Sof milliy mahsulot (SMM)
– Yalpi ichki mahsulotdan uni ishlab chiqarish
uchun sarflangan moddiy xarajatlarni chiqargandan keyin qolgan qismi.
Milliy daromad
– yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo‘lib, SMMdan
egri soliqlarni chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Shaxsiy daromad
– milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari,
korxona foydasidan olinadigan soliqlar va uning taqsimlanmaydigan foydasini
chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy (davlatning
transfert to‘lovlari) to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Nominal YaIM
– joriy narxlarda hisoblangan YaMM.
Real YaIM
– narxlarning o‘zgarishini hisobga olib, doimiy narxlarda
hisoblangan YaIM.
Do'stlaringiz bilan baham: |