Bozor infratuzilmasi



Download 0,79 Mb.
bet328/413
Sana22.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#399905
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   413
Bog'liq
uzbekistin rivojlanish yo\'lida

Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.

Davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Buning mazmuni Shundan iboratki, birinchidan, ko‘pchilik mamlakatlarda davlat banki yagona markaziy bankdan iborat bo‘lib, u o‘tkazadigan siyosat tartiblari Yuqori davlat organlari tomonidan o‘rnatiladi.



Ikkinchidan, Markaziy bank tijorat banklari va jamg‘arma muassasalaridan mablag‘larni qabul qilib, ularga kredit beradi. Xususan, Shu sababga ko‘ra markaziy bank “banklar banki” deyiladi.

Uchinchidan, Markaziy bank faqat foyda olishga intilib faoliyat qilmaydi, davlatning butun iqtisodiyot holatini yaxshilash siyosatini amalga oshiradi va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.

Markaziy bank ko‘plab xilma-xil vazifalarni bajaradi.

Birinchidan, boshqa bank muassasalarining majburiy zahiralarini saqlaydi. Bu zahiralar pul taklifini boshqarish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zahiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.

Ikkinchidan, cheklarni qayd (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblarni amalga oshiradi, ularga kreditlar beradi.

Uchinchidan, davlatning monetar siyosatini amalga oshiradi.

To‘rtinchidan, barcha banklar faoliyatini uyg‘unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Beshinchidan, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.

Oltinchidan, pul taklifi ustidan nazorat qilish ma’suliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi.

Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishda pul muomalasini tartibga soladi.



Monetar siyosatning asosiy maksadi inflyasiyani past darajada ushlab turish va so‘mning barqaror ayirboshlash kursini ta’minlashdan iborat. Mazkur vazifalar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan umumiqtisodiy siyosat bilan uzviy bog‘langandir.

O‘zbekiston Markaziy banki o‘zining asosiy vazifalarini bajarish bilan bir qatorda, bank xizmatlarini erkinlashtirishga qaratilgan siyosatni ham olib boradi. Bank tomonidan pul kredit siyosatining vositalari sifatida ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi, ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar, qayta moliyalashtirish stavkasi va tijorat banklariga majburiy zahira talablari vositalari ham ishga solinadi.

O‘zbekiston Markaziy banki pul bozorlarida qisqa muddatli likvidlikni tartibga solish maqsadida ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshiradi. Xususan, 2004 yil mobaynida tijorat banklarining bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va muomalaga qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hajmi 100 mlrd.so‘mni tashkil etdi. 2004 yilda xorijiy valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari birjadan tashkari bozorda amalga oshirildi. Valyutani erkinlashtirish natijasida milliy valyuta konvertatsiyasining joriy qilinishi evaziga ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar salmog‘i sezilarli darajada ortdi. Shu bilan bir qatorda, tashqi savdo jumladan, eksport operatsiyalarining kengayishi tashqi savdo balansining ijobiy qoldig‘i (1,037 mlrd. AQSH dollari) bo‘lishiga va O‘zbekiston Markaziy bankining oltin valyuta zahirasining ortishiga (30%dan ortiq) olib keldi.

O‘zbekiston Markaziy banki keyingi yillarda qulay foiz stavkasi siyosatini olib bormoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida qayta moliyalash stavkasi ikki marotaba qisqardi: birinchi marta iyul oyida 20%dan 18% ga va ikkinchi marta 2004 yilning dekabr oyida – 18%dan 16%ga. O‘zbekiston Markaziy banki stavkalarining pasayishi avvalo, bank tizimining qo‘shimcha resurslarga bo‘lgan talabi va inflyasiyaning past darajasi bilan moslashtirildi. Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasining pasayishi jarayonida tijorat banklarining foiz stavkalarini pasayishi ham kuzatildi.72




Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish