tomonidan mashina, uskuna va jihozlarning barcha xaridi; b)barcha qurilishlar; v) za-
266
YaIM tarkibiga, ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha
mahsulotlar zahiralarining ko‘payishi kiritiladi. Boshqacha aytganda YaIM o‘z
ichiga yil davomidagi zahiralar va ehtiyotlar barcha o‘sishining bozor qiymatini
oladi. Zahiralarning bu o‘sishi YaIMga joriy ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichi
sifatida qo‘shiladi.
Zahiralar kamayganda, u YaIM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning
kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan ko‘proq
mahsulot sotilganini bildiradi. Boshqacha aytganda, jamiyat mazkur yilda ishlab
chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qo‘shimcha oldingi yillardan qolgan
zahiralarning bir qismini iste‘mol qilgan bo‘ladi.
Milliy hisoblar tizimida YaIMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki
investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos
ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni
bildiradi. Yalpi investitsiyalar o‘z ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida
iste‘mol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning o‘rnini qoplash uchun
mo‘ljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda
kapital qo‘yilmalar hajmigahar qanday sof qo‘shimchalarni oladi. Yalpi
investitsiyalar mohiyatiga ko‘ra iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplash
summasidan va invetitsiyalarning o‘sgan qismidan iborat bo‘ladi. Boshqa
tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida
qo‘shilgan investitsion tovarlar summasini tavsiflash uchun ishlatiladi. Ikki
ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq, joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilgan va
iste‘mol qilingan kapital qiymatini ifodalaydi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o‘rtasidagi nisbat, iqtisodiyot yuksalish,
turg‘unlik yoki tanazzul holatida joylashganligini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkich
(indikator) hisoblanadi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq bo‘lsa, iqtisodiyot yuksalish
bosqichida joylashadi, uning ishlab chiqarish quvvatlari o‘sadi.
Turg‘un iqtisodiyot yalpi investitsiyalar va amortizatsiya teng bo‘lgan
vaziyatni aks ettiradi. Bu iqtisodiyotda mazkur yilda YaIMni ishlab chiqarish
267
jarayonida iste‘mol qilingan vositalarni qoplash uchun zarur bo‘lgan miqdorda
asosiy kapital ishlab chiqarilishni bildiradi. Boshqacha aytganda, sof
investitsiyalar taxminan nolga teng bo‘ladi, ishlab chiqarish quvvatlari
kengaymaydi.
Yalpi investitsiyalar amortizatsiyaga nisbatan kam bo‘lsa, ya‘ni iqtisodiyotda
ishlab chiqarilganga qaraganda kapital ko‘proq iste‘mol qilinsa, iqtisodiyotda
investitsiyalarning qisqarishi ro‘y beradi. Bu yil oxirida asosiy kapital hajmi yil
boshida mavjud bo‘lgandan kam bo‘lib qolishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: