Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


XXIV BOB. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet429/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

XXIV BOB. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT 

 

1.

 

Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi. 

2.

 

Davlat byudjeti va uning taqchilligi. 

3.

 

Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari. 

4.

 

 Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari. 

 

1.

 

Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi 

Moliyaviy  munosabatlar  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  iqtisodiy  munosabatlarning 

muhim tarkibiy qismi  va   bozor iqtisodiyotining   amal  qilishining zaruriy tarkibi 

hisoblanadi.  



 Moliya

 – bu turli darajada markazlashgan pul fondlari vositasida iqtisodiyot 

sub‘ektlari  pul  daromadlarini  tashkil  etish,  taqsimlash  va  ulardan  foydalanish 

bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir

74

..  


Korxonalar,  uy  xo‘jaliklari  va  davlat  moliyaviy  munosabatlar  sub‘ektlari, 

pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar uning ob‘ekti hisoblanadi.  

Moliyaning  mohiyati  uning  vazifalarida  to‘laroq  namoyon  bo‘ladi.  Bular, 

moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish,  nazorat  qilish,  rag‘batlantirish  va  taqsimlash    va  

ijtimoiy  himoyalash  vazifalaridir. 

1.

 



Moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  vazifasi  shunda  ko‘rinadiki,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  o‘z  vazifalarini  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan 

resurslarni markazlashgan tartibda to‘planishida  namayon  bo‘ladi. 

2.  Davlat  moliyaviy  dastak  va  vositalar  yordamida  ishlab  chiqarish, 

iqtisodiyotda  yaratilgan  mahsulotni  taqsimlash,  ayriboshlash  va  iste‘mol  ustidan 

nazorat    qilish    vazifasini    bajaradi.  Moliyaviy  nazorat  korxona  (firma)larining 

moliya  intizomiga  rioya  qilish  uchun  moddiy  javobgar  bo‘lishi,  turli  soliqlar 

undirish va mablag‘ bilan ta‘minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.  

  3.  Moliyaning  taqsimlash  vazifasi  milliy  daromadning  taqsimlanishi  va 

qayta taqsimlanishini ta‘minlashda namoyon bo‘ladi. Bu real ishlab chiqarish soha-

                                                             

74

Economics : principles, problems, and policies / Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue.– 17th ed.P-209 




377 

larida  yaratilgan    milliy  daromadini  tashkil  qiluvchi  qismini  davlat  va 

mulkchilikning  turli  shakllariga  asoslangan  korxonalar,  iqtisodiyot  tarmoqlari, 

ishlab  chiqarish  sohalari,  mamlakat  xududlari  o‘rtasida  taqsimlash  va  qayta 

taqsimlashda  namoyon  bo‘ladi.  Bunda  milliy  daromadning  bir  qismi  korxona  va 

aholi  daromadlaridan  turli  xil  soliqlar  olish,  renta  va  bojxona  to‘lovlari,  aktsiz 

yig‘imlari  kabilar  orqali  davlat  byudjetida  to‘planadi.  Davlat  to‘plangan  milliy 

daromadning  katta  qismini  moliyaviy  vositalar  orqali  aholining  ijtimoiy  madaniy 

ehtiyojlariga  (uy-joy  qurilish,  tibbiyot  xizmati,  maorif,  nafaqa,  stipendiya  va  shu 

kabilarga), daromadlar darajasini ushlab turishga, milliy mudofaaga, atrof  muhitni 

muhofaza qilish va shu kabilarga sarflaydi. 

4. Moliya iqtisodiy jarayonlarni, turli tadbirlarni moliyalash   vazifasini ham 

bajaradi; 

5.  Moliyaning  rag‘batlantiruvchilik  vazifasi,  birinchidan,  yaratilgan 

mahsulot qiymatini taqsimlash jarayonida, ikkinchidan, foizli daromadlarni tashkil 

qilish va taqdim qilish mexanizmi vositasida amalga oshiriladi.  

6. Ijtimoiy himoyalash ham moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ma‘lumki, 

aholining  muhtoj  qatlamlari  qariyalar,  nogironlar,  kam  daromadli  oilalar 

o‘zlarining    hayot    sharoitlarini  minimal  darajada  ta‘minlash  imkoniyatiga  ega 

bo‘lmaydi.  Ijtimoiy  himoyalash  esa  ularni    moliyaviy  kafolatlashni    ham    talab 

etadi. Bu asosan davlat moliyasi   va maxsus fondlar yordamida amalga oshiriladi.   

Bundan  tashqari  ijtimoiy  iste‘mol  orqali  amalga  oshadigan  fondlar  ham 

mavjud  bo‘lib,  bularga  bepul  tibbiy  xizmat,  maorif,  atrof  muhitni  muhofazalash 

kabilar kiradi. 

Moliya tizimi – Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, nobyudjet, ijtimoiy 

sug‘urta hamda  mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi. 

Davlat  pul  mablag‘larining  asosiy  markazlashgan  fondi  bo‘lmish  davlat 

byudjeti  moliya  tizimining  asosiy  bo‘g‘inidir.  Davlat    byudjeti  markazlashgan  va  

xokimiyat  quyi  organlarining  (viloyat,  tuman  va  shahar)  byudjetini    o‘z    ichiga  

oladi.  Hokimiyat  quyi  organlari  byudjetning  daromadlari    hududidagi  korxonalar 

daromadidan,  aholidan  olinadigan  soliqlar,  mulk  soliqlari  va  shu  kabilar  orqali 



378 

shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar 

hisobiga  ham  to‘ldiriladi.  Hokimiyat  quyi  organlari  byudjet  mablag‘lari  tegishli 

hududda  ta‘lim,  sog‘liqni  saqlash,  obodonchilik,  yo‘l  qurilishi  va  shu  kabilarga 

sarflanadi. 

Mol-mulk  va  shaxsiy  sug‘urta    fondi    mulkchilikning  barcha  shakllaridagi 

korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. 

Bu  maqsadlar  uchun  fondlar korxona  va aholining to‘lovlari  xisobiga shakllanadi. 

Fond  mablag‘lari  mol-mulkiy  sug‘urtasiga  va  shaxsiy  sug‘urtaga  pul  to‘lashni 

ko‘zda tutadi. 

Shaxsiy  sug‘urta  aholining  pul  jamg‘armalarining  tashkil  qilishning 

shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. 

Jamiyat  moliya  tizimi  ijtimoiy  siyosiy  va  ma‘rifat  ishlari  bilan 

shug‘ullanuvchi  tashkilot  va  muassasalarning  moliyasini  ham  o‘z  ichiga  oladi. 

Kasaba  uyushmalar,  siyosiy  partiya,  yoshlar,  xotin-qizlar,  faxriylar  tashkilotlari, 

ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma‘rifiy jamiyatlarning ham 

o‘ziga  xos  moliyasi  mavjud  bo‘ladi.  Bunday  ijtimoiy  tashkilotlarning  moliyaviy 

resurslarining  manbai,  tashkilot  a‘zolarining  kirish  puli  va  badallari,  tijorat 

faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan 

iborat  bo‘ladi.  Jamiyat  moliya  tizimida  maxsus  va  xayriya  fondli  xo‘jalik 

subektlari  va  axolining  pul  mablag‘larini  aniq  bir  maqsad  yo‘lida  birlashtiradi  va 

ular maqsadli ishlatiladi. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish