III bob. Moliyaviy natijalar hisobi, hisoboti hamda ularning kо‘rsatkichlarini
tahlil qilish va auditni takomillashtirish
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitida
milliy
iqtisodiyotimizning
hususiyatlarini hisobga olgan holda xalqaro amaliyotda qо‘llanilayotgan hisob
tizimiga о‘tish bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobining xalqaro standartlar bilan
integratsiyalashuvini talab etadi. Shuning uchun foydalanuvchilarga oshkor
qilinishi zarur bо‘lgan moliyaviy ma’lumotlarning hajmi, mazmuni va shakliga,
shuningdek buxgalteriya hisobotining auditiga nisbatan yagona minimal talablarni
qо‘yish davr talabidir.
Boshqacha qilib aytganda, “Standartlarning qо‘llanilishini ta’minlaydigan,
ularni hayot talablariga moslashtiradigan butun bir tizimni yaratish zarur,
standartlar tо‘xtab qolgan bо‘lishi mumkin emas, balki ular iqtisodiyotdagi barcha
о‘zgarishlarni va ehtiyojlarni hisobga olish, taraqqiyotga kо‘maklashishi lozim.
Shuning uchun buxgalteriya hisobi va hisoboti islohat bozor iqtisodiyotiga
о‘tishning muhim elementi ekanligiga diqqatni qaratgan holda, korxonaning
buxgalteriya hisoboti, shakllanishining qoida va yondashuvlarini muvofiqlashtirish
tashkil qilish va chop etish mulkdorlar va sarmoyadorlar manfaatini himoya qilish
uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlash zarur” Moliyaviy hisobot
foydalanuvchilar uchun moslashtirilgan holda soda va tushunarli shaklda bо‘lishi
kerak. Iqtisodiy adabiyotlarda hisob tizimini tartibga solish uchun xorijiy davlatlar
hisob standartlaridan foydalanish zarurligi tez-tez tilga olinib turibdi. Bunday
fikrlar bizning mintaqaviy xususiyatlarimiz uchun unchalik tо‘g‘ri kelmaydi,
chunki bizning Respublikamizda buxgalteriya hisobining ma’lum tizimi tarkib
topgan. Xorijiy davlatlarda har bir mamlakat о‘zining milliy standartlaridan
foydalanadi. Bu standartlar mamlakat milliy iqtisodiyotiga xos bо‘lgan
xususiyatlarni о‘ziga aks ettiradi, chunki sodir etilayotgan moliyaviyg‘xо‘jalik
muomalalari turli davlatlarda turlicha talqin qilinadi.
Barcha davlatlarda hisob yuritishning umumiy tamoillariga amal qilinadi.
Respublikamizda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida”gi Qonun va
boshqa meyoriy xujjatlar, jumladan milliy standartlar, ushbu tamoillar asosida
ishlab chiqarilgan. Xozirgi kunda buxgalteriya hisobining milliy standartlarini
ishlab chiqish va joriy etish bо‘yicha kata ishlar amalga oshirildi. Kegusida yangi
milliy standartlarni ishlab chiqishda obyektiv voqelik asosida milliy xususiyatlarni
ishlab chiqishda obyektiv voqelik asosida milliy xususiyatlarni hisobga olgan
holda ish olib borish davom ettirilsa, yaxshi natijalarga erishiladi, deb о‘ylaymiz.
Moliyaviy hisob muammolari bо‘yicha о‘tkazilgan izlanishlar, aniqrog‘i,
Qashqadaryo viloyati auditorlik firmalari qator auditorlik xulosalari hamda
qо‘shma korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish bilan tanishib chiqish
asosida olimlar, moliyaviy hisobotni yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash
bо‘yicha quyidagi yо‘nalishlarda muammolar mavjud ekanligini e’tirof etmoqda:
* Chet el sarmoyasi jalb qilingan korxonalarda balansning mAhalliy buxgalter
va xorijiy buxgalterlar tomonidan ikki xil tartibda tuzilishi va ularning aksariyat
hollarda birg‘biriga mos tushmasligi;
* Shunga mos ravishda mAhsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi sohasida
Respublikamiz sarmoyadorlari hamda chet ellik xamkorlar о‘rtasida fikrlar
qarama-qarshiligining mavjudligi;
* Asosiy vositalar amortizatsiyasini hisoblash tarkibi turlichaligi baholarning
tinimsiz о‘zgarishi natijasida mahsulot tannarxining keskin о‘zgarishi;
* Moliyaviy nazoratni tashkil etish samaradorligining pastligi va hokazo.
Bir qarashda yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun mamlakatda barcha
huquqiy asoslar ishlab chiqilganki, ularga amal qilinsa kifoya, degan fikr tug‘iladi.
Haqiqatdan yangi nizom yuqorida aytilgan birinchi va ikkilamchi muammolarni,
milliy standartlar esa uchinchi va tо‘rtinchi muammolarni hal qilish uchu nasos
bо‘lib xizmat qilishi mumkin. Lekin qо‘shma korxonalar amaliyoti shuni
kо‘rsatayaptiki, bu korxonalardagi moliyaviy hisob muammolari asosan ikki
hamkor tomon moliyaviy hisob va hisobot tamoillarining turlicha ekanligidan kelib
chiqmoqda. Demak mavjud Nizom va yо‘riqnomalarga yanada aniqlik kiritish,
kerak bо‘lsa, о‘zgartirish zarur deb о‘ylaymiz. Masalan balans moddalariga,
moliyaviy hisobotni tuzishning asl yо‘riqnomalariga shunday о‘zgartiriо‘lar
kiritish kerakka, toki ular jalb qilingan sarmoyadorlarning qiziqishini oshirishga
xizmat qilsin. Bush uni anglatadiki, bugungi kunda korxonalarning hisob siyosati
degan masalaga alohida e’tibor berish kerak. Hisob siyosati esa moliyaviy
hisobning о‘zagidir.
Aytib о‘tilgan muammolar haqiqatdan eng dolzarb ekanligini inkor etmagan
holda, moliyaviy hisob va hisobot muammolari bundan ham kengroq ekanligini
ta’kidlab о‘tmoqchimiz. Xususan, moliyaviy hisobni yuritishda hisobning ayrim
uchastkalarida yetarlicha muammolar mavjudligi sezilib qolmoqda.
Ushbu kо‘tarilgan muammolar yechimini izlash davomida buxgalteriyah
hisobi xalqaro rivojlanishi tarixiga nazar tashlashimizning sababi allaqachon
ma’lum bо‘lgan narsalarni qayta ixtiro qilishning xojati yо‘q ekanligini aytib о‘tish
xolos. Ana shu tamoilga amal qilgan holda moliyaviy hisobni yuritish va hisobotni
tuzish bо‘yicha mamlakatimiz buxgalterlari oldida yuzaga kelgan muammolarni
hal qilish yо‘llarini buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga asoslanib aniqlash
maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Mustaqillikdan sо‘ng iqtisodiyotda xususiy sektorlarning salohiyatining
oshib borishi buxgalteriya hisobini yuritishda ham tub islohatlarni amalga
oshirishni ta’qozo etdi. YA’ni erkin iqtisodiyot sharoitida xususiy korxonalar
asosiy faoliyatlar bilan bir vaqtda bо‘sh turgan mablag‘larini yoki aktivlarini
istalgancha investitsiya qilishga yoki moliyaviy faoliyatlar bilan shug‘ullanish
imkoniyati tug‘uldi. Natijada foyda va zararlar xо‘jalik yurituvchi subyektlarning
quyidagi faoliyat sohalari bо‘yicha shakllantirila boshlandi:
Asosiy faoliyat;
Investitsion faoliyat;
Moliyaviy faoliyat.
Lekin moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi xisobotda asosiy va investitsion
faoliyatdan olingan daromadlari “Asosiy faoliyat foydasi (zarari)” satrida aks
ettiriladi. Yuqoridagi yо‘nalishlar bо‘yicha moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
hisobotda daromad va xarajatlar shakllantirilsa maqsadga muvofiq bо‘lar edi.
Investorlar bо‘sh pul mablag‘larini biror korxona faoliyatida yо‘naltirish
istagi tug‘ilganda, avvalombor, bu korxonaning moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
hisoboti korxonaning hisobotiga qaratiladi. Chunki; moliyaviy natijalar
tо‘g‘risidagi hisobot korxonaning ma’lum hisobot davri mobaynida ishlab topgan
asosiy faoliyati; investitsion va moliyaviy faoliyatlari bо‘yicha barcha daromad va
xarajatlarni aks ettiradi. Investorlar pul mablag‘larini investitsiya qilayotganlarida
korxonaning asosiy faoliyatidan olingan daromadlarigae’tiborini qaratishlari
maqsadga muvofiq bо‘lar edi. Birinchidan korxonaning daromadi asosiy
faoliyatdan shakllantirilishi hisobot yili davomida bir maromda ushlub turish
imkoniyatini mavjudligi bо‘lsa, ikkinchidan korxona moliyaviy va investitsion
faoliyatlaridan keladigan daromadlarini rejalashtirish imkoniyati yо‘qligidadir.
Biroq moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyatdan olingan
foydani sof holda kо‘rishning imkoni mavjud emas. Chunki, moliyaviy natijalar
tо‘g‘risidagi hisobotda boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromad sifatida
investitsion faoliyatdan olinayotgan daromadlar ham qо‘shib kо‘rsatiladi. Bu esa
asosiy faoliyatdan olinayotgan foydani bо‘rtirib kо‘rsatishga olib kelmoqda. Shu
nuqtai nazardan moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda investitsion faoliyat
bо‘yicha daromadlarni asosiy faoliyatdan ajratib kо‘rsatish investitsion qarorlarni
qabul qilishda tavakkalchilikni kamaytirish imkoni beradi.
Moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotda investitsion faoliyatni asosiy
faoliyatdan ajratib kо‘rsatishimizdan asosiy maqsad, asosiy faoliyatdan
olinayotgan daromadlarni rejalashtirish va tahlil qilishdan iborat. Buning uchun
yuqorida sanab о‘tilgan investitsion faoliyatdan olinayotgan daromadlar
korxonaning asosiy faoliyatini baholab beruvchi “Asosiy faoliyatdan olingan yalpi
foyda ” summasiga qо‘shilmasligi kerak . Shundagina daromadlar ichida asosiy
faoliyatdan kelayotgan pul oqimlari aniq baholash imkoniyatiga ega bо‘lamiz.
Moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobot hozirgi kungacha о‘tgan yilning shu
davriga solishtirib о‘rganib kelingan edi. Lekin bizning fikrimizcha bunday
yondashuv jadal rivojlanib boruvchi va tez о‘zgaruvchi iqtisodiyot sharoitida
korxona faoliyatini baholash va tahlil qilish imkoniyatini bermaydi. Chunki, bozor
iqtisodiyotiga о‘tish sharoitida infilatsiya va narx-navoning barqaror holatda
ushlab turib bо‘lmaydi. Natijada moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotning
о‘tgan yilgi kо‘rsatkichlari bilan solishtirib korxonaning foyda yoki zararga
ishlayotganligini aniq kо‘rish imkoniyati mavjud emas. Amaldagi xisobot shaklini
о‘rganish, undagi ma’lumotlardan korxona faoliyatini tahlil qilish va
samaradorligini baholashni yanada aniqlashtirish uchun “О‘tgan yilning shu
davrida”
ustuni
о‘rniga “Biznes rejaga asosan ”ustunini kiritishimiz
maqsadgamuvofiq bо‘lar edi. Natijada korxonaning faoliyatini har chorakda
baholab turish imkoniyati tug‘iladi. Amaldagi moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
hisobot shaklida bu о‘tgan yilgi kо‘rsatkich bilan taqqoslanadi. Bizda nima keragi
bor о‘tgan yilgi natijani? Korxona hisobot yili yakunida zarar kо‘rsa, bu zarar yil
davomida shakllanib kelmoqda. Buni oldini olishimiz uchun hisobot davrida
barcha imkoniyatlardan foydalanib, korxonaning moliyaviy holatini yaxshilashimiz
mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqib korxona faoliyatiga tо‘liq va aniq baho
berish uchun moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi hisobotga “О‘tgan yilga nisbatan”
moddasi о‘rniga “Biznes rejaga asosan” moddasini kiritishimiz maqsadga muvofiq
bо‘lar edi. Bu taklifni joriy qilsak korxona biznes rejasini ham hayotiyligini
taminlab bergan bо‘lar edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |