Variant№1
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi.
Umumiy taklif bo’yicha narx o’zgarishi
Monopoliya sharoitida narxning o’zgarishi
Javoblar:
1.Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida tovar xo‘jaligi negizida bozor iqtisodiyoti vujudga kelib, rivojlanib borgan. XVII–XVIII asrlarga kelib, insoniyat xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tgan. Iqtisodiyotda unga xos bo‘lgan tub belgilar sekin-asta shakllanib, pirovard natijada hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga xos yaxlit iqtisodiy tizim tashkil topgan. Bozor munosabatlari tizimida shunday rag‘batlantiruvchi kuch mavjudki, u muttasil iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydi. Bozor tizimining afzalligini Tailand, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur kabi Osiyo mamlakatlari ham namoyish etdi.
Bozor iqtisodiyoti – xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy jara
yonlar bozor mexanizmi yordamida uyg‘unlashtiriladigan va tartibga solina
digan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabat
lariga asoslanadi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Bozor iqtisodi
yotining ishtirokchilari uning subyektlari hisoblanadi va uch turga ajratiladi.
Uy xo‘jaliklari – iqtisodiyotning iste’mochilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida yaratilgan pirovard tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi.
Tadbirkorlar sektori –bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo‘g‘inlaridir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarzga olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi va undan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar bozor xo‘jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi hisoblanadi.
Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiluvchi muassasalar sifatida namoyon bo‘ladi.
Bozor munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiluvchi dastaklar yoki vositalar bozor mexanizmini tashkil qiladi. Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, raqobat, talab va taklif.