“bozor iqtisodiyoti nazariyasi-rivojlangan mamlakatlar bozor tajribasi”



Download 8,11 Mb.
bet9/166
Sana27.02.2022
Hajmi8,11 Mb.
#473608
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi

1.4.2.-jadval


Jahon mamlakatlari yalpi mahsulotining taqsimlanishi
2012 yil

Rivojlangan mamlakatlar qatoriga G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining barchasi, AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar kiradi. Shu bilan birga 1997 yildan boshlab janubiy Koreya, Singapur, Gonkong, Tayvan va Isroilni kirita boshlandi. Shunday qilib bunday mamlakatlar soni 30 taga etdi. Albatta bularning soni ko‘payib boradi. Bu avvalo Yevropa Ittifoqiga qo‘shiladigan Polsha, Vengriya, Chexiya, Sloveniya, Kipr, estoniyalar hisobiga bo‘ladi.
Rivojlangan mamlakatlar ichida YAIM bo‘yicha eng salmoqliklari bo‘lgan Yettiliklarni” ajratadilar. Bular: AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Italiyalardan iborat.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, bu mamlakatlar haqiqatdan ham jahonda eng iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar va har tomonlama kuchli, inson taqdirini belgilovchi iqtisodiy yuqori ko‘rsatkichlarga ega.
Aholiga xizmat ko‘rsatish juda taraqqiy etgan bo‘lib, iqtisodiyotning ko‘pchiligini tashkil etadi. Bu ayniqsa bandlik darajasida sezilarlidir. Aytaylik, AQSHda xizmat sohasidagi bandlik umumiyga nisbatan 85%ni tashkil etadi. G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham bu ko‘rsatkich 65-80 %ga boradi. SMM mamlakatlarini olsak, bu sohadagi bandlik 27-30%dan oshmaydi. Demak, jamiyat

taraqqiyotida xizmat ko‘rsatish sohasi asosiy belgi bo‘lib hisoblanadi. Keyingi guruhga kiruvchi mamlakatlar rivojlanayotganlar bo‘lib, bular bozor iqtisodiyotli va iqtisodiy past rivodlangan mamlakatlardir. Xalqaro valyuta fondiga kiruvchi 182 mamlakatdan 121 tasi shular qatoriga kiradi. Bular ko‘pchilikni tashkil etuvchi va aholi soni bo‘yicha eng yirik mamlakatlar bo‘lishiga qaramasdan jahon YAIM mahsulotning 28% to‘g‘ri keladi, xolos.


Rivojlangan mamlakatlarda bozor tajribasida muhim belgilardan yana biri, bular juda turli darajadagi mamlakatlardir. Chunki ancha rivoj topgan, jon boshiga YAIM ko‘p to‘g‘ri keladigan Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan birga juda qoloq mamlakatlar ham ko‘p. Eron ko‘rfazi, yangi industrial Osiyo mamlakatlari albatta boshqalardan o‘z iqtisodiy darajasi bo‘yicha farqlanadi.


Bu guruhdagi neft eksport qiluvchi OPEK mamlakatlarini ajratadilar. Chunki tabiiy boylikka ega mamlakatlar o‘z iqtisodiyotini ancha mustahkamlab, kelajakda rivojlanish imkoniga ega bo‘ladilar.
Asriy qoloqlik, tabiiy qashshoqlik, dengizga chiqishdan mahrum bo‘lgan, tabiiy ofatlar tez duch keladigan sharoitdagi kam rivojlanayotgan mamlakatlar soni ortmoqda va ular hozir 47 taga etgan. Bulardagi eng muhim muammo qoloqlik, qashshoqlikni oldini olish uchun iqtisodiy resurslarning yoqligidir.
Uchinchi mamlakatlar guruhi o‘tuvchi iqtisodiyotlilar bo‘lib, bular asosan sobiq sotsialistik ma’muriy-buyruqbozlikdan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlardir. Bu 12 Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari va 15 Sobiq Ittifoq respublikalaridir. Shuningdek, Mongoliya, Xitoy va Vetnamlardir. Bu guruhdagi mamlakatlar jahon YAIMning 12 %ini xosil qiladi. Buning ichida Rossiya – 3%, Xitoy – taxminan 12 %ni tashkil etadi. Hozirgi vaqtga kelib sobiq sotsialistik ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodi tizimida faqat Kuba va Shimoliy Korea mamlakatlari qoldi.



Download 8,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish