Tayanch tushunchalar
Aholi daromadlari
– aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural
shaklda olgan daromadlari miqdori.
Nominal daromad
– aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlar
summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad
– shaxsiy iste‘mol va jamg‘arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
Real daromad
– narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholining hayot
kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi
hamda ular ehtiyojlarining bu ne‘matlar bilan qondirilish darajasidir.
Lorens egri chizig’i
– daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni
tavsiflaydi.
Ijtimoiy to’lovlar
– kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |