Bozor iqtisodiyoti,uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart-sharoitlari



Download 108,67 Kb.
bet9/10
Sana16.01.2022
Hajmi108,67 Kb.
#374392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
boburbek

Birinchi navbatda, moddiy va nomoddiy resurslarga ketgan sarflar qoplanadi.

Ikkinchi navbatda, mehnat haqi fondi shakllantiriladi, ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar va mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar to‘Iovlari amalga oshiriladi.

Uchinchi navbatda, korxonaning balans foydasi shakllanadi va uning hisobidan foydadan soliqlar to'lanadi.

To ‘rtinchi navbatda, netto-foyda hisobidan qoplanadigan xara- jatlar qoplanadi.

Shundan so‘ng qolgan foyda jamg‘arish va iste’mol maqsadlariga ishlatiladi.



2.2 Bozor iqtisodiyotida moliyaning mohiyati va vazifalari

Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri pul bo‘lib, u odamlarni harakatga keltiruvchi asosiy omil sifatida xizmat qiladi. Pul aslida o‘zi ham tovar bo‘lib, odamlarni mehnat qilishga, bilim olishga, o‘z malakasini muttasil oshira borishga, tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullanishga va hokazolarga undaydi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul o‘ta muhim iqtisodiy vosita sifatida namoyon bo'ladi. U tufayli ishlab chiqarishning takrorlanishi amalga oshadi, iqtisodiy o'sishga erishiladi. Pul shaklidagi mablag'lar bozorda boshqa resurslarga aylanadi, tovarlar sotilib, yana pulga aylantiriladi.

Pul mablag'larini hosil qilish, ulami jamlash, taqsimlash va ishlatish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlarni moliyaviy munosabatlar deb yuritiladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha iqtisodiy jarayonlaming amalga oshirilishi pul mablag‘larining harakatlanishi bilan bog‘lanib ketgan. Shuning uchun moliyaviy munosabatlar jamiyat iqtisodiy hayotida markaziy o'rinni egallaydi.

Har qanday ijtimoiy faoliyat pul mablag‘larini talab qiladi. Ishlab chiqarish qayerda bo'lmasin, baribir, moliyani yuzaga keltiradi. Mahsulotlar va xizmatlar faqat taqsimlangandan so‘ng iste’mol etilishi mumkin. Ular qiymat shaklida taqsimlanganda, dastlab turli maqsadlarga mo'Ijallangan pul resurslari hosil bo‘ladi, ular tovarlarga ayirboshlanib, shundan keyin iste'mol qondiriladi. Masalan, qiyniat shaklidagi mahsulot taqsimlanganda, uni yaratish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi qismi amortizatsiya fondi shakliga kiradi. Bu o‘z navbatida moliyaviy resursga aylanadi, yig'ilib boradi, unga yangi mashina va mexanizmlar sotib olinib, eskirganlari o‘miga tiklanadi.

Ma’Iumki, umumjamiyat ehtiyojlari davlat yo‘li bilan qondiriladi. Bular jumlasiga atrof-muhitni himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik, ijtimoiy tartibni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish va boshqalar kiradi. Mazkur ehtiyojlarning qondirilishi davlatning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq. Ammo bundan moliyaning zarurligi davlatning mavjudligidan kelib chiqadi, moliyaviy munosabatlarni faqat davlat yaratadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Davlat moliyani yaratuvchi emas, balki moliya munosabatlarining ishtirokchisidir.

Moliyaviy resurslami tashkil etishda va ishlatishda ishtirok etuvchilar moliyaviy munosabatlarning subyektlari hisoblanadi. Bular jumlasiga davlat idoralari, korxonalar, firmalar, tashkilotlar, turli muassasalar, oilalar va ayrim shaxslar kiradi. Ular moliyaviy munosabatlarda umumdavlat ehtiyojlari (aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog‘lig‘ini saqlash, unga ta'lim berish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, ekologik muammolarni hal etish va h.k.) hamda korxona va firmalami rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishtirok etadilar.

Moliyaviy munosabatlarning obyekti esa pul mablag‘laridan iboratdir.

Jamiyat taraqqiyotida moliyaviy munosabatlarning o‘rni beqiyos- dir, zero, ularni inson organizmini doimiy ravishda qon bilan ta'minlab turuvchi qon-tomir tizimiga o‘xshatish mumkin.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda moliyaviy munosabatlaming roli ular tomonidan bajariladigan quyidagi funksiyalar (vazifalar) orqali namoyon bo‘Iadi.

Taqsimlash funksiyasi., Bu funksiya o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi taqsimlash funksiyalaridan iborat.

"Bevosita ishlab chiqarishda yuzaga keladigan taqsimlash birlamchi deb yuritiladi. Bunday taqsimlash natijasida ish haqi fondi, sotsial sug‘urta uchun ajratmalar, amortizatsiya jamg'armalari, foyda va rag‘batlantirish pullari shakllanadi.

Bdglainchi taqsimlash davlat bilan korxonalar (firmalar), tashki- lotfar o‘rtasida ro‘y beradi. Bunday taqsimlash jarayonida turli xil soliqlar va ajratmalar vositasida davlat korxona va tashkilotlar pul mablag‘larining bir qismini o‘z budjetida mujassamlashtiradi va yuqorida ko‘rsatib o'tilgan umumdavlat ehtiyojlari uchun sarflaydi.

Masalan, korxonada bir yilda 100 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqariladi. Birlamchi taqsimlash natijasida uning 60 mln. so‘mi amortizatsiya fondiga, 20 mln. so‘mi ish haqi fondiga, 15 mln. so‘mi

Foydaga va 5 mln. so‘mi ijtimoiy sug‘urtaga ajratiladi, deylik. 20 mln. so'mlik ish haqi fondining 5 ntln. so‘mi daromad solig'i sifatida, olingan 15 mln. so‘mlik foydaning taxminan 8 mln. so'mi to‘lovlar shaklida davlat budjetiga tushadi. Davlat o‘z ixtiyoriga o'tgan 13 mln. so‘mni umummilliy vazifalardan kelib chiqib, turli maqsadlarga taqsimlaydi, ya'ni ntoliyaviy resurslarni ikkilamchi taqsimlash sodir bo'ladi.

Rag'batlantirish funksiyasi. Moliya vositalari orqali davlat xo‘jalik subyektlarini iqtisodiy faollikka undaydi. Soliqqa tortishda imtiyozlar bcrish yoki ularning miqdorini (foizini) kamaytirish korxona (firma)lar ixtiyorida qoladigan pul mablagiarini ko'paytirishga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni rivojlantirish va jantoa a'zolarining moddiy manfaatdorligini oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Iqtisodiy va ijtimoiy nuqtayi nazardan maqsadga muvofiq hollarda davlat tomonidan korxona va tashkilotlarga moliyaviy ko'ntak (subsidiyalar) ham ajratiladi va bu bilan ularning faoliyati rag‘bat- lantiriladi.



Ijtimoiy himoya funksiyasi. Davlat jamiyat a'zolari ma'lum qatlamlarining minimal tirikchilik yuritishini moliyaviy jihatdan ta’minlab turadi.

Jamiyatda shunday nochor ijtimoiy qatlamlar borki, ular obyektiv sabablarga ko'ra, o‘z-o‘zinito‘lata’minlayolmaydi. Masalan, nogironlar, ko‘p bolali oilalar, ishsiz qolganlar. Ularning tirikchiligi maxsus tashkil etilgan pul ntablagMari hisobidan, masalan, ishsizlik nafaqalari, bolalar uchun nafaqalar, nogironlik pensiyalari orqali ta’minlanadi. Bu mablag'larni nafaqat davlat, balki korxona, tashkilotlar, jamoat birlashmalari o‘z mablag'lari hisobidan ham uyushtiradi.

Moliyaning ijtimoiy himoya funksiyasi, ayniqsa, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yorqin namoyon bo‘ladi.

Iqtisodiy axborot berish funksiyasi—xo‘jalik subyektlari va jamiyat iqtisodiy faoliyatining moliyaviy yakunlari xususida ma'lumot va xabarlar berib turishdan iborat bo'lib, iqtisodiyotni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy holat moliyada o‘z ifodasini topadi. Moliyaviy ko'rsatkichlar orqali ishlab chiqarishning qanday borayotganini kuzatish mumkin. Moliyaviy fondlar harakatiga qarab, ishlab chiqarish, taqsimot va iste'mol bir-biriga naqadar monandligini, ular orasidagi mutanosiblikni bilish mumkin. Korxonava tashkilotlaming moliyaviy holatiga qarab, ularning xo'jalik faoliyatini yaxshi yoki yomon ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Moliyaviy axborotlarga qarab tadbirkorlar o‘z ishining borishi, o‘z sheriklarining ahvoli, raqobat- chilar imkonidan ogoh bo‘ladilar.

Moliya o‘z funksiyalarini aniq moliyaviy vositalar orqali bajaradi. Xarajatlar, amortizatsiya, foyda, aksiya kursi, dividend, soliqlar, to'lovlar, boj haqi, sug'urta haqi, subsidiya, dotatsiya, kompensatsiya kabilar shular jumlasiga kiradi. Ular ayni vaqtda moliya resurslarini tashkil qiladi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo'jalik — moliya faoliyatiga ta'sir etish omillari bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, dividend miqdorining oshib borishi o‘z aksiyasini chiqargan korxona moliyaviy ahvolining yaxshiligidan darak beradi, natijada aksiya kursi oshadi, korxonaga tashqaridan pul oqib kela boshlaydi.

Moliya resurslari pul manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Amortizatsiya fondi va foydadan ajratilgan pul mablag'lari investitsiya uchun xizmat qiladi, ularni ko'paytirish ishlab chiqarish quwatlarini kengaytirish demakdir.

Moliyaviy rcsurslar orasida foyda muhim o'rin tutadi, chunki u sof daromad sifatida iqtisodiy o‘sish manbayi bo‘Iib xizmat qiladi. Uning hisobidan nafaqat investitsiya fondi, balki har xil rezerv va sug'urta fondlari, shuningdek, ijtimoiy fondlar tashkil etiladi.

Moliya resurslari iqtisodiyotni kutilmagan hodisalardan, masalan, tabiiy ofatlar, falokatlardan yoki jahon bozori narxining pasayib ketishidan himoya qiladi. Moliyaviy resurslar pul shaklida bo'lib, bu pullar iqtisodiyotga amaliy ta'sir etishi uchun, albatta, moddiy jihatdan ta'minlanishi kerak, ya'ni to'plangan pul ortida kerakli moddiy mahsulotlar bo‘lishi shart. Aks holda ular pulligicha (qog'ozligicha) qolib, ishlab chiqarishga naf keltirmaydi.

Moliyaviy resurslar ikki turda bo‘ladi: birinchisi—mikroresurslar yoki markazlashmagan resurslardir. Ular korxona, firma, kompaniya, konsern, tashkilot, jamoat uyushmalari va boshqa xo‘jalik subyektlarining o‘ziga tegishli yoki ular qarzga olgan pul mablag‘laridan iborat. Ikkinchisi — makroresurslarbo'lib, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. Ular budjet hisobidan yoki budjetdan tashqari fondlar hisobidan paydo bo'ladi va davlat ixtiyorida turadi. Mikroresurslar korxona, tashkilot faoliyatiga xizmat qilsa, makroresurslar umumiqtisodiy, umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga yo'naltiriladi. Bozor iqtisodiyotida mikroresurslar birlamchi (ustuvorlik) mavqega ega bo'ladi, chunki iqtisodiy faoliyat erkinligi sharoitida xo'jalikning dastlabki bo‘g‘ini bo'lgan korxona, firma, kompaniya va xo‘jaliklar moliyasi iqtisodiy o'sish tayanchi hisoblanadi. Ammo makroresurslar iqtisodiyotni tartibga solishda asosiy rol o'ynaydi va davlatning iqti- sodiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Moliyaviy resurslarning turli darajada tashkil topishi va ishlatilishi tufayli iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish usullari ham turlichadir. Birinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘zini o‘zi moliyalashtiradi. Ular o‘z sarf-xarajatlarini o‘zlarining pullari bilan qoplaydilar. Ikkinchidan, iqtisodiy subyektlar o‘z mablag'lari yetishmasa, qilingan sarf- xarajatlami bank krediti hisobidan qoplaydilar. Uchinchidan, subyektlar faoliyati uchun pul mablag‘lari zarur bo‘lgan hollarda davlat hisobidan ham bunday mablag‘Iar ajratiladi. Davlat budjetidagi yoki budjetdan tashqari tashkil etilgan pul fondlarini qaytarib olmaslik sharti bilan korxona, tashkilotlar va muassasalarga ajratib berib, ularni moliyalash- tiriladi. Ammo bu bozor iqtisodiyotida ikkilamchi usul hisoblanadi.

Barqaror iqtisodiy taraqqiyot uchun moliya mablag'larining erkin harakati talab etiladi. Bunga moliya bozori orqali erishiladi. Moliya bozori milliy va xalqaro xo'jalik doirasida pul mablag'lari erkin harakatining maxsus shaklidir. U tarkiban qimmatbaho qog'ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat bo'ladi. Qarz puli tabiatan bir xil emas. U birinchidan, pulni ishlatib, daromad topishni ko'zlaydi, bunda pul kapital shaklini oladi. Ikkinchidan esa pul shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatiladi va oddiy to'lov yoki xarid vositasi vazifasini bajaradi.

Davlat o'z qo'lidagi moliya resurslaridan foydalanib, budjetdan moliyalashtirish, dotatsiya berish, soliqlardan ozod qilish, soliqlarni vengillashtirish orqali iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatadi.

Shu narsani alohida ta'kidlab o'tish lozimki, moliya munosabatlarini takomillashtira borish va uni boshqarish iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish moliyaviy ahvolni sog'lomlashtirib, bank tizimini qayta qurishni birinchi galdagi chora- tadbirlar sifatida kun tartibiga qo'ydi. Shu munosabat bilan moliyaviy bozorni shakllantirish va rivojlantirib borish obyektiv jarayonga aylandi. Bu jarayonning muvaffaqiyati bank sohasidagi marketing rivojiga, turli banklar va ularning mijozlari o'rtasida qaror topadigan o‘zaro munosabatlarga, shuningdek, bank xizmatlari bozorining shaklla- nishiga, banklarning foizlar siyosati va boshqa xildagi faoliyatiga ko‘p darajada bog‘liqdir.





Download 108,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish