Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


-chizma. Yer rentasining aniqlanishi



Download 6,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/558
Sana11.01.2022
Hajmi6,4 Mb.
#351409
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   558
Bog'liq
ЖУРАЕВ дарслик-2018

16.1-chizma. Yer rentasining aniqlanishi 

Yer  taklifining  doimiy  xarakteri  shuni  bildiradiki,  talab  yer  rentasini 

belgilovchi  yagona  omil  bo‘lib  chiqadi,  taklif  passiv  rol  o‘ynaydi.  Yerga  bo‘lgan 

talabni  o‘z  navbatida  ikkita  asosiy  omil  belgilab  beradi..  Bular 



shu  yerda 

etishtirilgan mahsulot  narxi va yerning unumdorligi. 

Agar  yerga bo‘lgan talab D

2

 

dan  D



1

  ga  ortsa  yoki  D

2

  dan  D


3

  ga  pasaysa,  yer  rentasi  R

2

  dan  R


1

  ga  yoki  R

3

  ga 


o‘zgarishi mumkin, yerga talab miqdorining o‘zgarishi mavjud yer miqdoriga hech 

qanday  ta‘sir  ko‘rsatmaydi.  Agar  yerga  talab  faqat  R

4

  ga  teng  bo‘lsa,  yer  rentasi 



nolga teng bo‘ladi, ya‘ni yer «tekin tovar» hisoblanadi. 


242 

Turli  yer  uchastkalari  o‘zlarining  unumdorligi  bo‘yicha  keskin  farqlanishi 

sababli  bu  yerlarda  rentaning  vujudga  kelishida  ham  farq  bo‘lishiga  olib  keladi.  

Yer  unumdorligidagi bu  farqlar,  unga bo‘lgan talabda o‘z aksini topadi. Narxning 

raqobatli bozor sharoitida  tashkil  topishi juda  unumdor  yerlarga  yuqori rentaning, 

past  unumdor  yerlarga  bir  muncha  kamroq  rentaning  o‘rnatilishiga  sabab  bo‘ladi. 

Yerning  o‘rnashgan    joyi  (bozorlarga,  temir  yo‘llarga,  suv  manbalariga  va  shu 

kabilarga)  ham  yer  rentasidagi  farqlarni  tushuntirishda  muhim  omil  hisoblanadi. 

Boshqa sharoitlar bir xil bo‘lganda ijarachi mehnat va moddiy resurslarga nisbatan 

qulay  joylashgan  yer  birligi  uchun,  bozordan  uzoq  joylashgan  yerlarga  nisbatan 

ko‘proq ijara haqi to‘laydi.  

Shunday qilib yerga bo‘lgan talab va renta miqdoriga ta‘sir qiluvchi omillar 

quydagilar: 

 



Yerlarning  unumdorligi.  Bir  turdagi  ekinlar  ekilganda  unumdorligi 

yuqori  bo‘lgan  yerlarga  talab  katta  bo‘ladi  va  bu  rentaning  ham  yuqori  bo‘lishiga 

olib keladi. 

 



Foydalanishda  bo‘lgan  yerlarda  etishtiriladigan  qishloq  xo‘jalik 

maxsulotlarining  bozor  narxi.  Qaysi  mahsulotning  bozor  narxi  yuqori  bo‘lsa,  shu 

ekin ekiladigan yerlarda renta ham yuqori bo‘ladi. 

 



Birgalikda 

foydalaniladigan 

boshqa 

resurslarning 

narxlari 

va 


unumdorligi.  Masalan,  qishloq  xo‘jalik  mashina  va  uskunalarining  narxi  hamda 

unumdorligi renta miqdoriga ta‘sir ko‘rsatadi. 

 

Yer  maydonlarining  shahar  markazlari,  bozorlar,  yo‘llar  va  suv 



manbalariga joylashishining uzoq-yaqinligi. 

 



Yerlardan  sanoat,  qurilish  va  boshqa  maqsadlarda  foydalanish 

imkoniyatining mavjudligi. 

 

Yerlarda ekin turlarini joylashtirish imkoniyatlari darajasi. 



Unumdorligi  bir  xil  bo‘lmagan  yerlarda  vujudga  keladigan  renta 

miqdoridagi  farqlarni  yuqoridagi  grafikda,  faqat  bir  muncha  boshqa  nuqtai 

nazaridan  oson  kuzatish  mumkin.  Bunda  har  xil  unumdorlikka  ega  bo‘lgan  yer 

uchastkasida  oldingidek  faqat  bitta  qishloq  xo‘jalik  mahsuloti,  aytaylik  don 




243 

etishtiriladi,  har  bir  yer  uchastkasining  hajmi  doimiy    (SS  ga  teng)  deb  faraz 

qilinadi.  Kapital,  mehnat  va  o‘zaro  bog‘liq  boshqa  resurslar  miqdorini  barcha 

uchastkalarga bir xil sarflaganda ularning unumdorligi yoki yanada aniqroq, pulda 

ifodalangan keyingi  unumdorligi  har bir  uchastka  uchun D

1

, D



2

, D


3

, D


4

 talab egri 

chizig‘ining holatidan ko‘rinadi. 1-, 2-, 3- er uchastkalariga mos keluvchi iqtisodiy 

renta  R


1

,  R


2

  va  R


3

dan  iborat  bo‘ladi,  bunda  rentalardagi  farq  uchta  yer 

uchastkasining sifati, bir xil emasligini ko‘rsatadi. 4-er uchastkasining unumdorligi 

shunchalik pastki, ijarachilar uchun uni to‘liq qishloq xo‘jalik aylanmasiga kiritish 

foydasiz.  Rentaning  vujudga  kelishini  tahlil  qilishda  yerdan  foydalanishning 

muqobil  variantlari  mavjud  bo‘lishini  ham  hisobga  olish  lozim.  Ma‘lum  yer 

uchastkasidan nafaqat don, balki boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, 

mol  boqish,  uy  yoki  boshqa  ob‘ektlar  qurish,  hamda  sanoat  ishlab  chiqarish 

maqsadlarida foydalanish mumkin. Yerdan foydalanishning bu muqobil variantlari 

ham renta miqdorida farqlar bo‘lishiga olib keladi.  

Renta  iqtisodiy kategoriya sifatida, taklifi  noegiluvchan  bo‘lgan  har  qanday 

omil  hisobiga  olingan  daromadni  anglatadi.  Renta  turidagi  daromad  taklifi 

cheklangan  boshqa  tabiiy  resurslarda  ham  uchraydiki,  ular  ko‘pincha 

kvazirenta

 

deb ataladi. 



Kvazirenta  –  bu  qandaydir  ishlab  chiqarish  omili  taklifi  kam  yoki  ko‘p 

darajada cheklanganligi keltirib chiqaradigan daromaddir.  

Daromadlarga  bunday  yondoshuv,  masalan,  nima  uchun  bir  kasbdagi 

kishilar  ish  haqida  juda  katta  farqlar  mavjud  bo‘lishini  tushunib  olish  imkonini 

ham  beradi.  Agar  gap  taklifini  ko‘paytirish  mumkin  bo‘lmagan  beqiyos  talant, 

noodatiy  tug‘ma  layoqat  haqida  ketsa,  ish  haqi  ko‘p  marta  ortadi.  Shu  sababli, 

kinoyulduz  yoki  gipnozchi  daromadini  ish  haqidan  ko‘ra  renta  deb  hisoblash 

maqsadga muvofiq. 

 


Download 6,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish