muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining
asosiy ko‘pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy
aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo‘lgan pul
Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini
397
Pul massasi – bu naqd va naqdsiz shaklda mavjud bo‘lgan, belgilangan
vazifalarni bajaruvchi barcha pul vositalari yig‘indisidir. Yalpi pul taklifi
iqtisodiyotdagi mavjud barcha pullar miqdori bilan aniqlanadi.
Pul taklifi pul multiplikatori yordamida hisoblanadi.
Pul multiplikatori – bu tijorat banklar tizimi muomaladagi pul massasini
ko‘paytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ortiqcha ehtiyotlar bir qismi va
yangi qarz (yoki qimmatli qog‘ozlarni sotib olish) taqdim qilish yo‘li bilan
berilgan muddatsiz qo‘yilmalar summasidir. U bir soni (1) ning ehtiyotlar,
majburiy normasiga bo‘lingan miqdoriga teng. Mazkur ko‘rsatkich pul asosi
o‘zgargan holda pul massasi hajmi qanchaga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
m
E
D
m
,
R
A
E
-
bunda;
m – pul multiplikatori;
D – pulning joriy hisobda eng yuqori darajada ko‘payishi;
R – ehtiyotlar normasi;
E – ortiqcha ehtiyotlar.
Fisher tenglamasida Transaktsion deb nomlanadigan pulga talab ham
hisobga olinadi. Bu talab turi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi.
Pulga Transaktsion talab – tovar va xizmatlarni sotib olishga xizmat qilishi sababli,
u bitimlar uchun pulga talab ham deyiladi.
Pulga bo‘lgan umumiy talab – bitimlar uchun (P
t
) va aktivlar tomonidan
pulga talab (P
a
) ni o‘z ichiga oladi.
Aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish korxonalarning ish xaqi to‘lash,
material, yoqilg‘i sotib olish va shu kabilar uchun zarur bo‘lgan pul bitim uchun
pulga talab deyiladi. Bitim uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YaIM hajmi
bilan aniqlanadi, ya‘ni u nominal YaIM qiymatiga mutanosib ravishda o‘zgaradi.
Aholi va korxonalarga ikki holda bitim uchun ko‘proq pul talab qilinadi: narxlar o‘s-
ganda va ishlab chiqarish hajmi ko‘payganda.
Kishilar o‘zlarining moliyaviy aktivlarini har xil shakllarda, masalan,
korporatsiya aktsiyalari, xususiy yoki davlat obligatsiyalari shaklida ushlab turishi
mumkin. Demak, aktivlar tomonidan pulga talab ham mavjud bo‘ladi.
398
Aktivlar tomonidan pulga talab foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda
o‘zgaradi. Foiz stavkasi past bo‘lsa, kishilar ko‘proq miqdordagi naqd pulga egalik
qilishni afzal ko‘radi. Aksincha, foiz yuqori bo‘lganda pulni ushlab turish foydasiz
va aktivlar shaklidagi pul miqdori ko‘payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: