Ботаника ва ўсимликлар физологияси


Qoplovchi to‘qima – o‘simlik organlarini tashqi tomonidan qoplab



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/31
Sana20.07.2022
Hajmi1,09 Mb.
#825761
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31
Bog'liq
1.Маъруза

Qoplovchi to‘qima – o‘simlik organlarini tashqi tomonidan qoplab 
turish funksiyasini bajaradi. 

Parenxima hujayralari – o‘simlikda nisbatan kam darajada 
ixtisoslashgan hujayralar bo‘lib, yupqa hujayra qobig‘i bilan 
qoplangan va xlorofillga ega bo‘lishi kuzatiladi. 

Kollenxima hujayralari – bir tekisda bo‘lmagan birlamchi hujayra 
qobig‘iga ega hisoblanadi. 

Склеренхима ҳужайралари – юқори даражада қалин ҳужайра 
қобиғи билан қопланган бўлиб, ўсимлик органларининг қаттиқ 
механик склетини ҳосил қилади. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qizil piyoz (Allium cepa) o‘simlik turining epiderma 
qavati parenxima hujayralarining tuzilishi. Bu yerda 
katta o‘lchamli vokuoa tarkibida pigmentlar 
joylashgan. Yadro va sitoplazma vokuloaga yaqin 
sohada joylashgan. 
Vokuola 
Yadro 


БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
 
20
10-
 
rasm. Asosiy to‘qima. 
Ksilema hujayralarining tuzilish. Ksilema hujayralari suv va unda erigan 
holatdagi moddalarni o‘simlik ildizidan poya va barglarga tomon tashilishini 
ta’minlaydi, shuningdek o‘simlikda mexanik struktura hosil bo‘lishida ishtirok 
etadi. Gulli o‘simliklar turlarida ksilema qavati 4 xil hujayralardan tashkil topgan: 
traxeidlar, o‘tkazuvchi naylar tizimi elementlari, parenxima hujayralari va tolalar. 
Ksilema tarkibida traxeidlar va o‘tkazuvchi naylar tizimi elementlari ildiz orqali 
tuproq qatlamidan so‘rib olingan suv va unda erigan moddalarni tashish 
funksiyasini bajaradi. 
Shuningdek, ksilema qavati tarkibida parenxima va tolalardan tashkil topgan 
hujayralar ham mavjud hisoblanadi. Parenxima hujayralari himoya funksiyasini 
bajaradi, tolalar esa – mexanik funksiya bajarishi qayd qilinadi. 
Traxeidlar va o‘tkazuvchi nay hujayralari yuqori darajada ixtisoslashgan 
hujayralar bo‘lib, suv va unda erigan holatdagi moddalarni tashishga moslashgan. 
Yetilgan shaklda bu hujayralar nobud bo‘lgan hujayralardan tashkil topadi va shu 
sababli ichki qismi bo‘shliq hosil qiladi, faqat hujayra devori saqlanib qoladi. 
Traxeidlar o‘simliklar poyasida suv transportini ta’minlovchi asosiy hujayralar 
bo‘lib, shuningdek paporotniklar kabi urug‘siz o‘simliklar turlarida juda uzun 
o‘lchamli, mexanik funksiya bajaruvchi hujayralarni hosil qiladi. O‘simlik ildizi 
orqali tuproq qatlamidan so‘rib olingan suv traxeid hujayralar bo‘ylab, biridan 
ikkinchisiga hujayra oralig‘ida joylashgan, birlamchi hujayra qobig‘i asosida 
shakllangan maxsus klapansimon sohalar asosida yuqoriga harakatlanadi. 
Gulli o‘simliklarda traxeidlarga qo‘shimcha ravishda, poya bo‘ylab suvning 
yuqoriga harakatlanishida ishtirok etuvchi o‘tkazuvchi nay hujayralari shakllangan. 
Bu hujayralarning diametr o‘lchamlari traxeid hujayralar diametr o‘lchamlariga 
nisbatan katta qiymatga ega hisoblanadi. O‘tkazuvchi tolalar hujayralari ichki qismi 
bo‘shliq hosil qiladi, biroq traxeid hujayralardan farq qilib, hujayralarning oxirgi 
qismlari to‘liq holatda ochiq hisoblanadi. Bu o‘tkazuvchi tizim xuddi mikro 
o‘lchamdagi suv quvuriga o‘xshash tuzilishga ega hisoblanadi. Shuningdek, bu 
tizim hujayralarida ѐn tomonlama tirqishlar ham mavjud bo‘lib, suvning ѐn tomon 
yo‘nalishida ham boshqa qo‘shni holatda joylashgan o‘tkazuvchi tizimga tashilishi 
ta’minlanadi. 
Floema-organik 
moddalar 
harakatlanuvchi 
tizim–o‘simlik 
barglarida 
fotosintez jaraѐnida sintezlangan uglevodlarni ozuqa talab qilinuvchi o‘simlik 
organlariga va zahira holida to‘planuvchi qismlarga tashilishini ta’minlaydi, 
shuningdek bu hujayralar o‘simlikda mexanik funksiyani ham bajaradi. Gulli 
o‘simliklar turlarida floema hujayralarining tarkibi – elaksimon nay, yo‘ldosh 
hujayralar, floema tolalari va parenxima–floema qavati hujayralaridan tashkil 
topgan 4 ta tipdagi hujayralardan tuzilgan. Yuqorida ta’kidlanganidek, gulli 
o‘simliklarda floema qavati hujayralari mexanik funksiyani ham bajaradi

O‘simlikda ozuqa moddalari ushbu floema naylari (o‘tkazuvchi tomir 
hujayralari) orqali suvda erigan shaklda kerakli joyga tashib yetkaziladi. 
O‘tkazuvchi tomir hujayralari morfologik jihatdan, uzunchoq shaklga ega 
hisoblanadi. Hujayralarning tashqi devorida teshik sohalar mavjud bo‘lib, bu soha 
orqali hujayra boshqa hujayralar bilan modda almashinadi. Bu hujayralarda yadro, 



Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish