Uy xo`jaliklari – iqtisodiyotning iste`mol sohasida faoliyat ko`rsa- tuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo`jaliklari doirasida moddiy ishlab chi- qarish va xizmat ko`rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste`- mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslar- ni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlik sektori – bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo`g`inidir. U ish yuritish uchun o`z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqazo etadi, bu kapi- taldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo`jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Davlat sektori – o`z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo`ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui.
Shuningdek, ba`zi darslik va o`quv qo`llanmalarda bozor iqtisodiyo- ning yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko`rsati- ladi.
Bank – iqtisodiyotning me`yorda amal qilishi uchun zarur bo`lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasi.
‘’Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya ti-zimi ulkan ahamiyatga ega. Biz aholi va tadbirkorlik subyektlarining bank tizimiga kuchaytirmasdan turib, <>dan to`-liq halos bo`la olmaymiz’’1
Korxona (firma)
Uy xo`jaligi
Davlat
Bank
Shunday qilib, yuqorida keltirib o`tilgan bozor iqtisodiyoti subyekt- larining o`zaro ta`siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mum- kin (5.1-rasm)
5.1-rasm. Bozor xo`jaligi subyektlari o`zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to`rtta tarkibiy qismdan iborat bo`ladi: narx, talab, taklif va raqobat.
Narxlar nisbati o`zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o`zgarishi zarurligini aniqlashda yo`l ko`rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik mu- hitidagi o`zgarishlar o`z navbatida, narxlardagi o`zgarishlarni keltirib chi- qaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo`lishi va unda xususiy mulk-chilikning ustuvorligi;
-tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-raqobat kurashining mavjudligi;
-davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi
-korxona va firmalarning ichki tashqi shart-sharoitlar o`zgarishlariga moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni bubelgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikkimturini bir-bi- ridan farq qilishi zarur. Unug birinchi ko`rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g`arbdagi rivojlanagan mamlakatlarda XIX asning oxirirgacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yu-ritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; c) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning shaxsan er- kinligi; d) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; e) iqtiso- diyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; f) aholining ijtimoiy himoya qilmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishin; g) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma`lum bozor uchun ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko`rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan bu- yon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:
a)Iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakl- lari, ya`ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo`lida to`planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;
c) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisody tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o`r-tasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalari- ni bajaradi;
d) xo`jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi ( biz-nes rejasi, prognozlash, turli hil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar );
e) ijtimoiy ximoyaning kuchyishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta`minot va ijtimoiy sug`urta fondlari- ning vujudga kelishi.
Bunday har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xu-susiyatlari saqlanib qoladi, ularda Tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz vas hart-sharoit bo`lib xizmat qiladi.
Korporativ iqtisodiyot
Aralash iqtisodiyot
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti
Mezlar
Iqtisodiyotni tar-tibga solish tamo-yillari
Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi
Asosiy ustuvorlikni belgi-lab olish
Taktikusullardan ustun ra-vishda foydalanish
AQSH
Germaniya
30%
Ko`rsatilgan mezon-larga muvofiq ke-luvchi davlatlar
Davlat sektori-ning iqtisodiyot
10% atrofida
Ahamiyatsiz darajada
Yaponiya, Shvetsiya
Ssss
Hozirgi zamon bozor xo`jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sek- torlarining o`zaro aloqasiga asoslanadi.Iqtisodiyotga ta`sirning intensiv-ligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etuvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quydagi modellar farqlanadi .
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan bir-ga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo`lgan bir qator shart sharoitlar bo`lishi taqazo qiladi. Bular quyidagilar: ilg`or texnologiya va teznik vositalardan keng miqyosda foydalanish, ishlab chiqarishning ixti-soslashishi, modernizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |