94
- bozor iqtisodiyoti o`zgarishlarini amalga oshirish;
- katta xajmda kapital xarajatlarni bajarish.
Qo`shilish vazifalari 1990 – yilda boshlandi.
GFR Konstituttsiyasi GDRda
ham kuchga kirdi. Valyuta, iqtisodiy-ijtimoiy ittifoqlar tuzildi. Shu bilan birga
institusional tashkiliy tuzilmalar kuchga kirdi. Nemis markasi, rivojlangan bank
tizimi, moliyaviy boshqaruv tadbiq etildi. Xususiylashtirish 1994 – yilda
Yakunlandi. Shu bilan birga xo`jalik tuzumi ham o`zgartirila boshladi.
Boshqa mamlakatlarga nisbatan iqtisodiy o`zgarishlar ancha qisqa vaqt
ichida
bajarilib, iqtisodiy tushkunlikni oldi olinib va bundagi ko`p ishlar
muvaffaqiyatli bajarilib, muntazam iqtisodiy o`sishga o`tilgan edi. Lekin keskin
o`zgarishlar bir qancha muammolarni yaratib, bularning ichida eng muhimlari
ijtimoiy soha bilan bog`langan edi. Ta’sirlisi ko`pchilik
korxonalarning yopilishi
va ishsizlikning o`sishi edi. Buning asosiy sababi g`arbiy ishlab chiqaruvchilar
bilan bo`lgan raqobatga chiday olmasligi edi. Bu to`g`ridan-to`g`ri sharqiy yerlarga
moliyaviy sarmoyalarni jo`natishni talab etib, 1991 – yili 140 mlrd., 1992 – yili
152 mlrd, 1993 – yili 182 mlrd. markani va qisqa vaqt ichida hammasi bo`lib 1,4
trln. nemis markasi miqdorida davlat moliyaviy sarmoyalari yuborilgan. Bu
Rossiya, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan GDRning
ustunligi mavjudligiga qaramay yuz bergan edi.
Sharqiy Germaniya iqtisodiyotining o`zgarishi bir qancha qiyinchiliklarni
tug`dirib, bularning ichida eng asosiysi o`sishning doimiyligini ta’minlash edi.
Buning uchun o`sishning davomiyligi, o`zidan-o`zi chetki turtkisiz o`sish iqtisodiy
mexanizmini yaratish va singdirish talab etilar edi. Bu albatta birdaniga bo`ladigan
va oson masala emas edi. Ancha murakkab va kompleks muammo ekanligi
ma’lum edi. Chunki Sharqiy Germaniya korxonalarining
raqobatbardoshlik
darajasini ko`tarib, G`arbiy darajaga yetkazish talab etilardi. Buning uchun ish haqi
xarajatlarining mahsulot birligiga to`g`ri kelishini ko`tarish va innovatsion
faoliyatni rag`batlantirish talab etilar edi. Bunday vazifa juda qimmatga tushar va
ko`p kompleks ishlarning amalga oshirilishi bilan bog`langandir. Ishlab chiqarish
quvvatlarini ilg`or texnika va exnologiya asosida yangilash, ish usullarini
takomillashtirish talab etilib, bularning
hammasi yuqori malakali ishchi,
xizmatchilarni talab etardi. Ma’lumki, muammo yuqori texnika bilan birga inson
resursiga borib taqaladi.
Bundan tashqari ishlab chiqarish tashkiliy tuzumini tubdan o`zgartirish talab
etilib, ichki va tashqi bozor talabiga moslashtirish zaruriyati tug`iladi. Bu ham
ma’lum vaqt va katta sarmoyani talab qiladi.
Shu bilan birga xizmat ko`rsatish sohasi, transport va aloqa, axborot,
boshqarish kabilar ham tub o`zgarishlarni talab qilib, ularni zamonaviylashtirish va
G`arb standarti darajasida qayta tuzish ham juda dolzarb vazifa hisoblanar edi. Eng
muhimi turmush darajasi va turmush sifatini ko`tarish va G`arbiy zona darajasiga
yetkazish ham juda zarur va katta xajmli ish hamda sormoya talab qilar edi.
Germaniya yerlarining qo`shilishi va yagona davlatning shakllanishi, bitta
milliy iqtisodiyotning yuzaga kelishi bilan birga boshqa muammolarni ham yuzaga
keltirdi. Qoloq Sharqiy iqtisodiyotning qo`shilishi umumiy
pasayishga olib keldi
95
va yagona Germaniya iqtisodiyoti buning natijasida boshqa rivojlangan
mamlkatlarga nisbatan past ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Bu ayniqsa aholi jon
boshiga hisoblanadigan ko`rsatkichlar, mehnat unumdorligi darajasi, turmush
sifati, daromad ko`rsatkichlari kabilarga taalluqlidir.
Bundan tashqari katta xajmdagi sarmoyalarning sharqiy yerlar uchun sarf
etilishi, bunda katta kapital quyilmlarning amalga oshuvi va diqqat e’tiborni
qoloqlikdan chiqarish va g`arbiy darajaga yetkazishga qaratish g`arbiy
qismdagi
iqtisodiy o`sishga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Bu byudjetdagi og`irlikning yuzaga kelishi, soliqlarning ko`tarilishi, g`arbiy
qism korxonalaridagi kapital xarajatlarning kamayishi kabilarga olib kelgan.
Lekin o`zgarishlarga qaratilgan tadbirlar tez o`z natijasini berib, Sharqda
qoloqlik borgan sari yo`q bo`lib, umumiy o`sish ham boshlanadi. GFR sotsialistik
lagerda eng ilg`or mamlakat hisoblanardi. Shunga qaramay qo`shilish oldidan
uning YAIM jon boshiga hisoblaganda G`arbiy Germaniyaga nisbatan 1/3 qismga
teng edi. 1996 – yilga kelib 57 foizga ko`tariladi. Sharqiy zonada 1994 – yildanoq
jonlanish boshlanib, YAIM 8 foizga o`sadi. G`arbiy qismda bu 2,5 foizga teng
bo`lib, umuman GFRda 3 foizni tashkil etadi.
Ishsizlik ancha pasayib, davlat
xarajatlari va soliq to`lovlari darajasi pasaya boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: