Bozor mexanizmi,uning tarkibiy qismlari va amal qilishi Mundarija kirish I bob. Bozor va bozor mexanizimi



Download 0,77 Mb.
bet12/14
Sana09.06.2022
Hajmi0,77 Mb.
#647768
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 5192842875087361607

9-rasm. Taklif egri chizig‘i
Aksariyat bozorlar uchun taklif egri chizig‘i o‘sib boruvchi xarakterga ega, chunki bozordagi narx qanchalik yuqori bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi firmalar mazkur tovarni ko‘proq ishlab chiqarish va sotishni istaydilar. Narxlarning yanada yuqorilab borishi firmalarga qo‘shimcha ishchi kuchi olish evaziga o‘z ishlab chiqarishlarini yanada kengaytirish va daromadlarini oshirishlariga turtki bo‘ladi.
Taklif xajmi va narxi o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik taklif qonuni deyiladi.
Agarda biror-bir tovarga bo‘lgan narx o‘sib borsa va bunda boshqa parametrlar o‘zgarmas xolda qolsa, unda mazkur tovarga bo‘lgan taklif xajmi oshib boradi.
Taklif qonuni universal xarakterga ega emas, bozor sharoitida ayrim istisnolar ham bo‘lishi mumkin.

10-rasm. Taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi
Taklif xajmining o‘zgarishi – ko‘rib o‘tilayotgan tovarning narxini o‘zgarishi va bozor kon’yunkturasining boshqa omilarining o‘zgarmagan holatida taklif egri chizig‘ining o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning o‘zgarishi – tahlil qilinayotgan tovarning narxini o‘zgarmas holatida yuqoridagiga qarama-qarshi, ya’ni, boshqa narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarning o‘zgarishi tushuniladi.
Taklifning narxga bog‘liq bo‘lmagan omillariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Ishlab chiqarish xarajatlari

  • Soliqqa tortish darajasi

  • Ishlab chiqrishning texnologik darajasi

  • Ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy kutishlari (istiqbollari)

  • Ishlab chiqaruvchilar soni

  • Raqobatchi tovarlarga bo‘lgan narxlar

Bozor mexanizmining samaradorligi uning bergan iqtisodiy va ijtimoiy natijasidan iborat. Bu iqtisodiy sohada tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning ko'payishi, bozordagi to'kinchilikning hosil bo'lishidir. Buning natijasida iqtisodiy farovonlik ta’minlanadi. Iqtisodiy farovonlik bozordan ko'riladigan nafdan iborat. Raqobat bor joyda bu yetarli bo'ladi. Bozorda xaridor ko'z ostiga olgan tovar uchun to'lashi mumkin bo'lgan pul summasi uning to'lashga tayyorligini bildiradi, chunki u tovarning nafliligini qabul qiladi. Biroq raqobat bozorda shunday holatga olib keladiki, xaridor tovarni o'zi kutgan narxidan arzonroq narxga oladi. Shu ikki narx o'rtasidagi farq iste’molchi yutug‘i bo'ladi. Masalan, xaridor bozordagi o'ziga m a’qul tovarga 200000 so'm to'lashga rozi edi, lekin savdolashuv tufayli uni 190000 so'mga oldi. Bunda uning yutug'i 10000 so'm (200000-190000=10000) bo'ladi. Xaridorlar raqobati tufayli sotuvchi tovarini o'zi mo'ljallagan narxdan qimmatroq sotganda sotuvchi yutug‘i bo'ladi. Tovar misoliga qaytsak sotuvchi uni 180000 so'mdan sotishga tayyor edi, biroq bozor yurishib, u tovarni 190000 so'mdan sotdi. Natijada, uning yutug'i 10000 so'm bo'ldi (190000-180000=10000). Misoldan xulosa chiqarsak bozordagi muvozanat narxi har ikki tomon uchun yutuq berdi. Bu bilan ularning manfaatlari uyg'unlashdi.
Raqobatli bozorda xaridor yoki sotuvchi ko'zlagan narxdan amaldagi bozor narxi qanchalik ko'p farqlansa, shunchalik ulardan birining yutug'i ko'payadi. Oldingi misolni eslasak tovarning bozor narxi 180000 so'mga tushsa xaridor yutug'i 10000 so'mdan 20000 so'mga yetadi. Bordi-yu bu narx 20000 so'mga chiqsa, sotuvchi yutug'i 10000 so'mdan 20000 so'mga yetadi.
Bozordagi muvozanat narxining xosiyati shundaki, u kutilgan yutuqni xaridor bilan sotuvchi o'rtasida taqsimlab, ular manfaatini muvofiqlashtiradi. Bu bilan iqtisodiyot rag'batlantiriladi. Bozor narxi xaridor kutgan narxga teng bo'lganda yutuq 0 ga teng bo'ladi. Bordi-yu narx xaridor kutganidan kam bo'lsa, u yutadi, ortiq bo'lsa, u yutqazadi. Oldingi misoldagi iste’molchi yutug'ini chizmada tasvirlasak, u quyidagi ko'rinishda bo'ladi.

11-rasm. Iste'molchining yutug‘i

Chizmadagi AEB to'g'ri chiziqli uchburchak xaridor yutug'ini bildiradi, chunki u tovarni kutilgan narxdan arzonga oldi. Agar u tovarni qimmatroqqa olganida, masalan, P2= 185000 so'mdan, uning yutug'i CED uchburchakka teng bo'lar edi. Agar bozor narxi yanada arzonlashganda, ya’ni P3= 160000 so'm bo'lganda xaridor yutug'i yanada ortar edi. Agar narx P1 =200000 bo'lsa xaridor yutug'i nollashar edi. Bozorga sotuvchi ham naf ko'zlab chiqadi. Uning yutug'i tovarga qilgan xarajatlari bilan tovarning bozor narxi o'rtasidagi farqqa teng bo'ladi. Binobarin, uning oz yoki ko'p bo'lishi birinchidan xarajatlar miqdoriga, ikkinchidan, bozor narxi darajasiga bog'liq bo'ladi. Tovar bozoridagi holatni yana esga olsak, u yerdagi sotuvchi narxni 180000 so'mga mo'ljallagan edi, chunki uning tovarni bozorga yetkazib berish xarajati 175000 so'm bo'lgan. Agar tovar 180000 so'mdan sotilsa, sotuvchining yutug'i 5000 so'm bo'lar edi. Tovar 190000 so'mdan ketgani uchun uning yutug'i 10000 so'mga oshib, jami 15000 so'm bo'lgan. Bizning misolimizdagi bozor narxini inobatga olib sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) yutug'i chizmasini hosil qilsak u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.




12-rasm. Ishlab chiqaruvchi yutug‘i

Chizmada 3 xil narx ko‘rsatilgan. Narx 175000 so‘m bo‘lsa, sotuvchi faqat xarajatini qoplab, hech narsalik bo'lmaydi. Agar narxi P2= 190000 bo'lsa, sotuvchi yutug'i 15000 ga yetadi. Bordi-yu narx Рз=220000 so'm bo'lsa, sotuvchi yutug'i 35000 bo'ladi. Biroq bu narxni bozor ko'tarmaydi. Shu sababli sotuvchi yutug'i CED uchburchagi shaklida qoladi. Bordi-yu narx pasayib 18000 so'mga tushsa, sotuvchi yutug'i AEB uchburchak shakliga ega bo'ladi. Rasmdan ko'rinib turibdiki, AEB
Bozor mexanizmidagi adolatlilik shundan iboratki, u yutuqni xaridor bilan sotuvchi o'rtasida taqsimlaydi, shu sababli bozorda aloqa o'rnatishdan har ikki tomon manfaatli bo'ladi. Bizga ma’lumki, erkin bozordagi narx talab va taklifning muvozanat holatini bildiradi. Natijada, shunday miqdorda tovarlar chiqariladiki, ularning oldi-sotdisi jarayonida ham iste’molchilarning, ham ishlab chiqaruvchilarning yutug'i maksimumlashadi. Muvozanatli narx sharoitida yutuqning har ikkala turi amalda bo'ladi. Agar yutuqlar chizig'ini yonlatgan holda ko'rsatsak, uning tasviri quyidagicha bo'ladi
Chizmadagi AB chizig'i talabni, CD chizig'i taklifni bildiradi. Ular kesishgan M nuqtada muvozanat hosil bo'lgan. AC oralig'idagi muvozanat narxi tufayli yutuqlar taqsimlangan. KAM uchburchakda iste’molchi yutug'i, CKM uchburchagida ishlab chiqa- ruvchi yutug‘i hosil bo‘lgan.


13-rasm.Muvozanatli bozordagi yutuqlar

Yutuqlarning adolatli taqsimlanishi ular doimiy degan gap emas. Talab ko'payib ketsa, ishlab chiqaruvchi yutug'i ortadi. Taklif ko'payib ketsa, iste’molchi yutug'i ortadi. Bu ikki holat narxning oshishi va pasayishi bilan bog'liqdir. Bozor tizimi mukammal emas, shu sababli muvozanatlar buzilib turadi. Bunda yo iste’molchi, yo ishlab chiqaruvchi yutug'i ko'proq bo'ladi. Muvozanat tiklangach yutuqlar qaytadan tenglashib oladi.


Real hayotda erkin bozor bilan monopol bozor yonma-yon turadi. Monopol bozorda narx yuqori qilib belgilanganidan bu yerda iste’molchi yutug'i ishlab chiqaruvchi yutug'iga aylanadi, chunki bu yerda muvozanat narxi bo'lmaganidan yutuq ishlab chiqaruvchi qo'liga o'tadi. Monopol hokimiyat bor joyda umumiy yutuq ko'proq monopoliyalar foydasiga taqsimlanadi, chunki ishlab chiqaruvchi monopoliya bozorda yuqori narx o'rnatib, iste’molchiga tegadigan yutuqni o'ziniki qilib oladi. Biroq bozor mexanizmi monopoliyalarning haddidan oshib ketishiga yo'l bermaydi, chunki narxning yuqori chegarasi bo'lib, uni hech bir monopoliya yo'q qila olmaydi. Bu chegara oldingi boblarda aytganimizdek xarid qobiliyatidir. Monopoliya ming urinmasin haddan tashqari yuqori narx bilan o'z tovarini ko‘p sota olmaydi, chunki buni bozor ko'tarmaydi. Shu sababli monopoliya xarajati bilan u o‘rnatgan narx o'rtasida farq yutuq sifatida cheksiz ko'payib borishi mumkin emas. Lekin, iste’molchi yutug'ining bir qismi yuqori narx orqali monopoliya ixtiyoriga olinishi turgan gap. Biroq monopol narxlar amal qilgan taqdirda ham iste’molchi yutug'i, u katta bo'lmasada, saqlanib qoladi. Xullas, hatto monopoliyalar bozor mexanizmi belgilagan chiziqdan tamomila chiqib keta olmaydilar. Bu bozor mexanizmining qudratli kuch boiishidan dalolat beradi. Bu kuchga yo'l berish uchun davlat monopoliyalar faoliyatini cheklab, raqobatga yo'l ochib turadi. Bozor mexanizmi samaradorligi uning naqadar yaxshi ish berishiga bog'liq bo'lsa, uni tashkil etuvchi iqtisodiy vositalar- ning mukammalligini ta'minlaydi. Bu vositalar yaxshi ishlab turishi uchun ular bozor munosabatlarining rivojlanishiga mos kelishi talab qilinadi. Biz bilamizki, bozor mexanizmi barcha subyektlarni jon- sarak qilib, yashovchanlik baxsh etadi, uning unsurlari zaiflashib, sustkashlik qilganda, islohotlar orqali takomillashadi. Mazkur me- xanizmda nosozlik paydo bo'lib turgani uchun hatto bozor iqtisodi yuksak darajadagi mamlakatlarda ham islohotlar o'tkaziladi. Shu sababli 2008—2010-yil krizis saboqlaridan kelib chiqqan holda bozor kuchlarini chegaralab, ularni tartibli yo'lga soluvchi islohotlar o'tkazildiki, bundan maqsad bozor mexanizmi samaradorligini oshirish bo'ldi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish