Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Umumiy taklif bo’yicha narx o’zgarishi


Soliq yukining tushish dinamikasi



Download 317,18 Kb.
bet7/8
Sana28.06.2022
Hajmi317,18 Kb.
#711874
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Iqtisodiyot nazaryasi ma\'ruza

Soliq yukining tushish dinamikasi (YAIMga nisbatan foizda)

Xususan, kichik biznes sub’yektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarining deyarli barcha asosiy turlarini yetishtirish uchun ajoyib tabiiy-iqlim sharoitlariga ega. Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ajoyib ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lib, u qadimdan butun jahonga mashhur.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi qo‘yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari yetishtirila boshladi.
Natijada mustaqillik yillarida g‘alla ekinlari yetishtirish 1 mln. tonnadan 8 mln. tonnagacha, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 4 mln. tonnadan 16 mln. tonnagacha oshdi. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmida paxtaning ulushi hozirgi vaqtda 9 foizdan oshmagani holida, bunda g‘alla ekinlari ulushi 8,5 foizni, meva-sabzavot ekinlari va uzumning ulushi 30 foizni, kartoshka 11 foizni, chorvachilik mahsulotlari 40 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
Yuqoridagi qisqacha 2014-yilgacha bol’gan O’zbekistondagi bozor iqtisodiyoti taraqqiyoti ,ya’ni taraqqiyotning o’zbek modulining mahsuli deb atasak xato bo’lmaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti butun jahon hamjamiyati tomonidan qo’llab quvvatlangan tizimdir. Yuqoridagi statistic ma’lumotlar esa birgina O’zbekiston respublikasida bozor iqtisodiyotiga o’tgandan keyingina olib borilgan islohotlardir.
2. Umumiy taklif bo‘yicha narx o‘zgarishi quyidagi miqdoriy bog‘liqlikni aks ettiradi: talabga nisbatan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo‘lsa, bozor narxi darajasi shunchalik past bo‘ladi va aksincha, taklif kamayishi bilan narx oshib boradi. Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini vujudga keltirish maqsadida o‘z tovarlarini sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi. Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular narxlarni yanada yuqori darajada belgilaydilar. Shu bilan bir vaqtda monopoliyalar mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini nazorat qilib turadilar.

Ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx о‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham о‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bо‘ladi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning о‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining tо‘g‘ri bog‘liqlikdagi о‘zgarishi taklif qonuni deyiladi.

3.Monopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Monopoliya sharoitida narx shakllanishining o‘ziga xos jihati shundaki, bozor ishtirokchilari sifatidagi monopoliyalar bozor narxlarini o‘zlari belgilay oladilar. Bunda monopoliyalar talabning umumiy oshishi bilan narxning o‘sishi hamda taklifning umumiy oshishi bilan narxning pasayib borishidan o‘ziga xos tarzda foydalanadilar. Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif cheklanganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar.



Download 317,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish