Milliy iqtisodiyot
- alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga
asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va
infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.
Iqtisodiyot sektorlari
- iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra alohidalashgan
hususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo‘g‘inlaridir.
Jahon xo’jaligi-
xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar
ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir.
Har qanday darajadagi makroiqtisodiyot o‘zining turli xil o‘lchamlariga ega.
Jumladan, milliy iqtisodiyotning mulkiy, hududiy, tarmoq, takror ishlab chiqarish
o‘lchamlari farqlanadi. Milliy xo‘jalikning iqtisodiy o‘lchamlari makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topadi.
256
Do'stlaringiz bilan baham: |