БОТАНИКА ВА ЎСИМЛИКЛАР ФИЗОЛОГИЯСИ
17
4.
To‘qima xillari va funksiyasi
O‘simliklar organizmida asosiy to‘qima – fotosintez, ozuqa moddalarini saqlash
kabi turli xil funksiyalarni bajaradi. O‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qima ildizdan
ozuqa moddalarini fotosintez amalga oshuvchi barglarga yetkazib berish,
shuningdek barglarda fotosintez jaraѐni davomida hosil bo‘lgan organik moddalarni
ozuqa moddalar talab qilingan qismlarga ѐki zahira holida to‘planuvchi qismga
yetkazib berish funksiyasini bajaradi. Shuningdek, o‘tkazuvchi to‘qima o‘simlik
organizmida mexanik funksiyani ham bajaradi. Qoplovchi to‘qima esa –
o‘simlikning barcha organlari ustki qismini chegaralab turish funksiyasini bajaradi.
Shunday qilib, o‘simlikning ildizi, poya, barg, gul va mevalari ushbu ko‘rsatib
o‘tilgan 3 ta turdagi to‘qimalardan tashkil topgan. O‘simlikda to‘qimalar tizimlari
o‘zaro chambarchas holatda funksiya bajaradi. Masalan, o‘tkazuvchi to‘qima orqali
ildizdan barglarga va barglardan esa – butun o‘simlik organizmiga moddalar
tashilishi amalga oshadi, o‘tkazuvchi to‘qima funksiyasi orqali asosiy to‘qimada
fotosintez jaraѐni amalga oshadi. Qoplovchi to‘qima funksiyasi orqali o‘simlikning
bir butun tizim sifatida ishlashi ta’minlanadi.
O‘simlikda asosiy to‘qima tizimining tarkibi – uchta kenja to‘qimalardan
tashkil topgan: ya’ni, parenxima, kollenxima va skleronxima. Bu kenja to‘qimalar
hujayralari eng avvalo, hujayra devorining tuzilishiga ko‘ra bir–biridan farqlanadi.
Ma’lumki, o‘simlik organizmida o‘saѐtgan hujayralarning qobig‘i yupqa –
birlamchi hujayra qobig‘i bilan qoplangan, hujayra to‘liq shakllanganidan keyin esa
– nisbatan, qalin ikkilamchi hujayra qobig‘i yuzaga keladi. Parenxima hujayralari
yupqa, birlamchi hujayra devoriga ega bo‘lib, o‘simlik organizmining deyarli
barcha joyida tarqalgan va nisbatan, umumiy tavsifga ega hujayra tiplaridan biri
hisoblanadi (1-jadval). Jumladan, olma va kartoshka kabi o‘simliklarning iste’mol
qilinuvchi yumshoq meva qismining tarkibi sezilarli darajada aynan, parenxima
hujayralaridan tashkil topgan. O‘simlikda parenxima hujayralari fotosintez, ozuqa
moddalari zahiralarini saqlash kabi ko‘p sondagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
funksiyalarni bajaradi. Fotosintez amalga oshuvchi parenxima hujayralarida
xloroplastlar joylashgan, fotosintez amalga oshmaydigan parenxima hujayralarda
esa – xloroplastlar soni kam hisoblanadi. O‘simlik organlarida, jumladan ildizmeva,
piѐzboshlar va mevalar tarkibida parenxima hujayralarida kraxmal, lipidlar, mineral
tuzlar, taninlar, garmonlar, fermentlar, uglevodlar zahira holida to‘planadi (10-
rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |