Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish


L miqdorga ta’sir etuvchi omillar



Download 318,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana09.07.2022
Hajmi318,13 Kb.
#766237
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozor hajmini aniqlashda ekonometrik modellardan foydalanish

1.L miqdorga ta’sir etuvchi omillar:
a)
ish kuni, haftasi, yilining davomi;
b)
ishchi kuchining yosh tarkibi;
v) ishchi kuchining jins bo‘yicha tarkibi.
2.MUga ta’sir etuvchi omillar:
a)
umumiy ta‘lim darajasi;
b)
kasbiy ta‘lim darajasi
v) ko‘nikma darajasi (kasb bo‘yicha ishlagan vaqt);
g) mehnatga haq to‘lash darajasi va tizimi.
Ishlab chiqarish fondlari (moddiylashgan mehnat):
1.K miqdoriga ta‘sir etuvchi omillar:
a)
fondlarning qancha vaqt ishlatilishi va potensial quvvatlardan
foydalanish darajasi;
b)
fondlarning aylanma tezligi.
2.Ishlab chiqarish fondlari baholanishiga ta’sir etuvchi omillar: 
a)
fondlar texnologik darajasi va ma‘naviy eskirish darajasi;
b)
fondlarning tarmoqlararo taqsimlanishi;
v) fondlarning hududiy taqsimlanishi;
g) ishlab chiqarish ko‘lami.
Omilli
yondashuvning
rivoji ishlab chiqarish
funksiyasi
usuli 
takomillashuvidan ko‘ra, iqtisodiy va statistik ishlar chuqurlashuvini ko‘zda tutadi.
Omil tahlil va prognozlashda tarmoqlararo nuqtai nazarlarga yondashish maqsadga 
muvofiqdir. Birinchidan, tarmoqlarning omillar va xususiyatlari roli kuchayadi, oraliq 
harajatlar (hom ashyo, yoqilgi, elektrenegiya, yarimfabrikatlar) muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan jonli mehnat va ishlab chiqarish fondlarini differensiyalash imkoni paydo 
bo‘ladi (masalan, ish kuchini kasblar va malaka darajasiga qarab guruhlash). Uchinchidan bir 
tarmoq o‘sishi boshqa tarmoq o‘sishiga asos bo‘lgani uchun, omil tahlil tarkibiy tahlil bilan 
birikib ketadi.
 
2. Inflyatsiya jarayonining sur’atini prognozlash. 
Inflyatsiya - bu, milliy valyuta qadrsizlanishi. Buning natijasida tovar va xizmatlar 
narxining yoppasiga o‘sishi ro‘y beradi (ochiq inflyatsiya). Ammo davlat narxlarni 
«muzlatib» qo‘ysa va shu bilan birga inflyatsion omillar amal qilsa, inflyatsiya potensiali 
o‘sadi (siqilgan inflyatsiya) va agar narxlar «qo‘yib yuborilsa», narxlarning ko‘chkisimon 
o‘sishi ro‘y beradi. Inflyatsiyaga narxlarning o‘sishi olib keladi, lekin har qanday narxning 
o‘sishi inflyatsiya bilan boglanmagan.
Narxlar o‘sishining inflyatsion sabalarini qo‘rib chiqamiz.
Avvalo-bu, davlat byudjet defitsitida aksini topuvchi davlat harajatlari va 
daromadlarining nomutanosibligi, balanslashmaganligidir. Agar bu defitsit mamlakat 
markaziy emission bankida zayomlar hisobiga, boshqacha aytganda «bosma uskunasidan» 


faol foydalanish hisobiga moliyalashtirilsa, muomaladagi pul massasining oshishiga olib 
keladi, o‘z navbatida narxlar darajasining o‘sishi ro‘y beradi.
Agar analogik usullar bilan investitsiyalarni moliyalashtirish amalga oshirilsa, 
narxlarning inflyatsion o‘sishi ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, iqtisodiyotni 
militarizatsiyalash bilan bogliq investitsiyalar inflyatsion xavfli hisoblanadi. MDni harbiy 
maqsadlarga noishlab chiqarish iste‘moli nafaqat milliy boylikni yo‘qotishini anglatadi, bir 
vaqtning o‘zida harbiy assignatsiya qo‘shimcha to‘lovga qobil talabni shakllantiradi, bu esa 
pul massasining tovar ta‘minotisiz osilishiga olib keladi. Harbiy harajatlarning o‘sishi davlat 
byudjeti surunkali defitsitining va davlatning boshqa davlatlardagi qarzlari ko‘payishining 
sabablaridan biri va u davlatni pul massasini ko‘paytirishga majbur qiladi.
Narxlar darajasining umumiy ko‘tarilishi zamonaviy iqtisodiyot nazariyasining turli 
maktablari hamda XX asr o‘rtasi va oxirida bozor strukturasining o‘zgarishi bilan bogliq. 
Bozorda ko‘plab ishlab chiqaruvchilar faoliyat ko‘rsatsa va kapital qo‘yilishi oson bo‘lganda 
bu struktura raqobat shartlari xaqida tobora kamroq eslatadi. Zamonaviy bozor – bu, ma‘lum 
darajada oligopolistik bozordir. Oligopoliya esa baho (narx) ustidan ma‘lum hokimiyatga 
ega. Barqaror narxlarni saqlab qolishga intilib, oligopoliyalar ularning mahsulotiga talabning 
pasayganida odatda, narxlarni pasaytirmaydilar, balki defitsitni vujudga keltirib, ishlab 
chiqarishni 
qisqartiradilar. 
Bundan 
tashqari 
oligopoliya 
asosida 
kuchli 
kasaba 
uyushmalarning faoliyati tufayli «narxlar-ish xaqi-narxlar» inflyatsion spirali shakllanadi.
U yoki bu davlat iqtisodiyoti «ochiqligi»ning o‘sishi bilan, uning jahon xo‘jalik 
aloqalariga kirib borishi bilan import inflyatsiyasi xavfi ortib boradi. Shunday holda, 1973 
yilda energotashuvchilar narxining o‘sishi («energetik krizis») import qilinuvchi neft 
narxining o‘sishiga va texnologik zanjir bo‘yicha boshqa tovarlarning narxining o‘sishiga 
olib keldi. O‘zgarmas valyuta kursi sharoitida mamlakat har gal import tovarlari narxlari 
ko‘tarilishiga «tashqi» ta‘sirni boshdan kechiradi.
Inflyatsion kutishlar natijasida inflyatsiya o‘zini - o‘zi quvvatlovchi xarakter kasb 
etadi. Garb mamlakatlari va mamlakatimizdagi olimlarning ko‘pchiligi bu omilga alohida 
qaraydilar. Ular ishlab chiqaruvchilar va aholining inflyatsion kutishlarini yengib o‘tish - 
antiinflyatsion siyosatning eng muhim (agarda bosh bo‘lmasa) vazifasi deya urgu beradilar.
Inflyatsion kutishlarning iqtisodiyotga ta‘sir mexanizm qandayq Gap shundaki, aholi 
uzoq vaqt davomida narxlarning o‘sishini ko‘rib va ularning pasayishiga umidni yo‘qotib, 
o‘zining joriy ehtiyojlaridan ortiq tovarlar sotib ola boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida odamlar 
nominal ish haqini oshirishni talab qiladilar va shu bilan joriy iste‘mol talabining 
ko‘payishiga turtki beradilar. Ishlab chiqaruvchi yaqin orada xom-ashyo, material va 
jamlovchi mahsulotlar qimmatlashishini kutib, mahsulotiga yuqoriroq narx kuya boshlaydi. 
Puldan qochish boshlanadi.
Inflyatsiya va uning omillari orasidagi vaqtli boglanishni belgilash muhim, bu 
inflyatsion jarayonlarni prognozlash va boshqarishga imkon beradi. Inflyatsiyaning yangi 
kurtagi chiqishi – bu, omillarning vaqt orasidagi dinamikasi bilan bogliq. Pul massasining 
o‘sishi va uning tovar bilan ta‘minlanishi o‘rtasidagi nisbatni topish uchun ishlab chiqarish 
va narxlar darajasi dinamikasini tahlil qilish zarur. Aynan indeks inflyatsiyadan darak beradi. 
Narxlar indeksini hisoblash uchun ma‘lum vaqtdagi «bozor savati» tovar va xizmatlarning 
jami narxlari o‘rtasidagi munosabat olinadi. Odatda, «bozor savati» tovarlari tarkibiga barcha 
aholi xarid qiladigan ko‘prok tovarlar kiritiladi. Indeks, odatda, %da ifodalanadi:


Z S C 
100%
Bu yerda: Z-berilgan davrdagi narxlar indeksi, %;4 S-berilgan davrdagi «bozor 
savati» narxi; S-bazis davrdagi «bozor savati» narxi.
Biroq, bu indeks quyidagi qator sabablarga ko‘ra, inflyatsiyaning real darajasidan past 
bo‘lib chiqadi:
1.
Avvalo, odatda, «savat» tarkibiga kirmaydigan, yangi turdagi mahsulotlarning 
narxi oshiriladi. Shuning uchun «savat» bo‘yicha hisoblangan narxlarning o‘sish indeksi 
savdodagi barcha tovarlar guruhi bo‘yicha hisoblangan indeksdan ancha past chiqadi.
2.
Хalq iste‘moli tovarlarining chakana narxi tushishi o‘rniga ularning sifati 
pasayishi mumkin. Alohida tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 1987-1989 yillarda 
sovet korxonalari ishlab chiqargan xalq iste‘moli tovarlarining sifati har yili o‘rtacha 2%ga, 
chakana narxlarni saqlagan holda, pasayishi kuzatilgan. Sifatning pasayishi bu tovarning 
iste‘mol xususiyati, foydaliligi pasayishiga olib keladi, shu bilan bogliq holda u foydalilik 
xususiyati birligidan ancha yuqori narxda sotiladi. Shunday qilib, sifat pasayishini narxlar 
indeksining adekvat o‘sishi sifatida ko‘rishga barcha asos mavjud.
3.
Ko‘rsatilgan 2 omil qatorida uchinchi, yetarlicha qudratli, iqtisodiyot 
defitsitida namoyon bo‘luvchi omil ham ta‘sir qiladi. Хalq iste‘moli tovarlarining defitsiti 
inflyatsiyalarning manbai hisoblanadi. Defitsit bilan bogliq inflyatsiyaning namoyon bo‘lishi 
shunday narxlarning o‘sishida kuzatiladiki, agar tovarni ochiq bozordan harid qilish imkoni 
bo‘lmasa, iste‘molchi uni shu narxlarda norasmiy, «qora bozor»dan sotib olishga majbur 
bo‘ladi.
4.
Iste‘mol narxlarining o‘sishi ishlab chiqarish harajatlarining ko‘payishi (ulgurji 
narxlarning o‘sishi) bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. qazib oluvchi tarmoqlarda, ayniqsa, 
yoqilgi-energetika majmualarida narxlarning o‘sishi ma‘lum vaqtdan keyin xalq 
xo‘jaligining barcha sektorlaridagi harajatlar darajasida «domino» prinsipi bo‘yicha aksini 
topadi.
Iste‘mol tovar va xizmatlarining qimmatlashuvi va oqibatda ish haqi va ijtimoiy 
to‘lovlarning ko‘payishi ro‘y beradi.
Demak, narxlar indeksining o‘zgarishi va uning kattaligini prognozlash turli xil 
omillarga bogliq: «bozor savati»ning tarkibi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish harajatlari va 
xalq iste‘moli tovarlari defitsitining kattaligi. Shuning uchun bu indeksni qo‘llash inflyatsiya 
sur‘atlarini prognozlash uchun yetarli emas.
Iste‘mol narxlari o‘sishi ko‘rsatkichini Yaim deflyatorining o‘sish ko‘rsatkichlariga 
o‘zgartirish kerak, degan fikr bor.

Download 318,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish