Savollar:
1. Nima sababdan bunday oddiy neylon kurtkalar va arzon suvenirlar
xodimlarga kimmatli va kadrli kurindi?
2.Nima deb uylaysiz, bu kabi reja Uzbekistondagi korxonalarda ham amalga
oshirilsa kanday natija berishi mumkin?
Boylning uzi bu xakda shunday deydi: kunlarning birida u shu firma
xodimining maxalliy bank hisobchisiga o’zining kurtkasi haqida aytayotgan ushbu
gapini eshitib koladi: “Mening rahbarlarim menga buni yaxshi ishlaganim uchun
berishdi. Firmada 18 yil ishlagan bo’lsam, ilk bor meni oddiy kundalik ishlarim
uchun takdirlashdi”. Bu yillar ichida ayol jami 200 ming dollardan ortiq ish xaqi
olgan, ammo bu xaq unga qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik tashakkur
emas, balki sarflagan mehnatlarining ekvivalenti (koplov) bo’lib kelgan edi.
259
9-BOB. XITOYDA BOZOR MUNOSABATLARI ISLOHOTLARI
TAJRIBASI
Quyidagi atamalarga izoh bering:
YAIM, sanoat,xizmat,
ekstensiv,
investitsiya, texnologiya, iqtisodiy o`sish.
MUSTAQIL ISH MAVZULARI
1.Xitoy iqtisodiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
2.Bozor munosabatlariga qaratilgan islohotlar
3.Iqtisodiy o‘sish va ekstensivlik
4.Investitsiya xususiyatlari
5.Ichki va tashqi bozor
Xitoy iqtisodiyoti to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Xitoy dunyoda eng aholisi ko‘p katta mamlakatdir. Hozirga kelib aholisi
soni 1,3 mlrd.ga etgan. Keyingi 50 yil ichida 700 mln. odam qo‘shilib, o‘sish 2,3
barobarga to‘g‘ri kelgan. XXRning keyingi 20 yillar ichidagi iqtisodiy o‘sishi
hammani xayratda qoldirib, jahon iqtisodiyot tarixida eng muhim voqealardan
hisoblanadi. YAIM o‘sishi juda yuqori bo‘lib, bu sohada eng oldingi mamlakatga
aylandi. Keyingi islohotlar natijasida dinamik ravishda rivojlanayotgan
mamlakatlarga aylandi.
Lekin faqat aholining 20 foizi shaharlarga to‘g‘ri keladi va 90 foiz aholi
Sharqiy tomonda istiqomat qiladi. Erining 7 foizigina dehqonchilikka mos xolos.
Iqtisodiy rivojlanishda sanoat ishlab chiqarishi asos bo‘lib, ko‘p xil mahsulotlar
bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ko‘mir, po‘lat, sement, g‘alla, go‘sht,
paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda eng oldingi o‘rinni hamda neft,
elektroenergiya xajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi. Yillik YAIM bo‘yicha
90 – yillar o‘rtasidan boshlab dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2005 yilga kelib
AQSHga tenglashuvi kerak.
Xitoyni eng istiqbolli bozor deb hisoblaydilar va u 300 mlrd. dollarni
tashkil etadi. Chet investitsiyasi bo‘yicha AQSHdan keyingi o‘rinda turadi va 90 –
yillar o‘rtasida u ishlab chiqarilgan mahsulotning19 foiziga to‘g‘ri keladi va
bandlikda 17 mln. kishidan iborat. Yillik tashqi savdo aylanmasi 90- yillarda 16-
17 foizga etib, Xitoyni bu sohada eng yetakchi mamlakatlar qatoriga qo‘shdi.
Lekin aholi jon boshiga hisoblaganda Xali Xitoy rivojlangan mamlakatlarga
nisbatan ancha orqada va mehnat unumdorligi darajasi ham past.
Xitoy iqtisodiyoti o‘sishida eng ko‘zga tashlanadigan tomoni YAIM
o‘sishining tezligidir. U iqtisodiy islohot davrida 1978-1997 yillar ichida 5,7
barobar o‘sgan bo‘lib, bu yiliga 9,6 foizga to‘g‘ri keladi. Aholi jon boshiga olinsa,
ishlab chiqarish 4,4 barobar, mehnat unumdorligi (YAIM har ishlovchiga nisbatan)
260
– 3,5 barobar o‘sgan. O‘sish tezligini olsak, yiliga 5-7 foizga to‘g‘ri keladi.
Natijada aytilgan davr ichida Xitoy iqtisodiy salohiyati 2,5-3,5 marta o‘sgan.
Taqqoslasak, 1978-yili Xitoy YAIM Rossiyaga nisbatan 23% kam bo‘lgan
bo‘lsa, 1997-yilda 6,2 barobar ko‘p bo‘lgan. YAIMni jon boshiga olinsa 1978-yili
Rossiyanikiga nisbatan 11%, 1990-yili 23%, 1997-yili 75%ga etgan.
Xitoy tarmoqlar tuzumida qishloq xo‘jaligi yetakchilik qiladi. Keyin sanoat
va xizmat ko‘rstaish sohalari to‘ri keladi. Keyingi yillarda bunda ham o‘zgarishlar
yuz bermoqda. Agrar sektorda bandlik 1978 – yili 71 foiz bo‘lsa, 1995 – yili 59
foiz bo‘lgan. Sanoat va qurilishda esa 12 va 23 foiz, ko‘rinib turibdiki eng ko‘p
o‘sish xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Lekin sanoat va qurilishda ham
o‘sish kam bo‘lmagan. Natijada qishloq xo‘jaligidagi bandlik 12 foizga pasaygan.
Hozirgi vaqtda Xitoy qishloq xo‘jaligi ko‘p tarmoqli bo‘lib, dehqonchilik
bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, xizmat ko‘rsatishlar ham qo‘shilib
ketgan. Dehqonchilikni olsak, bu ham monokultura o‘rniga ziroatchilikning ko‘p
tarmoqliligiga o‘tgan.
Ilgari asosan g‘allachilik bo‘lsa, keyingi vaqtlarda g‘alla, texnik ekinlar va
boshqa xillari mavjud. Ziroatchilik, chorvachilik, o‘rmonchilik, baliq xo‘jaliklarini
qo‘shib katta qishloq xo‘jaligi tarkibiga aylanib ketgan.
Bu katta qishloq xo‘jaligida hozirda noagrar qism 80 foizga etib qoldi.
Noqishloq xo‘jaligi tarmoqlari juda tezlik bilan o‘sib bormoqda va yillik o‘sish
xatto 34 foizga etdi. Xitoy qishloq iqtisodining rivojida bular muhim bo‘lib, asosan
volost-poselok korxonalariga kiradi. Hozir bu korxonalar strategik yo‘nalish
hisoblanadi. Xatto buni xalq xo‘jaligi va qishloq iqtisodi ravnaqi deb belgilangan.
Keyingi yillarda qishloq sanoat iste’mol tovarlari etkazib berish bilan
chegaralanmasdan energiya beruvchi, sanoat qismlari etishtiruvchi kimyo
o‘g‘itlari, kimyoviy zaxar moddalar, ishlab chiqarib, qishloq xo‘jaligini
ta’minlamoqda. Buning hissasiga ipak va trikotaj buyumlari yetishtirishning 50
foizi, g‘ishtning 95 foizi, mayda qishloq xo‘jaligi asboblari va cherapitsalarning 90
foizi, charm poyabzalining 35 foizi, sement va ko‘mirning 40 foizi to‘g‘ri keladi.
Bu korxonalar katta eksport salohiyatiga ham ega. Masalan, 40 foiz ishlab
chiqarilgan poyabzal tashqi savdoda sotiladi. Faqat AQSHning o‘ziga yiliga 700
mln. juftdan ortiq pofafzal eksport etiladi, bu esa AQSH poyabzal importining
yarmini tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligidagi bunday o‘zgarishlar bir qancha muammolarni ham
keltirib chiqarmoqda. Bu ayniqsa g‘allachilikka ko‘p ta’sir etmoqda. Noqishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishning o‘sib borishi baho erkinligi sharoitida, dehqonlarning
daromadli tarmoqlarni tanlash erkinligi tug‘iladi. Bu esa foyda yuqori tarmoqlarga
resurslar ko‘chishiga olib kelib, bevosita qishloq xo‘jaligining o‘ziga salbiy ta’sir
etmoqda. Kapitalning qishloq xo‘jaligidan boshqa tarmoqqa siljishi yuz bermoqda.
Keyingi bir necha yil ichida bunday siljish 40 mlrd yuanga etmoqda.
SHu bilan birga qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab bilan mavjud
qishloq xo‘jalik tuzumi o‘rtasidagi ziddiyatning o‘sishiga olib kelmoqda. Past
Navli g‘allaga talab kamayib yuqori sifatli bo‘lgan bug‘doy, guruchga talab
261
o‘sioqda. Bu va bunday holat qishloq xo‘jalik tuzumiy shaklining o‘zgarishini
talab etmoqda.
Sanoatda bevosita davlat sektori ustunlik qiladi. Davlat sektorida 15,7 ming
yirik va o‘rta korxonalar mavjud. Bular 44,5 foiz mulkni tashkil etib, barcha sanoat
korxonalarining 43 foiz foydasini bergan. Davlatning sanoat sektori davlatningg 60
foiz moliyaviy daromadini bergan va bularda shahar ishchi va xizmatchilari
bandligining 2/3 qismi to‘g‘ri keladi.
Sanoatda bevosita iste’mol bilan bog‘langan tarmrqlar tezroq
rivojlanmoqda. Aytaylik, yonilg‘i-xomashyo tarmoqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy texnik tarmoqlar o‘zaro bog‘liqligi natijasidagi infratuzilmalar shular
jumlasidandir.
90 – yillarga kelib to‘qimachilik, poyabzal, maishiy texnikaga qaratilgan
strategik iqtisodiy o‘sish o‘zgarmoqda. Industrial rivojlanish, mashinasozlik,
elektronika, avtomobilsozlik, neftkimyo, qurilishlarga qaratilmoqda. Masalan,
avtomobilsozlik umuman og‘ir sanoat ichida ustunlik bilan o‘sib, yaqin 10-15 yil
ichida jahon talabiga mos avtomobilllar ishlab chiqarish darajasida, Xitoyni
umumiy avtomobillashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Ilg‘or va yuqori texnologiyaga aloxida e’tibor berilib, buning uchun
maxsus dalvat dasturi amalga oshirilmoqda. SHu bilan birga an’anaviy tarmoqlarni
ham esdan chiqarmayotir. Buni po‘lat ishlab chiqarishda ko‘rish mumkin va
tarmoq bo‘yicha Xitoy jahonda birinchi o‘ringa chiqdi.
Xitoy iqtisodiy rivojida xizmat sohasining o‘rni ham o‘sib bormoqda.
Avvalo bu savdo rivojida o‘z aksini topmoqda. Kooperativ va xususiy savdo
tarmoqlari kengaymoqda. Oziq-ovqat bozorlari Xitoy aholisi hayotida o‘ziga
yarasha o‘rin egallamoqda CHakana tovar aylanishi keyingi 25 yil ichida 9 marta
o‘sdi, Shuning ichida chakana savdoda 26 martadan ortiqroq ko‘paydi. Noishlab
chiqarishga qaratilgan dalvat xarajatlari ham o‘sib bormoqda. Keyingi 15 yilda
ayniqsa bu tezlashdi. Davlatning ijtimoiy maqsadlarga qaratilgan xarajatlari harbiy
xarajatlardan ustun keladi.
Xitoy iqtisodiga an’anaviy ravishda moliyaviy sohasining xalqaro
standartlarga mos kelmasligi ma’lum. Lekin keyingi yillarda bu sohada ham
o‘zgarishlar yuz bermoqda. 90 – yillarda Xitoy fond bozori o‘zining SHanxay va
SHenchjendagi asosiy birjalari bilan o‘zini ko‘rsata boshladi. Trast investitsiya
kompaniyalari, investitsion fondlar, maxsus davlat banklarining tijorat banklariga
aylanishi kabilar yuzaga kelmoqda. Yangi xil kredit-pul xarakatlari kiritilmoqda.
Qimmatbaho qog‘ozlar savdosi avj olmoqda. Keyingi yillarda buning xamji 5-6
barobarga o‘sgan. Tashqi savdoda yirik ijobiy saldoga ega. Masalan, 1997 yilda bu
40 mlrd. dollarga teng bo‘lgan. Oltin valyuta zahirasi ham katta. Bu Xitoyda 140
mlrd. dollar va Syanganda 100 mlrd. dollarga teng.
Xitoy maxsus sotsiolizm modeli iqtisodiy taraqqiyot yo‘nalishini
belgilaydi. Bunda Xitoy sotsiolizmining boshlang‘ich bosqichi ekanligi ko‘rsatilib,
davlat asosligi va bevosita xususiylashtirish inkor qilinadi. Rejalashtirish bozor
mexanizmlari bilan mos kelishi tan olinadi. Makro daraja davlat qo‘lida va mikro
daraja bozor ihtiyoridaligi e’tiborga olinadi. Mehnatga taqsimlash asos bo‘lib,
262
kapital bo‘yicha taqsimot qo‘shimcha hisoblanadi. Bu Xitoy sotsiolizmining asosiy
tamoyili deb tan olinadi. Tarmoqlar ustuvorligi qishloq xo‘jaligi, engil sanoat –
og‘ir sanoat tizimida belgilanadi. Tashqi dunyoga nisbatan ochiqlik siyosatida
ketma-ketlikni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Umuman hozirgi Xitoycha
sotsiolizm modeli “sotsiolistik rejani tovar iqtisodiyotidan sotsiolistik bozor
iqtisodiyotiga” o‘sib o‘tdi.
Xitoy iqtisodiyoti siklik xususiyatga ega bo‘lib, vaqti-vaqti bilan salbiy
oqibatlarga duch kelib turadi. Ya’ni, yuksalish-pasayish bilan o‘rin almashtirib
turadi. Bu ineflyasiyaning o‘zini bildirib turishi, narx-navoning ko‘tarilish
sharoitlari bilan o‘rin almashtirib turiladi. Bu asosan o‘sishning qizib ketishiga olib
ketishi sababi orqali yuz beradi. Davlatning bunga ta’sir etishi iqtisodiy o‘sishning
pasayishi bilan o‘rin almashadi. Masalan, 1988 – yili iqtisodiy o‘sish yuqori
darajadaligida shunday holat yuz beradi, Ya’ni YAIM o‘sishi 11,3 foiz bo‘lgan
xolda inflyasiya darajasi 18,5 foizga etadi. Hukumatning narxlarni pasaytirib
inflyasiya oldini olish harakatlari inflyasiyani 2,1 foizga tushiradi, biroq iqtisodiy
o‘sish darajasi 3,8 foizga pasayadi.
1992 – yilda ham iqtisodiy o‘sish 14,2 foiz bo‘lganda inflyasiya 21,7 foiz
bo‘lgan. Hukumat asta-sekinlik bilan harakat qilib, inflyasiya uzoqroq davom etib,
o‘sish pasayishi birdan bo‘lmay bu ham sekinlik bilan davom etdi. Shunday holat
1997-1998 yillarda ham yuz berib iqtisodiy o‘sishni 7 foizgacha saqlashga
erishilgan.
Bunday siklik holatni makro va mikro darajada ko‘rish mumkin. Mikro
darajada bu davlat korxonalarining islohot darajasidan orqada qolishi va bozor
o‘zgarishlarining oldinga ketishi bilan bog‘langandir. Islohot davrida davlat
resurslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlanishini pul oqimini tartiblashtirish orqali
amalga oshira boshlagan va davlat korxonalariga ko‘p qo‘shimcha huquqlar
berilgan. Amalda esa ular mustaqil bo‘la olmagan. Ularning mahsulotlari
ko‘pincha bozorda xaridorlarga ega emas. Ishlab chiqarishni to‘xtatib bo‘lmaydi.
Chunki bu ishsizlik va mahalliy byudjetlarga tushum bo‘lmasligi bilan bog‘liqdir.
Bank kreditlari safarbar etilib, og‘ir ahvoldan chiqishga harakat qilinadi. Bu
investitsiyaga ham ta’sir etadi. Makro darajada esa guruhiy manfaatdorlik monetar
hokimiyatlarning yumshoq pul siyosatini o‘tkazishga undaydi. Korxonalarning
ehtiyojlarini qondirish shartlari bo‘lib emissiya hisoblanadi.
Pul massasining ko‘payishi albatta inflyasiya bilan bog‘liqdir. Pul
siyosatining kuchayishiga korxonalar to‘lamaslik, qarzlarning ko‘payishi bilan
javob beradi. Natijada daromadning ancha qismi byudjetning taqsimot
mexanizmida qatnashmay boshqaruv tizimining pastki qatlamlarida qolib ketadi.
Bu korxonalarning investitsiyaga bo‘lgan talabini to‘xtovsiz ortib borishi va
aholining iste’mol talabining o‘sib borishiga olib keladi. Daromadning tez o‘sib
borishi uning iste’mol xarajatlarini ko‘paytirish bilan birga, jamg‘armani ham
davom yettirish imkonini berib, banklarning kreditlarni davom yettirish imkonini
beradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Xitoydagi makroiqtisodiy siklni shunday tushunish
mumkin: iqtisodiy o‘sishni saqlash, qo‘shimcha ish joylari yaratish, tarmoqlar va
263
regional darajadagi guruhiy manfaatlar siquvi natijasida davlat pul siyosatini
birlashtiradi. Bu maxalliy hokimiyatlar va korxonalar xo‘jalik faoliyatining
kuchayishiga olib keladi. Mamlakatda gipertrofik investitsiya yuz beradi va yuqori
darajali o‘sish bilan birga inflyasiya kuchayadi. Inflyasiya ijtimoiy chegaradan
o‘tishi bilan davlat pul siyosatini kuchaytiradi va kapital xarajatlar ustidan
nazoratni qat’iylashtiradi bu esa iqtisodiy o‘sishni pasaytiradi
264
Do'stlaringiz bilan baham: |