2.
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
Bozor iqtisodiyoti –
xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan, iqtisodiy
jarayonlar bozor mexanizmi yordamida uyg‘unlashtiriladigan va tartibga
solinadigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllaridagi harakati yotadi,
iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Bozor iqtisodiyoti sub‘ektlari tarkibi turli – tuman bo‘lib, uch turga ajratiladi.
1.
Uy xo’jaliklari
– iqtisodiyotning iste‘mochilik sohasida faoliyat
ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida yaratilgan pirovard
tovar va xizmatlar iste‘mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo‘jaliklari mulkdor
va ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |