3.
O’rnini bosish va daromad samarasi
Bozorda tovarlar narxi hamda iste‘molchi daromadlari darajasi o‘zgarib
turadi.
Iste‘molchining narx o‘zgarishiga ta‘sirchanligi
o’rnini bosish samarasi
deyiladi. Bunda bir tovar narx o‘sganda xaridor uchun o‘rnini bosuvchi boshqa
tovar nisbatan arzon bo‘lib qoladi hamda u ancha qimmatli tovarni mazkur tovar
bilan almashtiradi. Jumladan, margarin va sariyog‘ shunday o‘rnini bosuvchi
tovarlar hisoblanadi. Ulardan biriga narxning o‘sishi boshqasining xarid
qilinadigan miqdori ortishi bilan birga boradi.
Daromad samarasi narx o‘zgarishi oqibatida iste‘molchi pul daromadi xarid
qilish layoqati tebranishi natijasida tovarlarga talabning o‘zgarishidir. Daromad
samarasi turli xaridorlar toifasi uchun har xil o‘ringa ega bo‘ladi.
Iste‘molchi tanlovini o‘rganishda mazkur tanlov oqilona ravishda amalga
oshiriladi va quyidagi shartlar ta‘minlanadi deb faraz qilinadi:
1)
mavjud va cheklangan byudjetdan to‘liq foydalaniladi;
2)
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Ma‘lum olingan tovarning narxi o‘zgarsa, u byudjet chizig‘iga ikkala
turdagi o‘zgarish orqali ta‘sir qiladi. Bu daromad samarasi va o‘rnini bosish
samarasi. Agar ikki tovardan aytaylik B tovarning narxi oshsa unda
byudjetimizning real qiymati pasayadi, natijada iste‘molchi nominal qiymati
o‘zgarmagan xuddi shu byudjet darajasida har ikkala tovardan kamroq sotib olishi
mumkin va bu byudjet chizig‘i chap tarafga parallel ravishda ko‘chib o‘tib, Q
a1
Q
b1
to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx o‘zgarishining daromad samarasi deyiladi.
Ammo narx o‘zgarishi natijasida o‘rnini bosish samarasi yuz beradi. A tovarning
narxi va ikkala tovarlarning nafliliklari o‘zgarmay turib V tovarning narxi oshishi
uning narxiga nisbatan so‘nggi qo‘shilgan nafliligini kamaytiradi va iste‘molchi
o‘z tanlovini A tovarga tomon o‘zgartiradi. Bu esa byudjet chizig‘ining
o‘zgarishiga olib keladi va iste‘molchi daromadi darajasini o‘zgartirmagan holatda
206
Q
a1
Q
b1
byudjet chizig‘i Q
a0
Q
b2
to‘g‘ri chizig‘i shaklini oladi. Bu narx
o‘zgarishining o‘rnini bosish samarasi deyiladi
49
Normal tovarlar uchun quyidagilar xarakterli: xaridor o‘sgan real
daromadining bir qismini mazkur tovarlar iste‘molini ko‘paytirishga sarflaydi,
ya‘ni o‘rnini bosish va daromad samarasi bir xil yo‘nalishda ta‘sir ko‘rsatadi.
Daromad samarasi ko‘p darajada oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar,
tamaki mahsulotlari va boshqa shu kabi tovarlarga nisbatan o‘z o‘rniga ega bo‘ladi.
Mazkur tovarlar uchun sarflar iste‘molchi byudjetining sezilarli qismini tashkil qiladi,
shu bilan bir vaqtda tovar birligi narxlari unchalik katta bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |