Iste’molchining kutishi
. Iste‘molchilik sarflari hajmidagi o‘zgarish, uning
narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga
bog‘liq. Jumladan, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadi ko‘payadi,
deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor
bo‘ladi. Natijada bu davrda iste‘molchilik sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa
kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real
daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste‘molchilik sarflari va demak,
yalpi talabi qisqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |