Milliy ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda milliy hisoblar tizimidan
balanslashgan jadvallar to‘plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim
standartlarni o‘z ichiga olib, standart hisoblar va asosiy makroiqtisodiy
Bunday hisoblar xalqaro statistikaning standart tizimi sifatida hozirgi davrda
dunyoning yuzdan oshiq mamlakatlarida, shu jumladan O‘zbekistonda ham keng
264
Milliy hisoblar asosini yig‘ma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va
xarajatlar balansi misol bo‘lishi mumkin. Daromadlar xo‘jalik birliklari va aholi
umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya)
summasini aks ettiradi. Xarajatlar to‘rtta guruhdan iborat bo‘ladi: iste‘mol sarflari,
investitsiyalar, davlat xaridi, sof eksport. Milliy hisoblar makroiqtisodiyotning
me‘yoridagi – muvozanatli holatga erishish darajasini aniqlashga yordam beradi.
MHT
ningasosiy kamchiligi-bu milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi
hisoblangan YaMM (YaIM) real hajmi oshishi yoki kamayishini taqozo qiluvchi bir
qator omillarning oqibatlarini hisobga olmaydi. Bular quyidagilar:
bozordan tashqarida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Jumladan, uy
qurish bilan va shaxsiy uy ta‘miri bilan shug‘ullanuvchi duradgor mehnatining
natijalari;
bo‘sh vaqtning ko‘payishi hisobiga farovonlik darajasi ortishi. Jumladan,
haq to‘lanadigan ta‘til va bayram kunlari ko‘payishi oqibatida farovonlikning
ortishi;
mahsulot sifat tavsifining yaxshilanishi;
alohida shaxs va oilalar turmush darajasidagi o‘zgarishlar;
suv, havo va atrof muhitning ifloslanishi;
yashirin (xufyona) iqtisodiyot va faoliyatning natijalari.
Amaliyotda YaIMni hisoblashning bir xil ahamiyatli usullari mavjud, bu uni
sarf – harajatlar va daromadlar bo‘yicha hisoblashdir.
Iqtisodiy resurs egalari uchun ularni sotilishi bu shu resurslar (kapital, ishchi
kuchi, tabiiy resusrlar) hisobiga tegishli daromad turlarini olishlarini bildiradi. Ishlab
chiqaruvchilar uchun bu xarajat hisoblanadi. Xaridor (iste‘molchi)lar nuqtai nazaridan
tovar va xizmatlarni sotib olish sarf – harajatlar sifatida chiqsa sotuvchi uchun bu pul
daromadi hisoblanadi. Shu sababli, YaMM (YaIM)ni iste‘molchilar barcha guruhi sarf
– harajatlarini yoki iqtisodiy resurs egalari barcha guruhi omilli daromadlarini
qo‘shish yo‘li bilan hisoblash mumkin.
Birinchi usul
– bu YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo‘yicha yondashuvdir.
265
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini
sotib olishga qilingan butun sarflar qo‘shib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab
chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xo‘jalikning uchta sub‘ekti –
uy xo‘jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda uning tashqarisida chet elliklar sotib
olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: