Autentik materiallar (ingl. Authentic materials) – bu real hayotda ishlatiladigan materiallar bo‘lib, bular jumlasiga gazeta va jurnallar, transport, teatr uchun chiptalar, maktublar, reklama, radio va televidenie dasturlari, e’lonlar va boshqalar kiradi. Matnlar, topshiriqlar, materiallarning tuzilishi ham autentik bo‘lishi kerak. Masalan, e’lon devor yoki e’lonlar doskasiga yopishtirilgan qog‘oz ko‘rinishida bo‘lishi kerak, maqola-gazetadan qirqib olingan qog‘oz parchasi ko‘rinishida, taklifnoma yoki tabriknoma matni qo‘lda yozilgan bo‘lishi kerak. Autentik shakl-shamoil matnning aslligini tasdiqlaydi va talabalarda mazkur material bilan ishlash istagini oshiradi.
“Ikki qismli kundaliklar” metodi matn bilan ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, dastlab ikki qismli oddiy jadval tuziladi. Mavzuga oid matn beriladi. Matnni diqqat bilan o‘qish talab qilinadi. So‘ng keyingi bosqichga o‘tiladi. Shu matndagi ayrim birliklarga (asosan mavzuga oid birliklar, qoidalar, tushunchalarga e’tibor qaratish so‘raladi) e’tibor qaratish va bu tanlab olingan birlik, tushuncha bo‘yicha ikki tomonga munosabatlarini yozish so‘raladi. Bu usul bolani tahlil qilishga undaydi.
“Kichik guruhlarda bosma materiallar bilan ishlash” metodi. Kichik guruhlarda ishlashning yana bir samarali metodi - bu nashr qilingan materiallar bilan ishlash hisoblanadi. Talabalarning zaruriy axborotlarni izlab topishlari uchun, nazariy bilimlarni mustahkamlash yoki tasniflashlari uchun, nazariy materiallarni chuqur anglab olishlari uchun bu metoddan foydalanish yaxshi samara beradi. Guruh 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi. Guruh bir xil yoki turlicha mazmundagi topshiriqlar, gazetalar, jurnallar, fotoalbomlar, byulletenlar olishadi.
Zaruriy materiallar: A - I Formatli qog‘oz, qaychi, yelim.Topshiriqlar:
1. Ilmiy jurnallardan mavzuga oid maqolalarni toping va quyidagi tartibda ularni joylashtiring.
1) Sintaktik birliklar va ular haqida nazariyalar berilgan maqolalar
2) Morfologik birliklar haqida nazariyalar berilgan maqolalar
3) Leksik birliklar haqida nazariyalar berilgan maqolalar
Har bir guruh (ular 3 ta) topshiriq oladi, jurnallardan kerakli materiallarni topadi, maqolalardan nusxa olib qirqib oladi va plakatga elimlaydi, zaruriy matnni sharhlaydi. Har bir guruh o‘z sardorini aniqlaydi va ular ish yakuni to‘g‘risida hisobot beradilar. Boshqa guruh talabalari savollar berishadi va ishni baholashadi. Bu metodni qo‘llash davomida talabalardan barcha materiallar yig‘ib olinadi, aksincha talabalar gazetalardagi boshqa qiziqarli maqolalarni o‘qishga kirishib ketadilar va sardorlar fikrlariga quloq solmaydilar. Talabalardan ehtiyot bo‘lib ishlash talab etiladi, ortiqcha qog‘oz qirqish, elimlash, auditoriyani ifloslantirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
“Tushunchalar asosida matn tuzish” metodida ma’lum mavzuga doir tayanch iboralar beriladi. Talabalar bu tayanch iboralar asosida mavzuga oid matn tuzadilar hamda bu matnda keltirilgan tayanch iboralar qatnashishi zarur. Bu tayanch iboralar bir necha qismlarga bo‘lib berilishi mumkin. Talaba o‘zi yaxshi yoritib berishi mumkin bo‘lgan tayanch iboralarni tanlaydi. Bu bir modul asosida yoki bir fan asosida shakllantirilishi mumkin:
1.Uyushiq bo‘laklar, ularning turlari, teng bog‘lanish, so‘roq, vazifa, sanash ohangi, tobelanish.
2. A.Fitrat, A.G‘ulomov, D. Ashurova D, F.Ubaeva, H.Boltaboeva, H. Xoliqov.
3.Uyushiq kesim, kesimlik shakllari, qo‘shma gap, uyushtiruvchi ohang, so‘z turkumi.
4.Umumlashtiruvchi so‘z, tur-jins, butun-qism, ot, olmosh, fe’l, jamlovchi son.
5.Teng bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, ohang, tinish belgilari.
Bu usul asosan mustahkamlash bosqichida qo‘llaniladi. Asosiy bosqichda bo‘lsa, talabani faollashtirishga xizmat qiladi. Bu usul talabaning xotirasini mustahkamlashga, o‘z-o‘zini nazorat qilish, baholashga, e’tibor qaratmagan tomonlarini qayta o‘rganishga da’vat etadi.
“Surat ustida ishlash” o‘yinidan quyidagi tarzda foydalaniladi: ishtirokchilar ikki guruhga bo‘linishadi va suratda aks etgan voqelik asosida hikoya tuzish topshirig‘ini olishadi. Mazkur jarayonda lingvomadaniy va ijtimoiy-madaniy rasmlardan foydalanish mumkin. Hikoyani tuzish jarayonida bir guruh boshqasiga taklif etgan so‘zlardan foydalanish talab etiladi. Bir guruh ot so‘z turkumiga kiruvchi, boshqa guruh sifat so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni taqdim etishi mumkin. O‘yin jarayonida talabalarning mantiqiy fikrlashi va nutqi rivojlantiriladi.
“Ajurli arra” metodi ham matn bilan ishlash metodlaridan biri bo‘lib, quyidagi qismlardan tashkil topadi:
-topshiriq va matnli materiallar bir nechta asosiy qismlarga (yoki mavzularga) qirqiladi;
-birlamchi guruhlar: Har bir guruh a’zolari qirqilgan mavzuni oladi va ekspertga aylanadi;
-ekspert guruhlari qo‘lida bir mavzuga oid o‘quv topshiriqlari mavjud bo‘lgan o‘quvchilar mavzuni muhokama qilish, boshqalarga o‘rgatish rejasini egallash uchun ekspert guruhiga birlashadilar;
-birlamchi guruhlar o‘zlarining birlamchi guruhlariga qaytadilar va ekspert guruhlarda o‘rganganlarini o‘qitishadi. “Ajurli arra” metodining qator afzalliklari mavjud bo‘lib, bularga quyidagilar kiradi.
1.O‘qitish jarayoniga bu tarzda yondashilganda talabalarning hamkorlikda ishlashiga va qisqa vaqt ichida katta hajmdagi axborotlarni o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi.
2.U yoki bu faoliyatni darsda amalga oshirish uchun talabalarga boshlang‘ich axborotlarni uzatish zarurati tug‘ilsa, ma’ruza o‘rnini bosa oladigan samarali instrumentariy hisoblanadi.
3.O‘qituvchi murakkab mazmunli mavzular bo‘yicha talabalarni darsga tayyorlash uchun oldindan ularning har biriga mo‘ljallangan alohida axborotli paket tayyorlaydi. Unda darslikdan, qo‘shimcha tarzda gazeta, jurnal, maqolalardan materiallar bo‘lishi kerak.
4.Har bir talaba 2 guruh tarkibida ishtirok etadi: dastlab “o‘z uyi” (birlamchi) guruhiga, keyin esa “ekspert” guruhiga birlashib, o‘quv elementlarini mustaqil o‘rganishadi. Ekspert guruhini tezda tashkil etish uchun o‘quvchilar olgan axborotli paketlarda har bir mavzuga oid materiallar bir xil rangdagi qog‘ozlarga yozilgan yoki rangli qalam bilan qog‘ozning biror bir burchagi bo‘yalgani ma’qul.
5.Har bir guruhda 3 tadan 5 tagacha kishi (talabalar soniga qarab) bo‘lishi mumkin. Har bir talaba “o‘z uyi”dagilarni va qayta uchrashish joyini aniqlab olishi kerak.
6.O‘qituvchi talabalarni “rangli” topshiriqlar asosida guruhga birlashishini taklif etadi va ular alohida mavzular bo‘yicha ekspertga aylanadi. Misol uchun, “qizil”larni xonasi oxirida, “ko‘k”larni esa yo‘lakchada uchrashishi belgilanadi. Har bir ekspert guruhda 3 tadan kam talaba bo‘lmasligi kerak.
7.Guruhlarga axborotli paket tarqatiladi. Har qaysi guruh turli xil materiallar to‘plamini olishlari va ularni o‘qishi, muhokama qilishi, aynan shu axborotlar bo‘yicha ekspertga aylanishi lozim. O‘quv materiallari bo‘yicha “ekspert” bo‘lishi uchun o‘quvchilarda vaqt etarli bo‘lishi kerak. Bu uchun agar materiallar murakkab va katta bo‘lsa, ehtimol, bir dars to‘liq talab qilinadi.
8. Talabalarga quyidagicha topshiriqlar beriladi:
- paketdagi materiallarni qunt bilan o‘rganing va muhokama qiling;
- bir-biringizdan so‘rang va o‘quv materiallarini har biringiz tushunib olganingizga ishonch hosil qiling;
- o‘z “uyingiz” guruhini o‘qitish zarurligini hisobga olib materialning muhim o‘quv elementlariga e’tiborni qarating.
9. Talabalarning o‘z “uylariga” qaytishlarini iltimos qiling. Har biri o‘z “uyi”- guruhiga axborot beradi. Shaksiz, “uy” guruhida ekspert guruhlaridan bittadan talaba bo‘lish shart. Talaba o‘rganib kelgan materiallarni o‘z guruhi talabalariga o‘rgatish javobgarligini bo‘yniga olish lozim. Bu jarayon o‘quv materialining o‘zlashtirish zarurligiga qarab yana bir soat davom etishi mumkin.
10. Talabalar bir-birlaridan axborotlarni o‘rganishib bo‘lishgach, o‘qituvchi oldindan rejalashtirgan faoliyat turini o‘tkazishi mumkin.
-
3-MAVZU | Adabiyot ta’limida integratsiya | (amaliy – 2 soat) 1.1. Amaliy mashg’ulotni olib borish modeli -
Mashg‘ulot shakli | Axborotli Talabalar soni – 5 ta | Ma’ruza rejasi |
Adabiyot ta’limini boshqa fanlar bilan aloqasi
Ijtimoiy fanlar bilan aloqasi
Tabiiy fanlar bilan aloqasi
| O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish. | Pedagogik vazifalar: | o‘quv faoliyati natijalari: | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar. | Fan haqida umumiy tushuncha berish. | Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar. | O‘qitish vositalari | O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska | O‘qitish usullari | blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum | O‘qitish shakllari | frontal, kollektiv ish | O‘qitish sharoiti | kompyuter, proektor | Monitoring va baholash | Og‘zaki savollar, blits-so‘rov | Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi -
Ish bosqich-lari | O‘qituvchi faoliyatining mazmuni | Tinglovchi faoliyatining mazmuni | 1-bosqich. Mavzuga kirish (20 min) | O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Baholash mezonlari (2 – ilova). Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ). 1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova). | Tinglaydilar. Tinglaydilar. | 2 -bosqich. Asosiy bo‘lim (50 min) | 2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi. 2.2.amaliy mashg’ulot rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. 2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi. | Tinglaydilar. Tinglaydilar. UMKga qaraydilar UMKga qaraydilar Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. | 3- bosqich. Yakunlovchi (10 min) | Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi. 3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi. 3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi. | Savollar beradilar. UMKga qaraydilar. UMKga qaraydilar. |
Do'stlaringiz bilan baham: |