Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

 

 

3.

 

Milliy  mahsuloti  hisoblash tizimi. Yalpi ichki mahsulotni hisoblash 

usullari. 

Milliy  ishlab  chiqarish  natijalarini  hisoblashda  milliy  hisoblar  tizimidan 

foydalaniladi. 

Milliy  hisoblar  –    YaMM  (YaIM)  ni  ishlab  chiqarish,  milliy  daromadni 

taqsimlash  hamda  ulardan  foydalanishni  tavsiflaydigan  o’zaro  bog’liq 

makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  tizimidir.  Milliy  hisoblar  tizimi  mamlakatdagi 

xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sarf – xarajatlari va ishlab chiqargan mahsulot (va 

xizmatlarni) lardan olinadigan daromadlar  harakatini  aks  ettiradi. 

Milliy  hisoblar  tizimi

  (MHT)  ikki  tomonlama  yozuv  qoidasiga  asoslangan 

balanslashgan  jadvallar  to‘plami  bo‘lib,  unda  makrodarajadagi  bir  iqtisodiy  bitim 

natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi. 

MXT  BMTning  statistika  komissiyasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan 

standartlarni  o‘z  ichiga  olib,    standart  hisoblar  va  asosiy  makroiqtisodiy 

ko‘rsatkichlardan iboratdir. 

MXTning  bosh  ko‘rsatkichi  -  YaIM  bo‘lib,  uning  barcha  bosqichlaridagi 

harakati bo‘yicha ma‘lumotlar MHT orqali hisobga olinadi. 

Bunday  hisoblar  xalqaro  statistikaning  standart  tizimi  sifatida  hozirgi  davrda 

dunyoning  yuzdan  oshiq  mamlakatlarida,  shu  jumladan  O‘zbekistonda  ham  keng 

qo‘llaniladi. 




264 

Milliy  hisoblar  asosini  yig‘ma  balanslar  tashkil  qiladi.  Bunga  daromad  va 

xarajatlar  balansi  misol  bo‘lishi  mumkin.  Daromadlar  xo‘jalik  birliklari  va  aholi 

umumiy  daromadlari  (ish  haqi,  foyda,  daromadlarning  boshqa  turlari,  amortizatsiya) 

summasini  aks  ettiradi.  Xarajatlar  to‘rtta  guruhdan  iborat  bo‘ladi:  iste‘mol  sarflari, 

investitsiyalar,  davlat  xaridi,  sof  eksport.  Milliy  hisoblar  makroiqtisodiyotning 

me‘yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi. 

MHT

ningasosiy  kamchiligi-bu  milliy  ishlab  chiqarishning  umumiy  natijasi 

hisoblangan YaMM  (YaIM)  real  hajmi  oshishi  yoki  kamayishini  taqozo  qiluvchi  bir 

qator omillarning oqibatlarini hisobga olmaydi. Bular quyidagilar:



 

 



bozordan  tashqarida  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar.  Jumladan,  uy 

qurish  bilan  va  shaxsiy  uy  ta‘miri  bilan  shug‘ullanuvchi  duradgor  mehnatining 

natijalari; 

 



bo‘sh vaqtning ko‘payishi hisobiga farovonlik darajasi ortishi. Jumladan, 

haq  to‘lanadigan  ta‘til  va  bayram  kunlari  ko‘payishi  oqibatida  farovonlikning 

ortishi; 

 



mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi; 

 



alohida shaxs va oilalar turmush darajasidagi o‘zgarishlar; 

 



suv, havo va atrof muhitning ifloslanishi; 

 



yashirin (xufyona) iqtisodiyot va faoliyatning natijalari. 

Amaliyotda  YaIMni  hisoblashning  bir  xil  ahamiyatli  usullari  mavjud,  bu  uni 

sarf – harajatlar va daromadlar bo‘yicha hisoblashdir. 

Iqtisodiy  resurs  egalari  uchun  ularni  sotilishi  bu  shu  resurslar  (kapital,  ishchi 

kuchi, tabiiy  resusrlar)  hisobiga tegishli  daromad turlarini olishlarini  bildiradi. Ishlab 

chiqaruvchilar uchun bu xarajat hisoblanadi. Xaridor (iste‘molchi)lar nuqtai nazaridan 

tovar va xizmatlarni sotib olish sarf – harajatlar sifatida chiqsa sotuvchi uchun bu pul 

daromadi hisoblanadi. Shu sababli, YaMM (YaIM)ni iste‘molchilar barcha guruhi sarf 

–  harajatlarini  yoki  iqtisodiy  resurs  egalari  barcha  guruhi  omilli  daromadlarini 

qo‘shish yo‘li bilan hisoblash mumkin. 



Birinchi usul 

– bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuvdir. 




265 

Bunda  mazkur  yilda  ishlab chiqarilgan barcha  mahsulot (xizmat)lar  hajmini 

sotib  olishga  qilingan  butun  sarflar  qo‘shib  chiqiladi.  Milliy  iqtisodiyotda  ishlab 

chiqarilgan  pirovard  mahsulotlarni  mamlakat  ichida  xo‘jalikning  uchta  sub‘ekti  – 

uy  xo‘jaliklari,  davlat,  tadbirkorlar  hamda  uning  tashqarisida  chet  elliklar  sotib 

olishi mumkin.  

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish