pul qo’yganligini tasdiqlaydi.
Obligatsiya hissadorlik jamiyati moliyaviy
mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi.
Aktsiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori
hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aktsiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik
kafolatlangan daromad keltiradi, ammo hissadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda
ovoz berish huquqini bermaydi.
Ta’sischilik foydasi.
Hissadorlik jamiyatining tashkil topishi ta‘sischilik
foydasi kabi daromad turining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ta‘sischilik foydasi
sotilgan aktsiyalar summasi va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo‘yilgan
mablag‘ miqdori o‘rtasidagi farqdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |