Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


 O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet489/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

3. O’zbekistonda davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo’nalishlari 

Davlatning 

ijtimoiy 

siyosati 

tegishli 

markazlashgan 

daromadlarni 

tabaqalashgan  soliq  solish  yo‘li  bilan  shakllantirish  va  uni  byudjet  tizimi  orqali 

aholi  turli  guruhlari  o‘rtasida  qayta  taqsimlashdan  iborat.  Davlat  daromadlarini 

qayta  taqsimlashda  ijtimoiy  to‘lovlar  bilan  birga  bozor  narxlarini  o‘zgartirish 

(masalan,  fermerlarga  narxlarni  kafolatlash)  va  ish  haqining  eng  kam  darajasini 

belgilash  usullaridan  foydalanadi.  Bundan  ko‘zlangan  ―...maqsad  –  iqtisodiyot  va 

ijtimoiy  sohadagi,  eng  muhimi,  odamlarning  hayot  darajasidagi  jiddiy  tafovutni 

bartaraf etishdir‖

86

 

O‘zbekistonda davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish maqsadlaridan 



kelib  chiqib,  byudjetning  ijtimoiy  yo‘naltirilganlik  tavsifi  saqlab  qolinadi.  Davlat 

byudjeti 

harajatlar 

qismining 

60 

foizdan 


ortig‘i  ijtimoiy  ehtiyojlarni 

moliyalashtirishga qaratiladi. 

Ijtimoiy  to‘lovlar  –  kam  ta‘minlanganlarga  pul  yoki  natural  yordam 

ko‘rsatishga  qaratilgan  tadbirlar  tizimi  bo‘lib,  bu  ularning  iqtisodiy  faoliyatda 

qatnashishi  bilan  bog‘liq  bo‘lmaydi.  Ijtimoiy  to‘lovlarning  maqsadi  jamiyatdagi 

munosabatlarni  insonparvarlashtirish  hamda  ichki  talabni  ushlab  turish 

hisoblanadi. 

                                                             

86

Мирзиѐев  Ш.М.  Танқидий  таҳлил  қатъий  тартиб-интизом  ва  шахсий  жавобгарлик  -  ҳар  бир  раҳбар 



фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.22-бет. 


447 

Ijtimoiy  siyosat  –  bu  davlatning  daromadlar  taqsimotidagi  tengsizlikni 

yumshatishga  va  bozor  iqtisodiyoti  qatnashchilari  o‘rtasidagi  ziddiyatlarni  bartaraf 

qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. 

Respublikada  bozor  munosabatlariga  o‘tish  davrida  ijtimoiy  siyosat  aholini 

ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  va  himoya  qilishga  qaratiladi  hamda  alohida  yirik 

yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. 

Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish 

–  bu  narxlar  erkinlashtirilishi  va  pulning  qadrsizlanish  darajasi  ortib  borishi 

munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib 

borish  hisoblanadi.  Bunda  respublikaning  o‘ziga  xos  yondashuvi  ishlab  chiqilib, 

daromadlar  nisbatini  o‘zgartirish,  ish  haqi,  pensiyalar,  stipendiyalarning, 

jamg‘arma  banklardagi  aholi  omonatlari  stavkalarining  eng  oz  miqdorini  bir 

vaqtning  o‘zida  qayta  ko‘rib  chiqish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Daromadlar 

nisbatini o‘zgartirishda respublikada joriy  etilgan  yangi  yagona ta‘rif setkasi katta 

ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mehnat haqi miqdorlarini 

tarif koeffitsientlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash 

imkonini berdi. 

Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi - ichki iste‘mol bozorini 

himoya  qilish,  hamda  oziq-ovqat  mahsulotlari  va  nooziq-ovqat  mollari  asosiy 

turlari iste‘molini muayyan darajada ushlab turish hisoblanadi.   

Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning 

uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash 

va  qo‘llab  -  quvvatlash  borasida  kuchli  chora-tadbirlar  o‘tkazilganligi  bo‘ldi.  Bu 

yo‘nalishda  aholining  ijtimoiy  jihatdan  nochor  qatlamlari  -  pensionerlar, 

nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda 

qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib 

boriladi. 

Yalpi  ijtimoiy  himoyalash  tizimidan  ishonchli  ijtimoiy  kafolatlar  va  aholini 

ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  tizimiga  izchillik  bilan  o‘tish  –  ijtimoiy  siyosatni  amalga 




448 

oshirishda,  ijtimoiy  himoya  vositasini  kuchaytirishda  sifat  jihatdan  yangi  bosqich 

boshlashini bildiradi. 

 Bu  siyosat  ijtimoiy  himoya  aniq  maqsadi  va  aholining  aniq  tabaqalarini 

qamrab olishni ko‘zda tutadi.   

Ijtimoiy ko‘maklashishning  yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar 

yordamdan  bahramand  bo‘luvchilar  hisoblanib,  ular  uchun  hamma  nafaqa  va 

moddiy  yordamlar  faqat  mahalla  orqali  yetkazib  beriladi.  Shu  maqsadda 

mahallalarda  byudjet  mablag‘lari,  korxona  va  tashkilotlar,  tadbirkorlik  tuzilmalari 

va  ayrim  fuqarolarning  ixtiyoriy  o‘tkazgan  mablag‘lari  hisobidan  maxsus 

jamg‘armalar hosil qilindi. 

Respublika 

Prezidenti 

Sh.M.Mirziyoev 

qayd 

qilib 


o‘tganidek: 

―...islohotlarning asosiy  maqsadi 

  aholi  uchun  munosib  hayot  darajasi  va  sifatini 



ta‘minlashdir‖

87

 



Davlatning  ijtimoiy  siyosati  ijtimoiy  sohani  rivojlantirishni  ham  o‘z  ichiga 

oladi.  ―Harakatlar  strategiyasi‖  da  uning  ustuvor  yo‘nalishlari  sifatida  quyidagilar 

ko‘rsatiladi: 

 



aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish; 

 



aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  sog‘liqni  saqlash  tizimini 

takomillashtirish; 

 

arzon  uy-joylar  qurish  bo‘yicha  maqsadli  dasturlarni  amalga  oshirish, 



aholining 

hayot 


sharoitlari 

yaxshilanishini 

ta‘minlovchi  yo‘l-transport, 

muhandislik-kommunikatsiya  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  hamda 

modernizatsiya qilish; 

 



ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish; 

 



yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. 

Shunday  qilib,  islohotlar davrida davlat aholining  muhtoj  tabaqalarini  qo‘llab-

quvvatlash  bilan  birga,  o‘z  mehnat  faoliyati  orqali  oilasining  farovonligini 

                                                             

87

Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик - ҳар бир раҳбар 



фаолиятининг кундалик ҳоидаси бўлиши керак.Т.: «Ўзбекистон», 2017 14-январь.6-бет. 


449 

ta‘minlashga  intiluvchi  kishilar  uchun  teng  sharoit  va  qulay  imkoniyat  yaratishga 

harakat qiladi.


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   485   486   487   488   489   490   491   492   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish