Xulosa va takliflar
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy natijalar hisobi, ularning
kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va auditni takomillashtirish borasida olib borilgan
ilmiy izlanishlar natijalari quyidagi xulosalar qilishga imkon berdi:
1. Qarshi shahar xо‘jalik hisobidagi yer tuzi shva kо‘chmas mulk kadastr
xizmati korxonasida xususiy kapital tо‘g‘risidagi hisobot belgilangan shakllar
bо‘yicha о‘z vaqtida tо‘ldirilib topshiriladi.
2. Qarshi shahar xо‘jalik hisobidagi yer tuzi shva kо‘chmas mulk kadastr
xizmati korxonasida xususiy kapital shuni kо‘rsatadiki, korxonada xususiy kapital
20-yil boshida о‘tgan yil boshiga nisbatan 6,2 foizga ortgan. Yil oxirida о‘tgan yil
oxiriga nisbatan 4,5 foizga о‘tgan.
3. Xususiy kapital tarkibida eng kata о‘zgarish rezerv kapitalga ajratmalar
hissasiga tо‘g‘ri kelgan, ya’ni о‘tgan yilga nisbatan 59,7 foizga ortganini kо‘rish
mumkin.
4. Korxona xususiy kapitalining asosini tashkil etadigan taqsimlanmagan
foyda 2013-yilda atiga 5,7 foizni tashkil etgan.
5. Buxgalteriya balansi aktiv moddalarini tahlil ma’lumotlaridan kо‘rinib
turibdiki, korxonada aktivlari tarkibida uzoq muddatli aktivlar salmog‘ini yildan-
yilga kamayib borishi joriy aktivlar salmog‘ini oshib vorganligidan dalolat beradi.
Joriy aktivlar mablag‘lar tez aylanishini ta’minlagan holda korxona faoliyatini
yakuniy natijasiga ijobiy ta’sir etadi.
6. Qarshi shahar xо‘jalik hisobidagi yer tuzi shva kо‘chmas mulk kadastr
xizmati korxonasida buxgalteriya balansi passiv moddalari tarkibida korxona
mablag‘lari mansabi tarkibida xususiy kapital salmog‘ining pastligi korxona
faoliyati uchun ijobiy natija emas. Chunki yildang‘yilga mablag‘lar manbasi
tarkibida о‘z mablag‘lari manbai kamayib qarz mablag‘lari manbasi oshib
borganligini kо‘rishimiz mumkin.
7. Qarshi shahar xо‘jalik hisobidagi yer tuzi shva kо‘chmas mulk kadastr
xizmati korxonasidahisobot davrining sof foydasi 2013-yilda 2012-yilga nisbatan
36 foizga kamayib, 5,7 ming sо‘mni tashkil etganligi korxona moliyaviy ahvolini
yanada yaxshilash imkoniyatlari ham mavjud. Bu holat korxona boshqaruvi
xodimlari zimmasiga yashirin rezervlardan yanada unimliroq foydalanish chora
tadbirlarini kо‘rish masuliyatini yuklaydi.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib, quyidagilarni taklif qilamiz.
A) Moliyaviy natijalar hisobi, ularning kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va auditi
yuzasidan muammolar bо‘yicha о‘tkazilgan izlanishlar, moliyaviy natijalar
tо‘g‘risidagi hisobot va uni tuzish bо‘yicha quyidagi yо‘nalishlarda muammolar
mavjud ekanligini etirof etmoqda:
- chet el sarmoyasi jalb qilingan korxonalarda balansning kо‘rinishi mahalliy
buxgalter va xorijiy buxgalterlar tomonidan ikki xil tartibda tuzilishi va ularning
aksariyat hollarda bir-biriga mos tushmasligi;
- shunga mos ravishda mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanishi tartibi va moliyaviy
natijalarning shakllanish tartibi sohasida respublikaning sarmoyadorlari hamda
chet ellik hamkorlar о‘rtasida fikrlar qarama-qarshiligining mavjudligi;
- asosiy vositalar amortizatsiyasini hisoblash tartibi turlichaligi, baholarning
tinimsiz о‘zgarishi natijasida mahsulot tannarxining keskin о‘zgarishi;
- moliyaviy nazorat tashkil etish samaradorligining pastligi va xokazo.
b) qо‘shma korxonalar amaliyoti shuni kо‘rsatadiki, bu korxonalardagi
moliyaviy hisob muammolari asosan ikki hamkor tomon moliyaviy hisob va
hisobot tamoillarining turlicha ekanligidan kelib chiqmoqda. Demak, mavjud
nizom va yо‘riqnomalarga yanada aniqlik kiritish kerak bо‘lsa о‘zgartirish zarur
deb о‘ylaymiz. Masalan xususiy moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot va uni
tuzishning asl yо‘riqnomalariga shunday о‘zgartirishlar kiritish kerakki, toki ular
jalb qilingan sarmoyadorlarning qiziqishini oshirishga xizmat qilsin.
Investorlar bо‘sh pul mablag‘larini biror korxona faoliyatiga yо‘naltirish
istagida tug‘ulganda, avvalombor, bu korxonaning moliyaviy natijalar
tо‘g‘risidagi hisobotiga e’tiborini qaratadilar. Chunki, moliyaviy faoliyat natijalar
tо‘g‘risidagi hisobot korxonaning ma’lum hisobot davri mobaynida ishlab topgan
va moliyaviy faoliyatlari bо‘yicha barcha daromad va xarajatlarini aks ettiradi.
Investorlar pul mablag‘larini investitsiya qilayotganlarida korxonaning asosiy
faoliyatidan olingan daromadlariga e’tiborlarida korxanaga qaratishlari maqsadga
muvofiq bо‘lar edi. Birinchidan korxonaning daromadi asosiy faoliyatdan
shakllantirilishi hisobot yili davomida bir maromda ushlab turish imkoniyatini
mavjudligi bо‘lsa, ikkinchidan korxona moliyaviy va investitsion faoliyatlaridan
keladigan daromadlarni rejalashtirish imkoniyati yо‘qligigadir. Biroq moliyaviy
natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyatdan olingan foydani sof holda
kо‘rishning imkoni mavjud emas. Chunki, moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
hisobotda boshqa operatsion faoliyatdan daromad sifatida investitsion faoliyatdan
olinayotgan daromadlar ham qо‘shib kо‘rsatiladi. Bu esa asosiy faoliyatdan
olinayotgan foydani bо‘rtirib kо‘rsatishga olib kelmoqda. Shu nuqtai-nazardan
moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot, xususan xususiy kapital tо‘g‘risidagi
hisobotda investitsion faoliyat bо‘yicha daromadlarni asosiy faoliyatdan ajratib
kо‘rsatish investitsion qarorlarni qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish
imkonini beradi.
Xususiy kapital tо‘g‘risidagi hisobotda inqestitsion faoliyatni asosiy
faoliyatdan ajratib kо‘rsatishimizdan asosiy maqsad, asosiy faoliyatdan
olinayotgandaromadlarni rejalashtirish va tahlil qilishdan iborat. Shundagina
daromadlar ichida asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va investitsion
faoliyatdan olingan foyda tо‘g‘risida batafsil ma’lumot olish imkoni yaratiladi.
s) Moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot hozirgi kungacha о‘tgan yilning
shu davriga solishtirib о‘rganib kelinar edi. Lekin bizning fikrimizcha bunday
yondashuv jadal rivojlanib boruvchi va tez о‘zgaruvchi iqtisodiyot sharoitida
korxona faoliyatini baholash va tahlil qilish imkoniyatini bermaydi. Chunki, bozor
iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida investitsion va narx-navoning barqaror holatda
ushlab turib bо‘lmaydi. Natijada xususiy kapital tо‘g‘risidagi hisobotning о‘tgan
yilgi kо‘rsatkichlari bilan solishtirib korxonaning foyda yoki zararga
ishlayotganligini aniq kо‘rish imkoniyati mavjud emas. Amaldagi hisobot shaklini
о‘rganish, undagi ma’lumotlardan korxona faoliyatini tahlil qilish va
samaradorligini baholashni yanada aniqlashtirish uchun “О‘tgan yilning shu
davrida” ustuni о‘rniga “Biznes rejaga asosan” ustunini kiritishimiz maqsadga
muvofiq bо‘lar edi. Natijada korxonaning faoliyatini har chorakda baholab turish
imkoniyati tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |