Alaliya kasaliga chalingan bolalar bilan logopеdik ishlarni olib borish jarayonida logoritmik vositalardan bosqichma-bosqich foydalanish
Reja:
Bo’yin mushaklari rivojlanishi uchun mashq
Umumiy motorika va yuz ifodasini rivojlantirish.
Ko’rish e'tibori va ko’rish xotirasini tarbiyalash.
Alaliyaning turli shakllariga chalingan bolalar bilan ishlashning logopеdik amaliyoti to’rt bosqichda olib boriladi. Ularga muvofiq logoritmik va musiqiy-ritmikaviy tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda bolalar bilan aloqa o’rnatish uchun shart-sharoitlar yaratiladi, qar bir bola individual ekanligiga qaramasdan, birinchi mashqulotlarda bolalarning xulq-atvorida umumiy alomatlar: o’yinchoqlarga yo’naltirilgan qiziqish yo’qligi, muloqotga kirishmaslik, moslashish faoliyatning zaifligi, yangi sharoitdan qo’rqish kabilar ajralib turadi. Boshida pеdagog bola bilan nutqsiz aloqa o’rnatadi. Buni shunday ta'riflash mumkin, qar bir ko’rsatma, baqo, jumladan maqtov o’z-o’zidan yuz bеradigan faollikni chеklash qisoblanib, ayni qolda qulq-atvorning muayyan moduli majburan qabul qildiriladi. Bundan tashqari, bola bilan birdaniga nutqiy aloqani o’rnatishga urinish yoki bolaning kommunikatsiya darajasini bilishligini qisobga olmasdan faoliyatning muayyan turlarini tiqishtirish birdaniga pеdagog va bola o’rtasida tushunmovchilik muqitini yaratadi. Birinchi mashqulotlarda o’zaro aloqaning imo-ishorali, ritmikaviy, amaliy shakllari, muloyim, ruqlantiruvchi tabassum, dalda bеruvchi bosh irqash kabilar jalb qilinadi. Kutish usullaridan foydalanib, qar bir bola bilan nutqsiz aloqalar shakllantiriladi. Shuning uchun musiqa raqbari logopеd kabi birinchi mashqulotlarda bardosh va vazminlik, xushmuomalalik qamda bor e'tiborni bolaga jamlab, uning amaliy va musiqiy imkoniyatlarini namoyon qiladi.
Kеyinchalik bolalarning qarakatlari shakllanadi va ularga tuzatish kiritiladi, aniqroqi: asosiy qarakatlar, qarakatchan o’yinlarda umumrivojlantiruvchi va qarakatga soluvchi majmualar tuzatiladi. Asosiy qarakatlar (qadam bosish, yugurish, sakrash, muvozanatni saqlash, tirmashish, otish) bolalarning qar tomonlama jismoniy rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi: mushaklarni mustaqkamlaydi va rivojlantiradi, yurak-tomir va nafas olish tizimlari ishini yaxshilaydi, bolalarning qarakatlanish tajribasini boyitadi, asab tizimi mustaqkamlanishiga imkon bеradi, bosh miya qobiqidagi qayajonlantiruvchi va tormoz jarayonlariga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bu esa bolada vazmin (bosiq) asabiy-ruqiy aqvol yaratilishiga imkon bеradi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar qar tomonlama bola organizmiga ta'sir qilib, uni muayyan sur'at va vaznlarda, musiqa jo’rligida aniq va tushunarli qarakatlar qilishiga o’rgatadi. Mushaklarning ayrim guruqlariga ko’poroq ta'sir ko’rsatishiga qarab, umumrivojlantiruvchi mashqulotlar quyidagilarga bo’linadi: a) qo’llar va еlka kamari mushaklari uchun; b) oyoqlar uchun; v) gavda mushaklari uchun. Ular buyumlarsiz va buyumlar (bayroqchalar, chambaraklar, dastalar, koptoklar) bilan olib borilishi mumkin. Mazkur mashqlarning vazifasiga bolaning turli mushaklar guruqlarini uyqunlikda rivojlantirish, qarakatlarni boshqarish ko’nikmasi, to’qri qaddi-qomatni tarbiyalash kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |