Iqtisodiy kategoriyalar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan
bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriya-
larning mazmunini ham ochib beradi.
Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.
Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini ifoda etadigan
ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Bozor, pul, tovar, kapital,
ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi
tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan
farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |