Bog'liq Bozor iqtisodiyoti sharoitida xodimlarnining ish xaqqi
Bozor sharoitida ish haqining asosiy vazifalari va elementlari “Bandlik darajasini oshirishga qaratilgan bunday chora-tadbirlar inqiroz sharoitida aholini ishonchli himoya qilish, uning daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi.
Aholining real daromadlari yil davomida 26,5 foizga ko‘paygani, ishhaqi, pensiya va nafaqalarning o‘sishi 2009 yilda o‘rta hisobda 40 foizni tashkil etgani buning tasdig‘idir”1.
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda bajaradigan funktsiyalari (vazifalari)da namoyon bo‘ladi.
1. Takror ishlab chiqarish funktsiyasi. U xodimlarni, shuningdek ularning oila a’zolarini ish kuchini takror ishlab chiqarish uchun, avlodlarni qayta ko‘paytirish uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ne’matlar bilan ta’minlashda iborat. Unda ehtiyojlarning ortib borishidan iborat iqtisodiy qonun o‘z ifodasini topadi. Mazkur funktsiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solinishi xususiyatlari, ish haqining ish kuchini takror ishlab chiqarishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog‘liqdir.
2. Rag‘batlantirish funktsiyasi. Uning mohiyati xodimning ish haqi uning qo‘shgan mehnat hissasiga, korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati natijalariga bog‘liqligini belgilashdan iborat bo‘lib, bunda xodimni o‘z mehnati natijalarini doimiy ravishda yaxshilab borishga qiziqtirishi lozim.
3. O‘lchov-taqsimlash funktsiyasi. Bu funktsiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o‘rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o‘lchovini aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ish haqi vositasida ishlab chiqarish jarayoni har bir ishtirokchisining mehnat hissasiga muvofiq uning iste’mol fondidagi alohida ulushi aniqlanadi.
4. Joylashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo‘yicha qulay ravishda joylashtirishdan iboratdir.
5. Aholining to‘lovga qobil talabini shakllantirish funktsiyasi. Bu funktsiyaning vazifasi to‘lovga qobiliyatli talabni muvofiqlashtirishdir. Bunday talab deganda xaridorlarning pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarining namoyon bo‘lish shakli tushuniladi, shuningdek iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To‘lovga qobiliyatli talab ikkita asosiy omil - jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o‘rtasida zarur mutanosiblik o‘rnatiladi.