Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

ikkinchi  bosqich

  1994–1995-yillarga 

to‘g‘ri  keldi.  Bu  bosqichda  ko‘plab  o‘rta  va  yirik  korxonalar  aktsiyadorlik 

jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aktsiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar 

bozorining  asosini  tashkil  etdi.  Davlat  mulkining  hissadorlikka  aylantirilishi  bilan 

bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishning  bu  bosqichida 

ochiq  turdagi  aktsionerlik  jamiyatlarini  vujudga  keltirish,  davlat  mulkini  tanlov 

asosida  hamda  kim  oshdi  savdosida  sotish  amaliyotga  joriy  qilindi.  Ko‘chmas 

mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. 

Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishdan  keladigan 

samara  ikki  yoqlama  xarakterga  ega.  Bir  tomondan,  u  aholining  bo‘sh  turgan 

mablag‘larini  o‘ziga  jalb  qilib,  ularning  bozorga  tazyiqini  pasaytiradi.  Ikkinchi 

tomondan,  yangi  mablag‘larni  ishlab  chiqarishga  jalb  etish  va  tovar  ishlab 

chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda 

shuni  ta‘kidlash  lozimki,  xususiylashtirish  iqtisodiyotning  davlatga  qarashli 

bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida 

yakka  tartibdagi  xususiy  mulkchilikka  asoslangan,  shuningdek,  turli  xil 

kooperativlar,  shirkatlar,  mas‘uliyati  cheklangan  jamiyatlar  ko‘rinishidagi  kichik 

va o‘rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 

Respublika  iqtisodiyoti  1996  yildan  boshlab  mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish  va  xususiylashtirishning 



uchinchi  bosqichiga

  kirdi.  Bu  bosqich 

yakunlovchi  xarakterga  ega  bo‘lib,  bu  davrda  xususiylashtirilmaydigan  ob‘ektlar 

ro‘yxatiga kirmagan barcha ob‘ekt va korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. 

Respublikada 

xususiylashtirishning 

manzilli 

yo‘naltirilganligi  uning 

navbatdagi  xususiyatidir.  Bu  aholining  barcha  qatlamlariga  mazkur  jarayonda 

aniqroq  va  natijaliroq  qatnashish  imkonini  beradi.  Xususiylashtirishning  manzilli 




64 

yo‘naltirilganligi  uy-joylarning  o‘z  egalariga  imtiyozli  yoki  bepul  berilishida, 

aholining  ko‘proq  muhtoj  va  zaif  qatlamlarini  qo‘llab-quvvatlashning  turli  xil 

dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi 

xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 

O‘zbekistonda  xususiylashtirishning  to‘lovliligi  uning  navbatdagi  muhim 

xususiyatidir.  Pulni  to‘lash  orqali  davlat  tasarrufidagi  korxona  va  ob‘ektlarni 

xususiylashtirishda  mulkni  bepul  taqsimlash  bilan  bog‘liq  salbiy  holatlar  bartaraf 

etilishi  bilan  birga  qator  muammolarni  hal  qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Bulardan 

asosiysi  avvalo  tadbirkorlikni,  xususiylashtirilgan  korxonalarni  davlat  tomonidan 

qo‘llab-quvvatlashning 

moliyaviy 

manbalari 

paydo 


bo‘ladi, 

bozor 


infrastrukturasini  barpo  etish  uchun  resurslar  vujudga  keladi  va  aholini  ijtimoiy 

muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. 

Navbatdagi  muhim  xususiyat  –  respublikada  mulkni  davlat  tasarrufidan 

chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi

12



Ijtimoiy  kafolatlar  bir  butun  imtiyozlar  tizimi  orqali  yaratildi.  Bular 



xususiylashtirilayotgan  korxona  mehnat  jamoasiga  aktsiyalarni  imtiyozli  shartlar 

bilan  sotish,  yangi  mulkdorga  eskirgan  asosiy  fondlar  hamda  ijtimoiy 

infrastruktura  ob‘ektlarini  bepul  topshirish,  davlat  korxonalarining  mol-mulki, 

fermalar,  bog‘lar  va  shu  kabilarni  imtiyozli  shartlar  asosida  xususiylashtirish, 

hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir. 

 

Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari 



quyidagilar: 

a)  davlat  mulkini  xususiylashtirish  respublikada  amalga  oshirilayotgan 

islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 

v)  xususiylashtirishni  huquqiy-me‘yoriy  jihatdan  ta‘minlashda  qonunlarga 

rioya etiladi. 

                                                             

12

 И.А.Каримов Ўзбекистон, иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида.-Т.: «Ўзбекистон», 1995. 51 



бет. 

 



65 

Respublikamizda 

xususiylashtirish 

jarayonining 

hozirgi 

bosqichdagi 

yo‘nalishlari islohotlarni chuqurlashtirish talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Bu 

avvalo,  kichik  va  o‘rta  biznesni,  xususiy  tadbirkorlikni  rag‘batlantirishga  qarati-

lishi zarur. Kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi 

ichki  mahsulotini  shakllanti-rishda  asosiy  bo‘g‘in,  balki  aholi  bandligi  va 

daromadlari  manbaining,  milliy  farovonlikka  erishishining  muhim  omili  ham 

bo‘lishi darkor. 

Hozirgi  davrda  xususiylashtirishdagi  an‘anaviy  yo‘nalish  davlat  ro‘yxatiga 

kirmagan  korxona  va  ob‘ektlarni  bu  jarayonga  jalb  qilish  ham  o‘z  o‘rniga  ega 

bo‘lib qolaveradi. Yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlarini keng aholi qatlami, shu 

jumladan  chet  el  kapitali  ishtirokini  ta‘minlaydigan  ochiq  turdagi  jamiyatlarga 

aylantirish xususiylashtirishdagi navbatdagi yo‘nalishdir. 

Respublikamizda  xususiylashtirish  bo‘yicha  qo‘yilgan  vazifa,  davlat  sektori 

bozor  sharoitida  ham  sezilarli  rol  o‘ynashini  inkor  qilmaydi.  Chunki 

iqtisodiyotning  davlat  korxonalari  saqlanib  qolishi  kerak  bo‘lgan  sohalar  ham 

mavjud.  Bunday  korxonalar  uchun  ularning  bozor  sharoitlariga  tarkiban 

moslashuviga  imkon  beradigan  xo‘jalik  yuritish  mexanizmini  ishlab  chiqish  talab 

qilinadi. 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish