Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet447/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.

 

Kreditning mohiyati, vazifalari va manbalari 

Kredit  pulni  ma‘lum  shartlarga  amal  qilgan  xolda  qarzga  berish  va  uni 

maqsadli  ishlatishni  bildiradi.  Kredit  munosabatlari  juda  qadim  zamonlarda 

vujudga  kelgan.  Dastlab  natura  shaklida  (g‘alla,  chorva  va  boshqalar)  mulkdorlar 

tomonidan  qarzga  berish  udum  bo‘la  boshlagan.  Qarzga  pul  berishning  dastlabki 



399 

shakli  sudxo‘rlik  bo‘lib,  u  nihoyatda  yuqori  darajada  foiz  bilan  qaytarilishi  bilan 

kreditdan farq qilgan.  

Sudxo‘rlik salbiy  tomonlari  bilan  birga     kapitalning dastlabki jamg‘arish 

uchun  zarur  mablag‘larning  shakllanishga  yordam  bergan.  Industrial  jamiyat  va 

bozor  xo‘jaligining  vujudga  kelishi  bilan  kreditsiz  ishlab  chiqarish  faoliyatini 

yuritish qiyinlashib qoldi. 

Bunda  kapital  bir  xo‘jalikda  pul  shaklida,  ikkinchisida  tovar  shaklida 

to‘planib,  turli  sohalarda  ularning  harakati  bir-biriga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Kapital 

harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda pul etishmasa, ikkinchisida bo‘sh 

pul  mablag‘lari  mavjud  bo‘ladi.  Natijada  mablag‘i  yo‘qlar,  bo‘sh  pul  mablag‘ga 

ega bo‘lganlardan qarz olishga majbur bo‘ladi. 



Kredit

 iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan 

pul  mablag‘larning  ma‘lum  muddatga,  xaq  to‘lash  sharti  bilan  qarzga  berilishi  va 

uni qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlarini ifodalaydi.  

Kredit  munosabatlari  ikki  sub‘ekt  o‘rtasida  yuz  beradi.  Biri  bo‘sh  pul 

mablag‘lari egasi, ikkinchisi unga muhtoj, ya‘ni qarz oluvchilardir. 

Kredit  sube‘ktlari  yuridik  hamda  jismoniy  shaxslar,  banklar,  korxona,  davlat 

va turli toifa aholi qatlamlari  hisoblanadi. Bir sub‘ektning o‘zi bir vaqtda ham qarz 

oluvchi,  ham  qarz  beruvchi  sifatida  chiqishi  mumkin.  Kredit  aloqalari  pul  egasi 

bilan  qarz  oluvchi  o‘rtasida  bevosita  yoki  bilvosita  tartibda  amalga  oshiriladi. 

Birinchi holda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ikkinchi holda vositachilar orqali bog‘lanadi. 

Odatda,  asosiy  vositachi  rolini  banklar  o‘ynaydi.  Kredit  bir    qator  vazifalarni 

bajaradi. 

 



Taqsimlash  vazifasi.  Bunda  bo‘sh  pul  mablag‘larini  qarzga  berish  orqali 

kapitalni turli tarmoqlar, korxonalar o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash amalga 

oshiriladi va iqtisodiy resurslarning ko‘chib yurishi ta‘minlanadi. 

 



Joriy  qilish.  Kredit  asosida  va  unga  bog‘liq  holda  pul  belgilari  va  unga 

tenglashtirilgan naqd pulsiz to‘lov vositalari, turli qimmatbaho qog‘ozlar emissiya 

qilinadi, xo‘jalik aylanmasiga kiritiladi. 



400 

 



Nazorat qilish. Kredit operatsiyalarini bajarish jarayonida  iqtisodiy  faoliyat, 

moliyaviy ahvol nazorat qilinadi. Davlat kredit munosabatlari orqali pul aylanmasi 

barcha jarayonlarini boshqarishni amalga oshiradi. 

 



Rag‘batlantirish. U yoki bu maqsad uchun qarz berish, qarzni undirish orqali 

tejamkorlik, iqisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. 

 

Ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta‘minlash.  Bunda  bo‘sh  pul  mablag‘larini 



harakatdagi kapitalga aylantirilib tovar ishlab chiqarish vaqti qisqartiriladi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   443   444   445   446   447   448   449   450   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish