©
1. Bir jinsli va ikki jinsli gullami
tushuntiring va ularga mi-
sollar keltiring.
2. Qanday o‘simliklar bir uyli o‘simliklar deyiladi? Ularga mi-
sol keltiring.
3. Qanday o‘simliklar ikki uyli o'simliklar deyiladi? Misollar keltiring.
4. Olmaning guli qanday tuzilgan?
5. Olma guli lola gulidan qanday farq qiladi?
22-§. TO‘PGULLAR
Bir-biriga yaqin joylashgan bir nechta gullar yig‘indisi
to‘pgul
deyiladi. To‘pgul hosil qilmaydigan yakka-yakka
gulli o‘simliklarga lola, binafsha va behini misol qilib kel-
tirish mumkin.
Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar to‘pgullarda yig‘iladi.
To‘pguldagi gullar yakka gullarga
qaraganda yaxshi chang-
lanadi. Gullari asosiy gulpoya (to‘pgul o‘qi)da joylash
gan to‘pgullar oddiy to‘pgullar deyiladi. Bir qancha oddiy
to‘pgullaming yig‘indisi murakkab to‘pgullami hosil qiladi.
Bunday to‘pgullar murakkab to‘pgullar deyiladi.
Oddiy to‘pgullar.
Shingil to‘pgulda gullar uzun gulpoyada gulbandlari yor-
damida navbat bilan joylashadi. Masalan, karam,
qurttana,
jag‘-jag‘, rediska kabi o‘simliklar shingil to‘pgul hosil qiladi.
Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz
joylashadi. Bunday to‘pgul oddiy boshoq deb ataladi.
Olma, nok, gilos, olchaning to‘pguli oddiy qalqonsimon
bo‘ladi. Qalqoncha to‘pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli
gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi. Gulpoyaning
pastki qismidagi gullaming bandi
yuqoridagilarga nisbatan
uzunroq bo‘lgani uchun gullaming yuqori qismi bir xil te-
kislikda bo‘ladi (49-rasm).
Yo‘g‘on va uzun gulpoyada bandsiz gullar joylashgan
to‘pgul so‘ta deyiladi. Masalan, makkajo‘xorining urug‘chi-
li gullari so‘tada to‘plangan. Sebarganing
gullari kalta va
yo‘g‘on gulpoyada bandsiz joylashib, sharsimon shakldagi
bosh (kallak)cha to‘pgulni hosil qiladi.
52
oddiy
shingil oddiy soyabon
so‘ta
boshcha
(qashqarbeda)
(piyoz)
(makkajo‘xori)
(sebarga)
oddiy boshoq
qalqoncha
savatcha
kuchala
(zubturum)
(olma)
(qoqio‘t)
(tol)
49-rasm.
Oddiy to‘pgullar
Soyabon to‘pgulida joylashgan gullar bir xil uzunlikdagi
bandi bilan gulpoyaning uchki qismida joylashadi, masalan,
piyozda.
Gulpoyasining uchi etdor likopchasimon kengaygan to‘p-
gul savatcha deyiladi. Savatchani tashqi tomondan o‘rama
barglar o‘rab turadi. Masalan,
kungaboqar, qoqio‘t kabi
osimliklaming gullari savatcha to‘pgulga o‘mashgan.
Yong‘oq, oqqayin va tolning changchili gullari kuchala
to‘pgulga yig‘ilgan. Kuchala boshoqqa o‘xshaydi, lekin aso
siy gulpoyasining osilib turishi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: