Ko‘rgazmalilikning sintetik vositalari. Kino va televidenieda ham ko‘rish, ham eshitish ko‘rgazmaliligi mavjud. Shuning uchun ham ularda o‘quv maqsadlarda foydalanish imkonlari ham, kelajagi ham katta. Ammo ulardan foydalanishda murakkabliklar ham kam emas.
Til va kino ssenariylar orasida yozuvchi tarjimai holi bilan bog‘liqliklari, ekranlashtirilgan asarlar mavjud. O‘qituvchi ularning hammasidan emas, balki bevosita dars maqsadi va vazifasiga bog‘liq qismlaridangina foydalanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. (Masalan, “O‘tgan kunlar”, “Qutlug‘ qon”, “Temir xotin”, “Qirol Lir”...)
Adiblar yashagan joylar bilan bog‘liq kinoekskursiyalardan ham shu xilda foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Ularning ayrimlaridan sinfdan tashqari ishlarda foydalanish ham samarali bo‘ladi.
Hozirgi paytda doimo yangilanib turadigan tele-darslar ham qo‘shimcha imkoniyat sifatida nazarda tutilishi mumkin.
Adabiyot o‘qituvchisi ko‘rgazmalilikning qaysi turidan va qanday holatda, qay miqdorda foydalanishini aniq belgilab olishi, ko‘rgazmalilikning didaktik funsyasini oldindan puxta o‘ylab olishi shart.Adabiyotga yaqin bo‘lgan san’at asarlaridan foydalanishdan oldin, o‘quvchilarga dastlab asar haqida elementar bo‘lsa-da, tasavvur berish kerak.
Adabiyot darslarida ko‘rgazmalilik oxirgi maqsad emas, balki vositadir. SHunga ko‘ra o‘quvchiga ko‘rgazmalilikdan keyin, shunday savollar berilishi lozimki, bu savol va topshiriqlar o‘quvchini badiiy asar ichiga olib kirishga, badiiy obraz va tasvir mohiyatini chuqurroq anglashga, so‘zning ta’sir kuchini yaqqolroq his qilishga yordam bersin.
Ko‘rgazmalilik qurollarni yaratishga o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb etish mumkin. Bu ular jiddiy mehnatga o‘rgatadi, umumiy badiiy estetik tayyorgarligiga ham ijobiy ta’sirko‘rsatadi.
Savol va toshiriqlar
Adabiyotdan ko‘rgazmalilik qanday vazifalarga xizmat qiladi?
Ko‘rgazmalilikning qanday turlarini bilasiz?
Ko‘rgazmalilik badiiy asarni o‘rganishda muhim vosita deganda nimani tushunasiz?
O‘qituvchi nutqi ko‘rgazmalilikning muhim turi ekanini tushuntiring.
Ko‘rish bilan bog‘liq ko‘rgazmalilik.
Eshitish bilan bog‘liq ko‘rgazmalilik.
Ko‘rgazmalilikning sintetik vositalari.
Ko‘rgazmalilik qurollardan darsda foydalanish metodikasi.
-
2-MAVZU | Badiiy matn tahlilida tanqidiy tafakkurni rivojlantirish strategilayalari | (amaliy – 2 soat) 1.1. Amaliy mashg’ulotni olib borish modeli -
Mashg‘ulot shakli | Axborotli Talabalar soni – 5 ta | Ma’ruza rejasi |
| O‘quv mashg‘ulotining maqsadi. Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fani bo‘yicha umumiy tushuncha berish. | Pedagogik vazifalar: | o‘quv faoliyati natijalari: | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining o‘rni, ahamiyati va mohiyatini tushuntirib bera oladilar. | Fan haqida umumiy tushuncha berish. | Fan haqida umumiy tushunchasini aytib bera oladilar. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirish. | Maxsus fanlarni o‘qitish mеtodikasi fanining rivojlanishi va muammolarini tushuntirib bera oladilar. | | O‘UM, ma’ruza matni, kompyuter slaydlari, doska | O‘qitish usullari | blits-so‘rov, Pinbord texnikasi, aqliy xujum | O‘qitish shakllari | | O‘qitish sharoiti | kompyuter, proektor | Monitoring va baholash | Og‘zaki savollar, blits-so‘rov | Amaliy mashg‘ulotini olib borish texnologiyasi -
| O‘qituvchi faoliyatining mazmuni | Tinglovchi faoliyatining mazmuni | 1-bosqich. Mavzuga kirish (20 min) | O‘quv mashg‘uloti mavzusi, 4 savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Baholash mezonlari (2 – ilova). Pindbord usulida mavzu bo‘yicha ma’lum bo‘lgan tushunchalarni faollashtiradi. Pindbord usuli natijasiga ko‘ra tinglovchilarning nimalarda adashishlari, xato qilishlari mumkinligining tashxizini amalga oshiradi (1-ilova ). 1.3. Mavzuni jonlashtirish uchun savollar beradi. (3-ilova). | Tinglaydilar. Tinglaydilar. | 2 -bosqich. Asosiy bo‘lim (50 min) | 2.1.1 savol yuzasidan qisqa ma’ruza qiladi. 2.2.amaliy mashg’ulot rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi. (berilgan savollar yuzasidan umumlashtiruvchi xulosa beradi. 2.3.Tayanch iboralarga qaytiladi. Talabalar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi. | Tinglaydilar. Tinglaydilar. UMKga qaraydilar UMKga qaraydilar Har bir tayanch tushuncha va iboralarni muhokama qiladilar. | 3- bosqich. Yakunlovchi (10 min) | Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi. Mavzu bo‘yicha olingan bilimlarni qaerda ishlatish mumkinligi ma’lum qiladi. 3.2.Mavzu bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish uchun adabiyotlar ro‘yxatini beradi. 3.3.Keyingi mazvu bo‘yicha tayyorlanib kelish uchun savollar beradi. | Savollar beradilar. UMKga qaraydilar. UMKga qaraydilar. |
Ta’lim texnologiyalaridan biri bo‘lgan matn bilan ishlash texnologiyalari ta’im oluvchining kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi, uni o‘zini-o‘zi boshqarish, nazorat qilishga undaydi, pedagogika, lingvistika va lingvodidaktika va matnni markazlashtirish tamoyillari yutuqlaridan foydalanishda integrativlik tamoyillarini qo‘llash imkonini beradi.
Tadqiqotchilar o‘rganilayotgan matnlar mazmuniga urg`u berishning oltita usulini taklif qiladilar 1) baholovchi sifatlar; 2) kalit terminlar; 3) konnektorlar (birlashtiruvchi); 4) predikatlar ierarxiyasi; 5) leksik oppozitsiyalar tamoyili; 6) leksikada “umumiy-xususiy” / “xususiy-umumiy” mantiqiy aloqasi namoyon bo‘lishi. Talaba kodlashtirish va kodini yechish usuli orqali yangi shaxsiy malakalar hosil qiladi: 1) ta’limdan tashqari jarayonda moslashish; 2) ta’lim jarayonida mav jud matnga shaxsiy nuqtayi nazarni singdirgan tekstni markazlashtirish tamoyilininig singdirilishi va 3) o‘zini-o‘zini rivojlantirishda matn. Aynan mana shunday matnlarda talabaning mavzu borasidagi ta’lim va kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi.
Matn ustida ishlash topshiriqlari uch bosqichga bo‘linadi. Matn oldi bosqichi, matn usti bosqichi, matn osti bosqichiga bo‘linadi. Matn oldi bosqichida “aqliy hujum”, oldindan bashorat qilish, ya’ni matn sarlavhasi asosida matnda aytib o‘tilgan muammolar bo‘yicha talabalarning bor bilimlarini aniqlash, savollarga javoblar kabi mashqlardan foydalaniladi. Matn usti bosqichiga jadvalni to‘ldirish, matn rejasini tuzish, matnning har bir abzatsiga sarlavha tanlash, tushirib qoldirilgan so‘zlarni qo‘yish, to‘g‘ri/ noto‘g‘ri mulohazalarni aniqlash, rasmlarni matndagi gaplar bilan birga muvofiqlashtirish, gaplarni mantiqan qayta guruhlash, matnni paragraflarga bo‘lish va h.k.kiradi. Matn osti bosqichida xulosaviy fikrlar berish, ya’ni matnda ko‘tarilgan har bir masalaga o‘z munosabatini bildirish, matn tuzilishidan kelib chiqib, boshqa janrda o‘z matnini tuzish va hokazolar kiradi. Matn bilan ishlash texnologiyalariga “Insert”, “Pinbord”, “Soxta Vikipediya”, “Qiyinchilik g‘altagi” , “Birgalikda harakat qilish” metodlari, “Autentik materiallar”, “Bosma materiallar bilan ishlash”, “Tushunchalar asosida matn tuzish”, “Ikki qismli kundaliklar”, “Surat ustida ishlash” kabilar kiradi.
“Insert” usuli samarali o‘qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimidir. Bu usul avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo‘yilish muolajasi. Shundan so‘ng matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning belgilanishi. Insert - matn bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchiga o‘zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta’minlovchi kuchli asbob. Insert - o‘zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o‘quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning o‘quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o‘qitish usulidir.
Matnda belgilash tizimi
Do'stlaringiz bilan baham: |