Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet316/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

2.

 

Keynscha model 

 

Klassik  modelda  aks  etgan  iqtisodiy  voqelik  bir  asr  o‘tib  ―Buyuk 



depressiya‖  davrida  sinovdan  o‘tmadi  va  yangi  paydo  bo‘lgan  omillar  ta‘sirini 

nazariy  umumlashtirishni  taqozo  etdi.  Bu  bozordagi  jarayonlarni  narxsiz 

mexanizmlar bilan tushuntirishni zarur qilib qo‘ydi.  

Bu  vazifa  iqtisodiyot  nazariyasida  yangi  yo‘nalishni boshlab bergan Dj. M. 

Keyns  tomonidan  hal qilindi.  Uning  nazariyasi  makro darajadagi tahlil zarurligini 

tasdiqladi va XX asrning 30-yillaridan  iqtisodiyot nazariyasining rasmiy  mikro  va 

makroiqtisodga bo‘linishiga sabab bo‘ldi. 

Dj.M.  Keyns  birinchi  bo‘lib  bozor  iqtisodiyotining  o‘z-  o‘zini  tartibga 

solishiga layoqatliligi to‘g‘risidagi xukmron qarashdan voz kechib, makrodarajada 

uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini asosladi. 

U  o‘z-o‘zini  tartibga  solish  dastagi  hisoblangan  narx,  ish  haqi  va  foiz 

stavkasi  egiluvchanligini  inkor  etdi.  Shu  sababli,  Keyns  talabni  rag‘batlantirishga 

yo‘naltirilgan  faol  makroiqtisodiy  siyosat  zarurligi  to‘g‘risidagi  qarashida  qattiq 

turdi.  U  ishlab  chiqarish  va  bandlikning  o‘zgarishi  taklif  omillariga  emas,  balki 

yalpi  talabga  bog‘liqligini  isbotladi.  Keyns  fikricha,  yalpi  sarflar  tarkibiy 

qismlaridan har biri, asosan iste‘mol va investitsiyalar o‘z-o‘zicha o‘zgarib turishi 

mumkin. 

Bandlikning  ortishi  milliy  daromad  (MD)  o‘sishiga  olib  keladi  va  u 

iste‘molni  belgilab  beruvchi  asosiy  omil  hisoblanadi.  MD  hajmi  qanchalik  ko‘p 

bo‘lsa,  yalpi  talab  ham  shunchalik  katta  bo‘lishi  zarur.  Biroq  iste‘molga  sarflar 




284 

daromadlar  o‘sgan  darajaga  mos  ravishda  ko‘paymaydi.  Buning  sababi  Keyns 

fikricha,  ―asosiy  psixologik  qonun‖  hisoblanib  daromadlar  o‘sib  borishi  bilan 

iste‘molga moyillik pasayadi va daromadning jamg‘armaga yo‘naltiriladigan qismi 

ulushi  nisbatan  ko‘proq  ortadi.  Natijada  MD  hajmi  qanchalik  katta  bo‘lsa 

iste‘molchi real talabi nisbatan shunchalik kam bo‘ladi. 

Aynan  u  ishlab  chiqarish  hajmi  va  shu  orqali  bandlik  darajasiga  ta‘sir 

ko‘rsatadi.  Iste‘molchilik  sarflaridagi  ―yetishmovchilik‖  investitsiyalar  bilan 

qoplanishi  zarur.  Biroq  Keyns  qarashicha  jamg‘armaning  o‘sishi  o‘z-o‘zidan 

investitsiyalar  ko‘payishiga  olib  kelmaydi.  Investitsiyalar  o‘sishiga  1)  kapital 

unumdorligi  kamayib  borish  qonuni  amal  qilishi  tufayli  kutilayotgan  foyda 

normasi  pasayishi  va  2)  foiz  normasiga  bevosita  bog‘liq  yuqori  likvidlikning 

(zaxirada naqd pulga ega bo‘lishiga intilish) afzal ko‘rilishi to‘siq bo‘ladi. 

Keyns  narxning  kam  xarakatchanligi  dalilini  hisobga  olib  uning  o‘rniga 

―sotish hajmi‖ ko‘rsatkichini ilgari suradi. 

Bu  yalpi  talab  va  yalpi  taklif  muvozanatli  hajmi  shakllanish  mexanizmini 

yangicha tasavvur qilish imkonini beradi. MD hajmining har qanday o‘sishi ishlab 

chiqarish va shu orqali yalpi taklif hajmi ortishining natijasi hisoblanadi.              

Yalpi  talab  chizig‘ining  boshlanish  nuqtasi  ―nol‖  belgisidan  yuqoriroq 

joylashadiki,  iste‘molning  ayrim  eng  muhim  turlarini  kishilar  hatto  daromadi  eng 

kam darajada bo‘lganda ham amalga oshiradi. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish