186
va oila pudrati xo‘jaliklari uchun texnikaviy qurollar yaratilmagan, yordamchi
xo‘jaliklarni butunlay tilga olmasa ham bo‘ladi.
Hisoblash, axborot, asbobsozlik tarmoqlari ham boshlang‘ich darajada
bo‘lib, tibbiyot, maorif, ilmiy-tadqiqot kabilarning texnik ta’minot holati juda past
darajada bo‘lgan.
Milliy iqtisodiyotning shakllanishi
va industrlashtirish, albatta bozorga
moslashgan holda amalga oshishi zarur. Masalan, Yangi iqtisodiy aloqalarni
yuzaga keltirish, xalq xo‘jalik tuzumini, ayniqsa ishlab chiqarish tuzumini
Yangilash bozor talabi asosida olib borilmoqda. Xomashyo yo‘nalishini
o‘zgartirish zarur ekan, avvalo u bozor talabi asosida, eng zarur xalq iste’moli
mollari
ishlab chiqarishning ustunligi, bundagi yo‘q bo‘lgan tarmoqlarni tashkil
etib, uni rivojlantirishdan boshlanadi. Paxta kompleksida tayyor kiyimlargacha
bo‘lgan kompleks ishlab chiqarishningg tashkil etilishi va buning jamoa
xo‘jaliklarining o‘zlarida amalga oshirilib, bunda chet kapitali bilan qo‘shma
korxonalar tashkil etilayotgan maqsadga muvofiqdir.
Oziq-ovqat, engil sanoatda, qurilish materiallari va xo‘jalik mollari ishlab
chiqarilishida xalq talabidan kelib chiqadigan bozorgir Yangi mollarning paydo
bo‘lishi amaliy misollardir. Mamlakatimiz ishlab chiqarishi uchun, Yangi bo‘lgan
avtomobilsozlik tarmog‘ining yaratilishi juda quvonchli hol.
Chunki bunga bozor
talabi juda yuqori. Shuningdek, televizorlar, kompyuterlar, elektron apparatlar
ishlab chiqarish yuzaga kelmoqda. Xalqaro bozorga kirib borish, mustaqil ravishda
eksport va importni amalga oshirish va bunda samaradorlikka erisha borish bozor
shakllanishidagi muhim bosqichlardir. Oz vaqt o‘tishiga qaramasdan bu sohadagi
AQSH, Yaponiya, Turkiya, Germaniya, Angliya, Janubiy Korea,
Xitoy kabi
mamlakatlar bilan kengayib borayotgan iqtisodiy aloqalar, chet mamlakatlar
investitsiyasining kengayib borishi buning yaqqol misolidir. Xalqaro iqtisodiy
hamkorlikning kuchayishi va jahon iqtisodiy integratsiyalashuvi, birinchi
navbatda, dunyo bozoriga qo‘shilish va umuman, bozor munosabatlarining keng
harakatiga yo‘l ochishni talab qiladi.
Bozor uchun zarur shart bo‘lgan mulk shakllari paydo bo‘lmoqda.
Bunda
davlat mulki tasarrufidan chiqarishni tezlashtirish, mulk xususiylashuvini avj
oldirish juda muhimdir. Mamlakatimizda fermer xo‘jaliklarini tashkil etish,
haqiqiy dehqon xo‘jaliklarini tiklash, ijara, oila pudrati kabi xo‘jalik turlarini
rivojlantirish tezlashmoqda. Demak, bozor munosabatlari asosi bo‘lgan mulk
shakllari va turlari, xo‘jalik xillarining paydo bo‘lishi, albatta, amalga oshayotgan
iqtisodiy islohotning ta’sirini kuchaytirmoqda, bularning barchasi bozor
iqtisodiyoti shakllanishining odim qadamlaridir.
Shuningdek, hissadorlik jamiyatlari,
birlashmalar, konsern, kooperativlar,
shirkatlarning ko‘payishiga keng yo‘l ochilmoqda, bularning barcha bozor
munosabatlari uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy harakat maydonini kengaytirmoqda.
SHu bilan birga bozorga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan baho siyosati amalga
oshirilib, asosan erkin baho siyosati yuzaga keltirildi. Chunki tovarlarni sotishning
chakana narxlari talab va taklif asosida erkin shakllanmoqda. Mehnat bozori,
187
qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari asta-sekin shakllanmoqda, ko‘chmas mulklar oldi-
sotdisi boshlangan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi muhim sohalardan hisoblangan moliya-
kredit va pul tizimlarining Yangilashishi, milliylashishi bozor mazmunida bo‘lishi
sohasida katta ishlar, keskin o‘zgarishlar yuz bermoqda. CHunonchi,
juda qisqa
vaqt ichida haqiqiy milliy pulga ega bo‘ldik.
Bozor infrastrukturasini yaratishda odim qadamlar ham sezilarlidir. Bunga
kompyuterlarning dadil kirib kelishi, aloqa vositalari, axborot tizimi, tovarlar
siljishi va ularning tez harakati sharoiti, yirik oldi-sotdi hisob-kitoblarini amalga
oshirish asoslari kabi tarmoqlar yuzaga kelmoqda va bozor sharoitlarini
kengaytirmoqda.
Respublikamizda
iqtisodiy
faoliyat
har
tomonlama
bozorning
shakllanishiga qaratilmoqda. Bunga faqat biz milliy
iqtisodiyot shakllanishi va
industrlashtirishning bozorga mos holda amalga oshishi bilan chegaralanmasdan,
balki maxsus bozorga xos jarayonlarning amalga oshuvi va bozor munosabatlariga
o‘tish, bozor iqtisodiyoti shakllanishining tezlashuvini ko‘ramiz.
Bu narsa hozirgi mamlakatimizdagi jarayon faqat bozor munosabatlariga
o‘tish bilan chegaralanadi, degan so‘z emas, vaholanki bozor yo‘nalishi asosiy
yo‘nalish ekanligini e’tirof etgan holda iqtisodiy holatning uch birlik jarayonidan
iborat ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, Chunki iqtisodiy islohotning mazmuni shu
bilan belgilanib, uning mohiyatini ko‘rsata olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: