Xuddi shunday inflyatsiyaning kutilishi
bugungi yalpi
talabni oshiradi. Chunki iste‘molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib
qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi,
bugungi iste‘mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Iste’molchi qarzlari
. Iste‘molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy
daromadini unga to‘lab, o‘zlarining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin.
Soliq.
Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud
darajasida iste‘molchilik sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi esa
iste‘molchilik sarflarini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |