IKKINCHI BO’LIM
MAKROIQTISODIYOTNING AMAL QILISHI VA UNING
QONUNIYATLARI
XVII BOB. YALPI ICHKI MAHSULOT VA UNI HISOBLASH USULLARI
1.
Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o’lchami va
ko’rsatkichlari.
2.
Nominal va real yalpi ichki mehnat ko’rsatkichlari.
3.
Milliy mahsulotni hisoblash tizimi. YaIMni hisoblash usullari.
1.
Makroiqtisodiyot tushunchasining mazmuni uning o’lchami va
ko’rsatkichlari
Makroiqtisodiyot
– bu milliy iqtisodiyot, uning alohida mulkiy sektorlari va
jahon xo‘jaligi darajasida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini bir butun
qilib birlashtirgan iqtisodiyot tuzilmasidir.
Makroiqtisodiyotning har qanday darajasidagi tarkib topgan tuzilmasi ijtimoiy
mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv rivojining natijasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |