Bozor iqtisodiyoti nazariyasida ishsizlik va inflyatsiya bir biriga teskari bog’langan



Download 15,42 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2022
Hajmi15,42 Kb.
#489232
1   2
Bog'liq
shsizlik inflyatsiya

Ixtiyoriy ishsizlik – odamlar o’z sohalarida bo’sh ish o’rinlari bo’lishiga qaramay, ma’lum iqtisodiy yoki ijtimoiy omillarni hisobga olib, ish bilan ta’minlanishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishi holati.
Bugun bizda ayni shu holat kuzatilmoqda: qishloq xo’jaligi sohasidagi ish haqi past va mavjud inflyatsiya ta’sirida juda kichik harid quvvatiga ega bo’lgani sabab, kishilar bu sohada ishlash bilan o’zlari va oilalarini ta’minlay olishlariga ko’zlari yetmayapti. Natijada ular ixtiyoriy ravishda boshqa sohalarda ishlashni tanlayaptilar. Ko’pchilik katta shaharlar yoki chet mamlakatlarga ish izlab bormoqdalar.
Mamlakat ichidagi katta shaharlarga bo’lgan mehnat migratsiyasi bu shaharlardagi iqtisodiy vaziyatni murakkablashtiryapti. Shaharlarda oziq-ovqat va turar joyga bo’lgan talab oshyapti va bu narxlar yana-da ko’tarilishiga olib kelyapti. Ya’ni ishsizlik inflyatsiyaga hissa qo’shyapti va inflyatsiya ishsizlikka. Bu yopiq xalqa qishloq va shaharlar o’rtasidagi iqtisodiy farqni kengaytirib, agrar sohaga yana-da katta zarar keltirmoqda.
Chet elda mehnat qilib, mamlakatga pul olib kelayotgan aholi qismi ham bu jarayonni tezlashtirmoqda. Mamlakatga tashqaridan naqd pul kirib kelishi yalpi talabni oshiryapti va narxlar oshishiga turtki bo’lyapti.
Bir qarashda, davlatga qancha ko’p mablag’ kirsa, shuncha yaxshidek ko’rinishi mumkin. Lekin har qanday mamlakat iqtisodi uchun pul emas – qiymat muhim. Pul o’z-o’zicha qiymat emas, u qiymat o’lchovi, xolos. Aytaylik, Vali quruvchi. U 3 oy mehnat qilib, bitta uy quradi. U ana shu 3 oylik mehnati uchun 10 mln so’m haq oladi deylik (tahminan). Demak, u 3 oy davomida o’z mehnati bilan 10 mln so’mlik mulk (boylik) yaratadi. Ana shu 10 mln so’mlik mulk o’z egasiga iqtisodiy jihatdan xizmat qiladi (iqtisodiy naf keltiradi). Natijada, Valining mehnati tufayli milliy iqtisod 10 mln so’mga boyiydi (Valining mehnati hisobiga).
Endi Vali chetga ketib ishladi deb tasavvur qilaylik. U 3 oy davomida mehnat qiladi va huddi shunday 10 mln so’mlik uy quradi. Faqat u bu uyni endi Rossiyada quradi va 3 oylik mehnati uchun 20 mln so’m ish haqi oladi (bizning pulga chaqqanda, tahminan). U ana shu pulning yarmini uyiga yuboradi. Lekin uning mehnati natijasida yaralgan qiymat (mulk, ya’ni uy) Rossiyada qoladi. U qiymat Rossiyadagi kimgadir xizmat qiladi va iqtisodiy naf keltiradi (agar bu uydan hech bir iqtisodiy naf bo’lmaganda edi, Ivan Valiga shu uyni qurish uchun pul bermas edi).
Validan kelgan pulga uning yaqinlari o’z iste’mollari uchun zarur mahsulotlarni sotib oladilar. Endi chetda mehnat qilayotgan hamma «Vali»lardan kelgan pul O’zbekistonda sarflanishini tasavvur qiling. Bu yalpi talabni oshiradi va yana… albatta, narxlarni ko’taradi.
Albatta, men bu bilan chet elga pul topish uchun borish noto’g’ri demoqchi emasman. Yaxshi haq uchun kim ham bormaydi – bu zamon talabi. Faqat bunda bizning «mehnat» degan boyligimiz chetda qolishini, uning evaziga bizga faqat pul kelishini unutmaslik kerak. Chetdan kelayotgan pulni o’zimizda qiymat yaratishga sarf qilsak – ana shunda aholimiz bir qismi chetda sarflayotgan mehnati o’rnini to’ldiramiz.
Valining yaqinlari Rossiyadan kelgan pulga kichik bir biznes tashkil qilsalar – bir nima yetishtirish yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’ysalar, chetdan kelgan pul milliy daromadga qiymat kiritgan bo’ladi. Hamma o’g’li uzoq yillar Rossiyada yurgan ota qo’sha-qo’sha uy qurganidan nima foyda? U uylarda deyarli hech kim yashamasa (ya’ni u uylar hech bir iqtisodiy naf keltirmasa), o’n yilda eskirib, yana qayta ta’mirlanaversa – bu g’irt isrof-ku.
Chetdan kelayotgan pulni bolalarni bilimli qilib o’stirishga sarflansa – ertaga shu bolalar jamiyatning kuchi bo’ladi va o’z bilim-salohiyati bilan o’zi va atrofdagilarga foyda keltiradi. Bu kelajak uchun qilingan eng zo’r sarmoya bo’ladi.
Xulosa o’rnida ko’p marta takrorlaydigan fikrimni aytaman: iqtisod – bu siz-u bizning xatti-harakatlarimiz natijasi. Ishsizlik va inflyatsiya balosi tengdaniga boshimizga tushishiga o’zimiz bevosita hissa qo’shamiz. Mas’uliyatsiz iste’mol, mehnatning asl qiymatini bilmaslik, vaziyatni davlat o’nglashini kutish kabi odatlarimiz milliy iqtisodimiz oqsashiga sabab bo’ladi. Kuchli milliy iqtisod – kuchli millat yelkasida turadi.
Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish