40-§. КО‘Р HUJAYRALI YASHIL SUYO‘TLAR
Chuchuk suvlarda yashaydigan ko‘p hujayrali suvo‘tlar-
ning ko‘pchiligi oddiy yoki shoxlanib
ketgan iplar shaklida
bo‘ladi. Ularga xos belgilardan biri o‘sish davrida hujay-
ralarining to‘xtovsiz bo‘linib turishi natijasida qattananing
doim о‘sib kattalashib borishidir.
Bularga
ulotriks, spirogi-
ra, kladofora
va
xara
kabi suvo‘tlar misol bo‘ladi.
Daryo va soylarimizda ko‘p
uchraydigan
belbog‘li ulot
riks
suv betiga yaqin joylashgan suv tagidagi toshlar,
yog‘ochlar va boshqa narsalarga yopishib o‘sadi (82-rasm).
Ulotriks tanasi ipsimon tallomdan iborat bo‘lib, zan-
jirsimon tizilgan bir xil hujayralardan tashkil topgan. U
shoxlamaydi. Uning suv tagidagi narsalarga birikkan hu
jayrasi
rizoid
deb ataladi. Boshqa hujayralari yashil,
qisqa
silindr shaklida bo‘lib, bir qator joylashgan. Har bir hu-
jayraning qobig‘i, sitoplazmasi, mag‘zi va o‘rtasida belbog‘
ko‘rinishidagi xromatoforasi bor.
D
A. 1
- ulotriks hujayralari;
B.
Ulotriksning jinssiz ko‘payishi:
i zoosporalar; 2-yosh ulotriks.
82-rasm.
Ulotriks
D.
Ulotriksning jinsiy ko‘payishi:
1 -
izogametalar;
2 -
izoga-
metalaming qo‘shilishi; 3-zigota;
4-yosh ulotrikslar.
7-Biologiya, 6.
97
Ulotriks jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz
ko‘payishida ulotriks hujayrasi 4 yoki 8 ta hujayrachalarga
bo‘linadi. Yosh hujayrachalar ona hujayra qobig‘ini yorib,
suvga chiqadi. Ular 4 dona xivchini
yordamida suvda suza
boshlaydi. Bu hujayralar
zoosporalar
deb ataladi.
Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, zoosporalar harakatdan
to‘xtab, suv tagidagi narsalarga yopishadi va ko‘ndalangiga
ikkiga bo‘linadi. Pastki qismida rizoid hosil bo‘ladi; ustki qis
mi esa xromatoforli bo‘lib, suvo‘tning
vegetativ hujayrasini
hosil qiladi. Vegetativ hujayraning o‘sib, ko‘p marta ko‘n-
dalangiga bo‘linishi natijasida ulotriksning ipi hosil bo‘ladi.
Ulotriksning jinsiy kocpayishida teng kattalikdagi ikki
xivchinli izogametalar hosil bo‘ladi. Ular suvda suzib
yuradi, bir-birlari bilan juft-juft bo‘lib qo‘shilib, zigota hosil
qiladi. Zigota qalin po‘st bilan qoplanadi va tinim davri tu-
gagach to‘rtta hujayraga bo‘linadi. To‘rtta hujayraning ham-
masi o‘sib, ulotriksning yangi ipiga aylanadi.
Hovuzlarda, zovurlarda va sekin oqadigan suvlarda ko‘p
uchraydigan suvo‘tlardan yana biri
spirogiradk
(83-rasm).
Spirogira iplari shoxlanmagan va yirik silindrsimon hu
jayralardan tuzilgan bo‘lib,
hech narsaga yopishmay, suvda
erkin holda qalqib turadi.
0 ‘zbekistonning daryo, ko‘l va suv omborlarida yashil
suvoctlardan
kladoforani
ko‘p uchratish mumkin. U yirik,
tallomi shoxlangan suvo‘t, uning bo‘yi ba’zan 1 m ga yetadi.
Ariq, hovuz, ko‘l va sholipoyalarda
keng tarqalgan
begona o‘t -
xara
ham ko‘p hujayrali suvo‘tlar qato-
riga kiradi. Uning bo‘yi
30-60 sm uzunlikdagi ser-
shox o‘simlik.
0 ‘zbekistondagi suvo‘t-
lami o‘rganishda 0 ‘zbe-
83-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: