Ortiqcha quvvatlar
. Ortiqcha quvvatlar, ya‘ni mavjud foydalanilmaydigan
asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda
tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak
investitsion sarflari ko‘payadi.
Davlat sarflari.
Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat
xaridining ko‘payishi yalpi talabning o‘sishiga, uning kamayishi yalpi talabning
qisqarishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |