Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.

 

Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarish 

tamoyillari 

Korxona  foydalanadigan  ko‘plab  resurslar  miqdori,  ya‘ni  inson  mehnati, 

xomashyo,  yonilg‘i  va  energiya  sarflari  o‘zgarishi  tovar  hajmining  o‘zgarishiga 

ta‘sir  qiladi.  Boshqa  resurslar  jumladan  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  ancha  uzoq 

vaqt  davomida  kengaytirib  mahsulot  chiqarish  hajmini  ko‘paytirish  mumkin. 



234 

Demak,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  hisobga  olishga  vaqt  omili,  ya‘ni  xarajat 

qilingandan  pirovard  natija  olinguncha  o‘tgan  davr  sezilarli  ta‘sir  ko‘rsatadi.  Shu 

sababli  vaqt  omilidan  kelib  chiqib,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqa  va  uzoq 

muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. 

Qisqa  davr  oralig‘ida  korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatlari  o‘zgarishsiz 

qoladi,  ishlab  chiqarish  hajmi  jonli  mehnat,  xomashyo  va  boshqa  resurslar 

miqdorini  ko‘paytirish  orqali  ortishi  mumkin.  Bunda  mavjud  ishlab  chiqarish 

quvvatlaridan foydalanish intensivligi oshiriladi. 

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va butun 

band bo‘lgan resurslar miqdorini ko‘paytirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.  

Ishlab chiqarish quvvatlarining ko‘payishini taqozo qiladigan davr davomiyligi 

ayrim  tarmoq  va  korxona  xususiyatidan  kelib  chiqib  farqlanishi  mumkin.  Jumladan,  

yengil sanoat tarmog‘ida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta 

qo‘shimcha  tikuv  mashinasi  o‘rnatish  bilan  o‘zining  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 

qisqa  vaqtda  (bir  necha  kunda)  oshirishi  mumkin.  Og‘ir  sanoat  tarmoqlarida  yangi 

quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi.  

Demak,  qisqa  muddatli  vaqt  davomida  korxona  o‘zining  doimiy  

quvvatlariga  o‘zgaruvchi  resurslar  miqdorini  qo‘shib  borish  yo‘li  bilan 

ishlab 

chiqarish hajmini ko’paytirishi mumkin.

  

Samaraning  kamayib  borishi    qonunga  binoan,  ma‘lum  davrdan  boshlab; 



korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatlariga  (masalan  kapital  yoki  yerga) 

o‘zgaruvchi  resurslar  birligini  ketma-ket  qo‘shib  borish,  har  bir  keyingi 

o‘zgaruvchi  resurs  birligi  qiymatiga  kamayib  boruvchi  qo‘shimcha  mahsulot 

beradi.  Bu  qonunni    ifodalash  uchun  quyidagi  misolni  keltiramiz.  Faraz  qilaylik, 

fermer foydalanadigan yer doimiy miqdoriga ega bo‘lib, unda don etishtiradi. Agar 

fermer ekinga ishlov bermasa, bir gektar yerdan 40 tsentner hosil oladi deb hisob-

laymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko‘tarilishi 

mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosilni 57 ts. ga, uchinchisi - 61 ts.ga, to‘rtinchisi, 

aytaylik 63 ts.gacha oshiradi. Ekinga keyingi ishlov berishlar faqat juda kam yoki 

nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. 




235 

 Uzoq  muddatli  davrda  barcha  resurslar  miqdori  o‘zgaradi.  Shu  sababli    bu 

davrda  o‘rtacha  xarajatlarning  o‘zgarishi  tamoyilini  ishlab  chiqarish  miqyosi 

o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. 

Ishlab  chiqarish  miqyosining  ijobiy  samarasi  shunda  namoyon  bo‘ladiki, 

korxonada  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘sib  borishi  bilan,  bir  qator  omillar  ishlab 

chiqarish o‘rtacha xarajatlarining pasayishiga ta‘sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar 

quyidagilar:  1)  mehnatning  ixtisoslashuvi;  2)  boshqaruv  xodimlarining 

ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) ikkilamchi mahsulotlar ishlab 

chiqarish. 

Korxonada  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘sib  borishi  bilan  qo‘llaniladigan 

mehnatning  ixtisoslashuv  darajasini  oshirish  imkoniyati  ortib  boradi.  Ishlab 

chiqarish  jarayonida  besh  yoki  oltita  operatsiyani  bajarish  o‘rniga,  endi  har  bir 

ishchi  bitta  yagona  vazifani  oladi.  Bitta  vazifani  bajarish    esa,  ishchining  mehnat 

unumdorligini  o‘stiradi.  Bu  ishlab-chiqarish  xarajatlarining  kamayishiga  olib 

keladi. 


Ishlab  chiqarish  miqyosining  kengayib  borishi  chuqur  ixtisoslashuv  tufayli 

boshqarish  bo‘yicha  mutaxassislar  mehnatidan  ancha  yaxshi  foydalanish 

imkoniyatini  beradi.  Bu  oxir  oqibatda  samaradorlikning  oshishi  va  mahsulot 

birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 

 

Korxonaning  iqtisodiy  ahvoli  u  ishlab  chiqarayotgan  tovarlarning  narxiga 



bog‘liq  bo‘ladi. Agar  narx  o‘rtacha  iqtisodiy  xarajatlarini  qoplasa  bunda  iqtisodiy 

foyda nolga teng bo‘ladi. Agar o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past 

bo‘lsa,  korxona  qo‘shimcha  iqtisodiy  foyda  oladi.  Bunda  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.  

 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish