Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet433/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

3.

 

Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari 

         Soliq  iqtisodiy  tushuncha  sifatida,  sof  daromadning  bir  qismini  byudjetga 

jalb  qilish  shakli  bo‘lib,  moliyaviy  munosabatlarning  tarkibiy  qismini  tashkil 

qiladi.  Soliq  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  daromadlarining  bir  qismini    ravishda 

byudjetga  jalb  qilish  shaklidir.  Soliq  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mustaqil  amal 

qiladi  va  moliyaviy  munosabatlarning  tarkibiy  qismi  bo‘lib,  uni  yig‘ish  davlat 

tomonidan  belgilangan  tartib  va  qonunlar  asosida  amalga  oshiriladi.  Davlat 

tomonidan  olinadigan  soliqlar  hamda  ularning  tashkil  qilinish  shakl  va  usullari 

birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.  

Hozirgi  davrda  davlat  sarflarining  va  shunga  mos  ravishda  soliq  hajmining 

o‘sib borishini quyidagi omillar taqozo qiladi: 

1.

 



Aholi  sonining  o‘sishi.  Aholi  jon  boshiga  davlat  sarflari  darajasi 

o‘zgarmay  qolgan  taqdirda  ham  aholining  o‘sgan  qismini  ijtimoiy  ne‘matlar  va 

xizmatlar bilan ta‘minlash qo‘shimcha mablag‘larni zarur qilib qo‘yadi.  

2.

 



Ijtimoiy  soha  xizmatlari  sifatiga  talabning  ortishi  kishilar  turmush 

darajasining ortishi ijtimoiy soha hizmatlari hajmiga va sifatiga talabni oshiradi.  




381 

3.

 



Atrof-muhitning  ifloslanishi.  Aholi  sonining  o‘sishi  va  urbanizatsiyaning 

quchayishi  atrof-muhitning  sifati  muammosini  keskinlashtiradi.  Juda  ko‘p 

miqdordagi  moddiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  va  iste‘mol  qilish  havo,  suv  va 

yerning  ifloslanishi  shaklidagi  qo‘shimcha  xarajatlarning  o‘sishini  keltirib 

chiqaradi.  

4.

 



Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga 

xususan  ijtimoiy  sug‘urtani  rivojlantirish,  ishsizlik  bo‘yicha  nafaqalar,  ijtimoiy 

ta‘minot,  tekin  meditsina  yordamlari  davlat  dasturi,  oziq-ovqat  mahsulotlariga 

dotatsiyalar, davlat uy-joy qurilishi kabilar kiradi.  

5.

 

Milliy  mudofaa,  davlat  xavfsizligining  ta‘minlash  xarajatlari  hajmining 



o‘sishi. 

Iqtisodiyot  sub‘ektlari  faoliyatini  soliq  yordamida  tartibga  solish  quyidagi 

umumiy tamoyillari asosida amalga oshiriladi: 

 



barcha  daromadlardan,  ularning  manbalariga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda 

soliq undirishning majburiyligi; 

 

soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati; 



 

samarali  ishlovchi  korxonalarda  hamda  xo‘jalik  yuritishning  progressiv 



shakllari uchun soliq me‘yorlarining rag‘batlantiruvchi rolini ta‘minlash; 

 



soliq  to‘lovi  bo‘yicha  barcha  sub‘ektlar  majburiyati  ustidan  moliyaviy 

nazorat. 

Olinadigan  soliq  summasining  (R)  soliq  olinadigan  daromad  summasiga  (D) 

nisbatining foizdagi ifodasi 



soliq stavkasi

 (R`) deyiladi yoki: 



фоиз

D

R

R

100


`



 

Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.  

1.

 

Naflilik  tamoyili 



  har  xil  sub‘ektlardan,  ularning  soliqlar  hisobiga 

moliyalashtiriladigan  dasturlardan  foydalanishi  darajasiga  qarab  turlicha  soliq 

undirilishi kerakligini bildiradi. 




382 

2.

 



To‘lovga layoqatlilik tamoyili 

 soliq miqdori soliq to‘lovchining boyligi 



va  daromadlari  darajasiga  mos  kelishi  zarur.  Boshqacha  aytganda,  soliq  solish 

daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilish zarur. 

3.

 

Adolatlilik  tamoyili 



  daromadlari  va  hukumat  dasturlaridan  foydalanish 

darajasi bo‘yicha teng bo‘lgan kishilar teng miqdorda soliq to‘lashi zarur. 

Soliq  bo‘yicha  imtiyozlar  qonunchilik  bitimlarida  belgilangan  tartib  va 

sharoitlar  asosida  o‘rnatiladi.  Soliq  imtiyozlarining  amaliyotda  quyidagi  turlari 

keng tarqalgan: 

 

ob‘ektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash; 



 

soliq  to‘lashdan  alohida  shaxs  yoki  ma‘lum  guruhlarni  (masalan,urush 



faxriylarini) ozod qilish; 

 



soliq darajasi (stavkasi) ni pasaytirish; 

 



soliq olinadigan summadan chegirish; 

 



soliqli  kredit  (soliq  olishni  kechiktirish  yoki  soliq  summasini  ma‘lum 

miqdorga kamaytirish) 

 Soliqlarni turkumlashga har hil mezonlar asosida yondashiladi. 

I.

 



Soliq  stavkasi  va  daromadlar  o‘rtasidagi  nisbatga  asoslanib,  soliqlar 

odatda  progressiv  (o‘sib  boruvchi),  proportsional  (mutanosib)  va  regressiv 

(kamayib boruvchi) soliqlarga bo‘linadi.  

 



Agar  soliqning  o‘rtacha  stavkasi  daromadlar  ortishi  bilan  o‘sib  borsa, 

progressiv soliq hisoblanadi. 

 

Daromadlar o‘sib borishi bilan o‘rtacha stavkasi pasayib boruvchi soliqlar 



regressiv soliqlar deyiladi. 

 



Proportsional soliq o‘rtacha soliq stavkasi daromad hajmiga bog‘liq bo‘l-

magan holda o‘zgarishsiz qolishini taqozo qiladi.  

II.

 

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra soliqlar quyidagi turlarga ajratiladi: 



 

Daromaddan  olinadigan  soliqlar.  To‘lovchining  yillik  daromadidan 



chegiriladigan qismi; 


383 

 



Foydasidan  olinadigan  soliqlar  huquqiy  shaxslarning  sof  foydasidan 

olinadi; 

 

Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya 



va  h.k)  yo‘naltiriladi,  qisman  ishlovchilar  va  korxonalar  mablag‘lari  hisobiga 

shakllantiriladi; 

 

Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda 



boyliklardan olinadi; 

 



Tovar  va  xizmatlarga  soliqlar.  Bunga  boj  to‘lovlari  va  aktsizlar, 

shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.  

III.

 

Undirilishi  usuliga  ko‘ra  bevosita  va  bilvosita  soliqlar  farqlanadi. 



Bevosita  soliqlar  iqtisodiy  ne‘matlarni  ishlab  chiqarish  jarayonida  sub‘ektlar 

daromadlari  hisobidan  undirilsa, bilvosita  soliq to‘lovchilar  tovar  va  xizmatlardan 

foydalanuvchilar hisoblanadi, shu sababli bilvosita soliqlar tovarlar narxiga ustama 

sifatida  yuzaga  chiqadi.  Bilvosita  soliqlarga  aktsizlar,boj  to‘lovlari  va  qo‘shilgan 

qiymat solig‘i kabilar kiradi. 

IV.


 

Amal  qilish  ko‘lamiga  ko‘ra  yoki  undirilish  darajasidan  kelib  chiqib 

umumdavlat (respublika)  va  mahalliy soliqlar ajratiladi. O‘zbekiston Respublikasi 

soliq  kodeksida  belgilanganidek,  (23-modda)  mamlakat  xududida  umumdavlat 

soliqlar,  majburiy  to‘lovlar  va  yig‘inlar  amal  qiladi.  Umumdavlat  soliqlariga 

quyidagilar kiradi: 

 

Foyda solig‘i (huquqiy shaxslardan) 



 

Daromad solig‘i (jismoniy shaxslardan) 



 

Qo‘shilgan qiymat solig‘i 



 

Aktsizlar  



 

Yer  qa‘ridan  va  suv  resurslaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  va  maxsus 



to‘lovlar. 

Umumdavlat  darajasidagi  majburiy  to‘lovlar  quyidagilar:  yagona  ijtimoiy 

to‘lovlar, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘arma yoki majburiy ajratmalar; respub-

lika  yo‘l  jamg‘armasiga  majburiy  to‘lovlar,  ajratmalar  va  yig‘imlar;  bojxona 

to‘lovlari. 



384 

Mol-mulk  solig‘i,  yer  solig‘i,  obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani 

rivojlantirish  solig‘i;  transport  vositalariga  yoqilg‘idan  foydalangani  uchun 

olinadigan  soliq  (jismoniy  shaxslardan)  mahalliy  darajada  ayrim  turdagi  tovarlar 

bilan chakana savdo qilish va xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im majburiy 

to‘lov hisoblanadi mahalliy soliqlar  tarkibiga  kiradi. 

V.

 

Soliq  to‘lovchi  subektlar  turidan  kelib  chiqib  jismoniy  va  huquqiy 



shaxslardan undiriladigan soliqlar farqlanadi. 

 Soliqlarning  to‘g‘ri  to‘lanishini  nazorat  qilish  soliq  deklaratsiyasi 

yordamida  amalga  oshiriladi.  Soliq  deklaratsiyasi 

  soliq  to‘lovchining  joriy 



davrda  olgan  umumiy  daromadi  haqidagi  rasmiy  tasdiqlangan  yozma  bayonoti. 

Unda  soliq  to‘lovchining  olgan  daromad  manbalari  ko‘rsatilib  qayd  qilinadi  va 

beriladigan soliq imtiyozlari haqida ham ma‘lumot beriladi.  


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   429   430   431   432   433   434   435   436   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish