Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari bog’langan



Download 15,42 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2022
Hajmi15,42 Kb.
#489232
  1   2
Bog'liq
shsizlik inflyatsiya


Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari bog’langan. Ishsizlik qancha katta bo’lsa, inflyatsiya shuncha tushishi va aksincha – bandlik ortishi narxlar ko’tarilishiga olib kelishi ko’zda tutilgan. Bu ish bilan ta’minlangan aholi iste’moli ortishi sabab ortadigan talab narxlarni ko’tarishi, ishsizlik tufayli daromadi kamaygan aholi yalpi talabi tushushi va bu narxlarni ham pastga olib tushishi bilan izohlanadi.
Ammo nazariya bir – amaldagi holat boshqa. Iqtisodda bu ko’p uchraydi, shu bois iqtisodchilar o’z sohalari «tutqich bermas» ekanini aytib ko’p noliydilar. Bir narsani unutmaslik kerakki, ijtimoiy fandagi nazariyalar hayotda bo’layotgan jarayonlarni hech qachon to’la aniqlikda ta’riflab bera olmaydi, balki ana shu jarayonlarni yaxshiroq tahlil qilishga yordam berishi mumkin, xolos.
Bizning iqtisodiyotga kelganda (boshqa ko’plab nazariyalar singari) ishsizlik va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik haqidagi nazariya ham «singan». Chunki bizda ishsizlik bilan inflyatsiya teng ortishi kuzatilmoqda. Bu holatni ko’pchilik o’tish davri qiyinchiliklari bilan izohlashga urinadi. Lekin vaziyatga turli xil «noiqtisodiy» sabablar etagiga mahkam yopishmasdan, sergak baho bersa – hammasi oddiy iqtisodiy tushunchalar bilan sodda qilib tushuntirilishi mumkinligi oshkor bo’ladi.
Birinchi marta Yangi Zellandiyalik iqtisodchi olim U. A. Fillips tomonidan taklif qilingan ishsizlik-inflyatisya nazariyasi sanoatlashgan G’arb iqtisodiyotlari uchun amal qiladi (ularda ham doim ham emas). Bizning mamlakat kabi aholi asosiy daromadi qishloq xo’jaligidan keladigan agrar davlatlar sharoitida esa bu g’oya ish bermasligi mumkin.
O’zbekiston – agrar respublika. Bu juda yaxshi, chunki kelajakda aynan agrar mamlakatlar eng muhim o’yinchilarga aylanadi. Dunyo aholisi o’sib borar ekan, oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmatli resursga aylanib boraveradi.
Ammo agrar mamlakatda yuqori inflyatsiya ro’y bersa, bu aynan qishloq xo’jaligida band aholi real daromadi tushishiga, bu sohaning og’ir mehnati uchun to’lanadigan ish haqi o’zini oqlamay qolishiga olib keladi. Bunda odamlar o’z xohishlari bilan ishsiz bo’lishni tanlaydilar va aholi o’rtasida ixtiyoriy ishsizlik holati kuzatiladi.

Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish