() - men bilaman deganni tasdiqlovchi belgi;
() - yangi axborot belgisi;
() - mening bilganlarimga, zid belgisi;
() - meni o‘ylantirib qo‘ydi. Bu bo‘yicha menga qo‘shimcha axborot kerak belgisi.
“Bumerang texnologiyasi” bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib etish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmunga(muammoli, munozarali va hokazo) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin.
Bumerang texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi: xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
“Qiyinchilik g‘altagi” metodi talabalarning o‘tilgan mavzuni to‘laqonli o‘zlashtirmagan jihatlarini aniqlashga va uni bartaraf etishga xizmat qilib, o‘qituvchi uchun mashg‘ulot maqsadiga erishishi yo‘lida qo‘shimcha vosita vazifasini bajaradi. Uning maqsadi talabalar orasida o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan tushunchalarni aniqlashdir. Bu metodni o‘tkazish bosqichlariga quyidagilar kiradi:
-talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi. Talabalarga A4 formatidagi qog‘oz tarqatiladi;
-dars davomida o‘zlashtirish qiyin bo‘lgan, mushkul tuyulgan tushunchalarni shu qog‘ozga yozish so‘raladi;
-qog‘ozga faqat guruh raqami yozish talab qilinadi, talaba o‘zi tushuna olmagan tushunchalarni to‘laqonli yoritishida anonimlik muhim rol o‘ynaydi;
-qog‘ozlar yig‘ib olinadi, o‘rganib chiqiladi hamda barcha yozilgan tushunchalarni chuqurroq o‘zlashtirish maqsadida takrorlash/mustahkamlash mashqlari, topshiriqlari talabalarga taqdim etiladi;
-so‘ngra, 2-punktdagi vazifa qayta beriladi;
-natijalar taqqoslanadi.
“Birgalikda harakat qilish metodi” metod talabalarning bir jamoa bo‘lib ishlash va o‘zlashtirgan bilimlarini boshqalar bilan baham ko‘rish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu metod talabalarning mavzu yuzasidan umumiy ilmiy-madaniy kompetensiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni o‘tkazish bosqichlari:
-har bir talabaga toza A5 formatidagi varaqa beriladi;
-varaqaning bir tomoniga “Share” biriga esa “Care” deb yoziladi hamda varaqa egasi ismi qayd qilinadi;
-har bir talaba, varaqning “Share” tomoniga dars davomida o‘tilgan, hamda o‘zi to‘laqonli, aniq va oydin tushungan omili haqida yozadi, uni tushuntiradi, osonlashtirib bayon qilib yozadi;
-so‘ngra, o‘z varaqasini boshqa talabaga uzatadi, o‘zi ham undan varaqa qabul qilib oladi;
-qabul qilib olingan varaqaning “Share” tomoniga qaraladi, agar u yerda talaba o‘zi yaxshi tushungan omil yozilmagan bo‘lsa “Care” tomoniga shu omil haqida yozadi, uni tushuntiradi va yana varaqa almashadi;
-har bir varaqaning “Care” tomonida 4 tadan fikr yozilgandan so‘ng varaqalar egalariga qaytariladi.
“Soxta Vikipediya” metodi. Ushbu metod talabalarning mavzu bo‘yicha materiallarni qanchalik o‘zlashtirganini aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari ushbu metod talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish, o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, mavzu yuzasidan umumiy ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida qo‘llaniladi. Metodni o‘tkazish bosqichlari:
-talabalarga o‘tilgan mavzular yuzasidan ikkita alohida matn beriladi. Matnlarning birida xato kuzatilmaydi, ikkinchisida esa aralash va chalg‘ituvchi ma’lumotlar mavjud bo‘ladi;
-talabalar guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga 1-matn beriladi;
-25 daqiqa ichida har bir guruh yozma ravishda matndagi xato ma’lumotlarni aniqlab, ularning to‘g‘ri variantlarini taqdim etishlari talab qilinadi. Topshiriq bajarish jarayonida internet tarmog‘idan foydalanishga ruxsat beriladi;
-talabalar o‘z javob varaqalarini topshirishadi. So‘ngra har bir guruhga 2-matn beriladi. Unda 1-matndagi xatolar tuzatilgan shaklda taqdim etiladi;
-guruhlar topgan xatolari soniga qarab baholanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |