ettirilgan kuchlar va sterjen materiali ma’lum bo‘lsa, sterjen ko‘ndalang kesimining havfsiz o‘lchamlari-ni topish mumkin:
(3.6)
Sterjen ko‘tara oladigan kuchni topish. Agar sterjenning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari va uning materiali ma’lum bo‘lsa, uning ko‘tarishi mumkin bo‘lgan kuchini topish mumkin:
(3.7)
2-Mavzu: Cho‘zilish va siqilish.
Reja:
Bo‘ylama deformatsiya. Guk qonuni.
Ko‘chishlar.
Ko‘ndalang deformatsiya. Puasson koeffitsienti.
1.Bo‘ylama deformatsiya. Guk qonuni. Sterjenning markaziy cho‘zilishi ikkita teng va qarama – qarshi sterjen o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan F kuchlar ta’sirida ro‘y beradi. Bir-biriga qarab yo‘nalgan ikkita F kuchi ta’siridagi sterjen markaziy siqilishga uchraydi. Bunda sterjen ko‘ndalang kesimida bo‘ylama zo‘riqish kuchi – N paydo bo‘ladi. Agar bo‘ylama kuch cho‘zilishga sabab bo‘lsa – musbat, agar siqilishga sabab bo‘lsa – manfiy hisoblanadi. Cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasi sterjenning uzunligi va ko‘ndalang kesimlari o‘lchamlari o‘zgarishidan iborat.
Tekis kesimlar gipotezasiga ko‘ra, deformatsiyada sterjenning ko‘ndalang kesimlari bir-biriga parallel suriladi. Buni tajribalar natijasi ham tasdiqlaydi.
a
b1
a
Demak, ko‘ndalang kesimlarga bir tekis tarqalgan normal kuchlanishlar ta’sir qiladi. Normal kuchlanishlarni aniqlash uchun sterjendan kesib olingan chap qismi muvozanat shartini ko‘rib chiqamiz: (4.1-shakl).
F
l
l1
F
F
N
b
b
b
в)
б)
a)
Do'stlaringiz bilan baham: |