Absolyut renta
– qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik
monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi yerlardan olinadigan
daromad.
Monopol renta
– alohida tabiiy sharoitga ega bo‘lgan, noyob qishloq
xo‘jalik mahsulotlari etishtiriladigan yerlardan olinadigan renta.
Undurma sanoatda renta
– foydali qazilma konlarining joylashishi (yer
yuzasiga nisbatan) va ularning boyligi jihatdan farqlar natijasida vujudga keladigan
daromad.
Agrosanoat majmuasi
– qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish, uni
saqlash, qayta ishlash va iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog‘liq xo‘jalik
tarmoqlarining birligi.
Qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasi
– bevosita qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishiga xizmat ko‘rsatuvchi sohalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |