Ilovalar 1-ilova Valyuta hisobraqamlarini ochish “O’zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisob varqalari to’g’risidagi yo’riqnoma”da (ro’yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel) belgilangan tartibda amalga oshiriladi”. 1.2-bandda: “plastik to’lov va kredit kartochlaridan” degan so’zlar” bank kartalaridan degan so’zlar bilan almashtirilsin.
1.7-bandda quidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi to’ldirilsin: ”Bank mijozlari hisobraqamlari tog’risidagi ma’lumotlar uchinchi shaxslarga O’zbekiston Republikasining “Bank siri to’g’risida”gi Qonunida belgilangan tartibda beriladi”.
1.8- bandda quidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tijorat banklari omonatchilariga tuzilgan shartnomalarga muvofiq omonatlarni saqlash va so’zsiz qaytarilishi bo’yicha zarur kafolatlarni beradilar”.
3.2-bandda:
“b” kichik bandining uchinchi xatboshida “plastik to’lov va kredit kartochlaridan” degan so’zlar” bank kartalaridan degan so’zlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandining ikkinchi xatboshida “bojxona” va “vakolatli bank” degan so’zlar tegishlicha “bojxona organlari” va “ tijorat banki” degan so’zlar bilan almashtirilsin.
4.3-bandida:
“a” kichik bandining to’rtinchi xatboshida “plastik to’lov va kredit kartochlaridan” degan so’zlar” bank kartalaridan degan so’zlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v” naqd xorijiy valyuta;
4.5-bandda:
“b” kichik bandining uchinchi xatboshida “plastik to’lov va kredit kartochlaridan” degan so’zlar” bank kartalaridan degan so’zlar bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandida: ikkinchi xatboshi quidagi tahrirda byon etilsin:
“Hisobvaraq egasi xorijdan olib kelgan va O’zbekiston Respublikasiga kirish chog’ida bojxona organlarida ro’yxatga olingan yoki hisobvarq egasi uchun tijorat banki nomiga qimmatli jo’natma sifatida yuborilgan”
Quidagi tahrirdagi beshinchi- sakkizinchi xatboshilar bilan to’ldirilsin:
“tegishli tasdiqlovchi hujjatlar asosida xalqaro pul o’tkazmalari tizimlari orqali kelib tushgan va berilgan;
bankomat (terminal) cheki asosida xalqaro hisobvraq egasining bank kartasidan yechilgan;
tegishli tasdiqlovchi hujjatlar ko’rsatilganda O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda topilgan;
tasdiqlovchi hujjatlar asosida bank hisobvarag’idan yechilgan.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018y., 10/18/511-10/1319-son)
2-ilova O'zbekiston Respublikasining «O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-son «O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qildi: 1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008 yil 3 maydagi 11/5-son qarori (ro'yxat raqami 1834, 2008 yil 11 iyul) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2008 y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritildi.
2. Mazkur qaror rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.